Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 233,05 Kb.
səhifə9/14
tarix20.11.2023
ölçüsü233,05 Kb.
#161966
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Рўзиева Г kurs ishi tayyor

Pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo’nalishlari
O‘qituvchi faoliyatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi ularni mustaqil, erkin faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z fikr–mulohazalarini aniq va mukam­mal bildirishiga, har tamonlama shakllangan komil insonni tar­biyalashga, o‘z kasbini puxta o‘zlashtiradigan yetuk mutaxassis tay­yor­­lashga zamin yaratadi.
O‘qituvchi faoliyati ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishida o‘quvchilar bilan olib borilayotgan faoliyatning quyidagi yo‘nalishlariga e’tibor be­rish lozim:
- o‘qituvchi va o‘quvchilarning ikki tomonlama bir-biriga ta’siri natijalari;
- o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan ishlay olish qobiliyati;
-sinf jamoasi faollari bilan olib boriladigan pedagogikfaoliyatning ijobiy natijalari.
O‘qituvchi faoliyatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishning quyi­dagi vositalarga e’tibor berish lozim.
O‘qituvchi faoliyatining ta’lim-tarbiyaviy mohiyati ijobiy natijalar berishi uchun, o‘qituvchi sinf jamoasi bilan o‘tkazilayotgan har qanday tadbirni belgilangan vaqtda amalga oshirishi, faoliyat va dam olish uchun ajra­tilgan vaqtdan unumli foydalana olishi, o‘z faoliyati faoliyatida sog‘­ligiga, ruhiy holatiga e’tibor berishi lozim.
Ayniqsa, yosh o‘qituvchilar faoliyatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda quyidagi boshlang‘ich yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega:
1 – yo‘nalish. O‘qituvchi kasbiga oid faoliyat:
a) o‘z ishiga, mutaxassisligiga oid bilimlarni mukammal egallash;
b) mamlakatimiz Qonunlari, ta’lim sohasiga taalluqli hujjatlarni puxta bilishi;
v) pedagogika, psixologiya va o‘z mutaxassisligiga oid eng so‘nggi
yangiliklardan xabardor bo‘lib borish;
g) o‘quvchilar jamoasi va har bir shaxs haqida ma’lumotlarni o‘rga­nish;
d) ilg‘or va tajribali o‘qituvchilar faoliyat faoliyatini o‘rganish va o‘z ishida tadbiq etish;
e) o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalash.
2-yo‘nalish. O‘z kasbiy mahorat elementlarini hosil qilish:
a) pedagogik faoliyatga oid, shaxsiy pedagogik mahoratni
takomillashtiruvchi ko‘nikma va malakalarni egallash;
b) o‘z faoliyatini va qobiliyatini meyorida to‘g‘ri ishlata olishi;
v) mutaxassislikka oid ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalana olishi uchun diqqatni jamlay bilish.

Yüklə 233,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin