Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 233,05 Kb.
səhifə3/14
tarix20.11.2023
ölçüsü233,05 Kb.
#161966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Рўзиева Г kurs ishi tayyor

Kurs ishining maqsadi: Pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilish masalalarini yoritish, tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish.

Kurs ishining asosiy vazifalari:


  • pedagog faoliyatini samarali tashkil etish va uning prinsiplarini yoritish;

  • zamonaviy o`qituvchi va unga qo`yiladigan talablarni aniqlash;

  • yosh o‘qituvchilarning pedagog faoliyatini tashkil etishda pedagogik mahoratning rolini aniqlash;

  • hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo‘yilayotgan talablarni yoritish;

  • hozirgi zamon o’qituvchining pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish tamoyillarini yoritish;

  • o’qituvchining ko’p yillik pedagogik mehnati va uni tashkil qilishning integrativligini yoritish va tahlil qilish.

Kurs ishining obekti: Pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilishning integrativligini aniqlash va shakllantirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilishning integrativligining mazmun-mohiyati va texnologik o’ziga xosliklari.
Kurs ishning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan Davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari; me’yoriy hujjatlar; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutq va ma’ruzalari, asarlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, psixologik, falsafiy, manbalar tashkil qiladi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Kurs kirish, mavzuga oid adabiyotlar tahlili, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishi jami 47 sahifani tashkil etadi.

I BOB. PEDAGOGIK FAOLIYATNI SAMARALI TASHKIL QILISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI


    1. Pedagog faoliyatini samarali tashkil etish va uning prinsiplari


O’qituvchining pedagogik texnikasi – nafaqat ta’lim–tarbiya jarayonida, balki butun mehnati faoliyatida zarur bo’lgan umumiy pedagogik bilim va malakalarining yig’indisidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – pedagogik faoliyatda uning savodli va ifodali so’zlay olishi, o’z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, o’z his-tuyg’ularini jilovlay olishi, o’zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo’lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so’zning cheksiz qudrati orqali o’quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o’tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo’lishi kabi o’qituvchining mahoratini belgilovchi qizg’in mehnatida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi mehatida pedagogik texnika qanday ko’nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika o’qituvchining ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil qilishida, o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishida qanday ahamiyat kasb etishi doimo dunyo olimlarining diqqatini o’ziga jalb etib kelmoqda.
Pedagogik faoliyat natijasi o‘quvchilarni mustaqil ishlay olishi, isbotlay olishi, taxlil qila olishidar.
Faoliyatni limiy asosda tashkil etishda namoyon bo‘ladigan 3ta asosiy belgilar:

  1. Vaqtdan imkon qadar samarali foydalanish;

  2. Faoliyat va dam olish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan samarali foydalanish, uni tashkil etish;

  3. Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda faoliyat qilishi uchun sotish va har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish.

Pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishda o‘qituvchiningg kun tartibi va ish joyi muxim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi o‘zi uchun eng optimal yuqori umumberadigan kun tartibini topa olishi kerak.
Pedagogik faoliyatning samarasi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko‘ra bilishda va aniqlay olishdir. Shundagina shuni ilmiy tashkil etish mumkin bo‘ladi. Bu o‘qit uvchi mexnatini ilmiy tashkil etishning birinchi tamoyilidir.
2-chi tamoyili faoliyat uslubini belgilash.
3-chi tamoyili pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishda texnikadan vosita sifatida samarali foydalanish tushuniladi. Bu tamoyil ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnika va texnik vositalar yiЂindisi ko‘zda tutiladi.
4-chi tamoyili ta’lim-tarbiya ishining rejalashtirish hisoblanadi. Reja ta’lim-tarbiya faoliyatini tartibga solish. Uning modelini yaratish. Tayanch sxemalarini topish masalalaridan tashkil topadi. Shular aniqlansa, o‘qishda rivojlanish, tarbiyalash jarayoni yengillashadi.
Pedagogik faoliyatni nazorat qilish va xisobga olish prinsipi o‘qtuvchi ishini muntazam va planni kuzatib borish shundan yutuq va kamchiliklarni aniqlash ko‘zda tutiladi. Pedagogik nazorat ob’ektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlik va oshkorlikni talab qiladi.
O‘qituvchi mexnatini nazorat qilish va hisobga olishning muntazamligi, izchilligi quyidagilardan tashkil topadi;
A) o‘quv matriallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlashini o‘zi tomonidan nazorat qilinadi;
B) Darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim tarbiya nazorat qilishi va o‘zini nazorat qilishi;
V) o‘qituvchining darsdan tashqari vaqtini nazorat qilishi;
G) Ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ishlarni nazorat qilish;
F) o‘zi ustida ishlashni nazorat qilish.
O‘qituvchi o‘z ustida ishlar ekan, kasb-kor malakasini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga muvofiq tavsiya va ko‘rsatmalarga ehtiyoj sezadi, ular esa izchil bir tizimga solishmagan.
Ma’lumki, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonining sub’ekti sifatida tayorgarlik darajasi, pedagogik mahorat va shaxs sifatlari bilan o‘quvchilarning ahloqi, odobi va ma’nan rivojlanishlari komil inson bo‘lib tarbiyalanishlarga bevosita ta’sir etadi.
O‘qituvchining o‘z malakasini uzluksiz takomillashtirib borish asosan quydagi 4 yo‘nalishda bo‘ladi, ya’ni;
_ kasbkor tayorgarligi (o‘zi o‘qitadigan fani bo‘yicha nazariy, uslubiy salohiyati);
_ pedagogik mahorat (pedagogik va psihalogik bilimlarni egallaganlik darajasi).
_ pedagogik mahorat (pedagog qobiliyat, texnika, takt va muomila madaniyati);
_ shahs sifatlari.
O‘qituvchi mustaqil malaka oshirish jarayonida faqat o‘zining nuqson yoki kamchiliklarini tuzatish emas, balki pedagogik jarayonning samaradorligini oshirish uchun fan va amaliyot yangiliklarini faoliyatga tadbiq etadi, sinab ko‘radi. Shu bilan umumpedagogik saviyasining yangi sifat o‘zgarishiga erishadi. Demak o‘z ustida mustaqil ishlash pedagogik uchun shaxsiy ijodiy faoliyat hisoblanadi.
O‘qituvchining pedagogik faoliyati va o‘z malakasini uzliksiz oshirib borish muammolar bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy taqdiqotlar, o‘z kasbining ustasi ijodkor pedagoglarning amaliy faoliyatlarni o‘rganish, tahlil etish hulosalariga asoslansak, shahsiy ijodiy faoliyat yoki o‘z umumpedagogik malakasini uzliksiz takomillashtirish bosqichlarini tahminan quydagicha belgilanishi mumkin:

  1. O‘z nazariy-uslubiy, pedagogik-psixalogik tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorat, imkoniyatlar va shaxs sifatlarini tahlil qilish (o‘z-o‘zini diagnostikalash).

  2. O‘z-o‘zini diagnostikalash natijalari asosida qiyinchilik va muammolarni umumlashtirish o‘z kasb-kor mahoratini takomillashtirish yo‘nalishlarini va ochiq maqsad vazifalarini belgilash.

  3. Maqsad va vazifalar darajasida o‘z pedagogik mahoratini takomillashtirish vosita usullarini tanlash shahsiy ijodiy faoliyat dasturi yoki o‘z ustida mustaqil ishlar rejasini tuzish.

  4. Shahsiy ijodiy faoliyat reja va dastur asosida o‘z umum pedagogik mahoratini takomillashtirish.

  5. O‘z kasb-kor mahorati va ijodiy o‘sish jarayonini vaqti-vaqti bilan o‘rganish (o‘z-o‘zini qayta diagnostikalash), tahlil etish, mustaqil ijodiy faoliyatga o‘zgartirish,tuzatishlar (kerak bo‘lganda) kiritish.

  6. Mustaqil ijodiy faoliyat natijalarni umumlashtirish, ularni ijodiy faoliyatning maqsad va vazifalar bilan tahlil etish istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash.

Albatta, shaxsiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi mustaqil harakat qiladi. Shunga qaramasdan yuqorida bayon etilgan targ‘ibot (struktura) shaxsiy ijodiy faoliyat jarayonining izchilligini ta’minlaydi.
O‘qituvchining o‘z ustida mustaqil ishlashi, o‘z kasb-kor mahoratini takomillashtirishiga bo‘lgan ehtiyoji jamiyatning maktab, o‘qituvchi, uning shahsiga nisbatan talab va e’tiborining o‘sishi yoki ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan yangicha ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya tizimidagi yangiliklar, shaxsiy tadbirlar, istiqbolli yo‘nalishlar o‘qituvchi oldiga hal etishi zarur bo‘lgan yangi vazifalarni ko‘ndalang qo‘yadi va undan doimiy izlanishu, ijodkorlikni talab qiladi. Demak o‘qituvchi o‘z shahsiy faoliyati yoki kasb-kor mahoratini mustaqil takomillashtirishi ishini tashkil etishda, eng avvalo, jamiyatning maktabga qo‘ygan yangi ijtimoiy buyurtmasi nuqtai nazaridan yondoshadi. Mustaqil ijodiy faoliyatning aniq yo‘nalishlari va mazmunini belgilashda o‘qituvchi ularni o‘z-o‘zini diagnostikalash pedagogik faoliyatni yaxlitligicha tahlil etish, o‘qituvchiga o‘z muammo va qiyinchiliklarni aniq belgilash imkonini beradi. Shuning uchun ham o‘qituvchilar uchun o‘z-o‘zini baholashda ob’ektiv bo‘lish, diagnostikalash vosita va usullarini bilish, eng asosiysi «o‘zini bilmagan o‘zgani bila olmaydi» qabilida ish tutishlari maqsadga muvofiq.
O‘qituvchilar asosan malaka oshirish kurslari va kursdan kursgacha bo‘lgan davrda mustaqil bilim olish bilan umumpedagogik mahoratlarini takomillashtiradilar. Shaxsiy-ijodiy faoliyat mavzusini tanlash va belgilashda quyidagilarni xisobga olish maqsadga muvofiq:
mavzuning o‘qituvchi imkoniyati, qiziqishi va tayyorgarlik darajasiga mos bo‘lishi;
maktab amaliyotchi «o‘qituvchi ishlaydigan maktab) ehtiyoj va muammolari bilan mutanosibligi;
o‘qituvchi faoliyatining istiqbolligi bilan bog‘liqligi;
oddiy moxiyatga ega bo‘lishi.
Shaxsiy ijodiy faoliyat har bir o‘qituvchining o‘ziga xos bo‘lib, uning individual-pedagogik malaka va ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘kituvchining shaxsiy ijodiy faoliyatini shunday tashkil qilish kerakki, uninig natijalari ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga ijobiy ta’siretsin.
O‘qituvchi ijodiy faoliyat rejasini tuzishida nimalarga asoslanishi kerak?
Rejalashtirish o‘qituvchining o‘z kasb-kor tayyorgarligi, pedagogik mahorati va shaxs sifatlarini diagnostikalashdan boshlanadi.
Shaxsiy ijodiy mavzu (muammo) ni belgilashda o‘qituvchi albatta o‘zi ishlayotgan maktab muammosidan kelib chiqishi kerak.
Shaxsiy ijodiy faoliyat muammosi aniqlangandan so‘ng, shaxsiy reja tuzaladi.
Rejada quyidagi bo‘limlardan bo‘ligshi tavsiya etiladi.

    • Ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy savolni oshirish.

    • Pedagogik va psixologik bilimlar.

    • Mutaxassislik bo‘yicha nazariya va uslubiy tayyorgarlik.

    • Umummadaniy tayyorgarlik.


Yüklə 233,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin