Pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo’nalishlari O‘qituvchi faoliyatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi ularni mustaqil, erkin faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z fikr–mulohazalarini aniq va mukammal bildirishiga, har tamonlama shakllangan komil insonni tarbiyalashga, o‘z kasbini puxta o‘zlashtiradigan yetuk mutaxassis tayyorlashga zamin yaratadi.
O‘qituvchi faoliyati ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishida o‘quvchilar bilan olib borilayotgan faoliyatning quyidagi yo‘nalishlariga e’tibor berish lozim:
- o‘qituvchi va o‘quvchilarning ikki tomonlama bir-biriga ta’siri natijalari;
- o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan ishlay olish qobiliyati;
-sinf jamoasi faollari bilan olib boriladigan pedagogikfaoliyatning ijobiy natijalari.
O‘qituvchi faoliyatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishning quyidagi vositalarga e’tibor berish lozim.
O‘qituvchi faoliyatining ta’lim-tarbiyaviy mohiyati ijobiy natijalar berishi uchun, o‘qituvchi sinf jamoasi bilan o‘tkazilayotgan har qanday tadbirni belgilangan vaqtda amalga oshirishi, faoliyat va dam olish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olishi, o‘z faoliyati faoliyatida sog‘ligiga, ruhiy holatiga e’tibor berishi lozim.
Ayniqsa, yosh o‘qituvchilar faoliyatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda quyidagi boshlang‘ich yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega:
1 – yo‘nalish. O‘qituvchi kasbiga oid faoliyat: a) o‘z ishiga, mutaxassisligiga oid bilimlarni mukammal egallash;
b) mamlakatimiz Qonunlari, ta’lim sohasiga taalluqli hujjatlarni puxta bilishi;
v) pedagogika, psixologiya va o‘z mutaxassisligiga oid eng so‘nggi
yangiliklardan xabardor bo‘lib borish;
g) o‘quvchilar jamoasi va har bir shaxs haqida ma’lumotlarni o‘rganish;
d) ilg‘or va tajribali o‘qituvchilar faoliyat faoliyatini o‘rganish va o‘z ishida tadbiq etish;
e) o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalash.
2-yo‘nalish. O‘z kasbiy mahorat elementlarini hosil qilish: a) pedagogik faoliyatga oid, shaxsiy pedagogik mahoratni
takomillashtiruvchi ko‘nikma va malakalarni egallash;
b) o‘z faoliyatini va qobiliyatini meyorida to‘g‘ri ishlata olishi;
v) mutaxassislikka oid ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalana olishi uchun diqqatni jamlay bilish.