Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Yosh o‘qituvchilarning pedagog faoliyatini tashkil etishda pedagogik mahoratning roli



Yüklə 233,05 Kb.
səhifə6/14
tarix20.11.2023
ölçüsü233,05 Kb.
#161966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Рўзиева Г kurs ishi tayyor

1.3. Yosh o‘qituvchilarning pedagog faoliyatini tashkil etishda pedagogik mahoratning roli

O’qituvchi o’zining qizg’in mehnati jarayonida pedagogik mahoratning quyidagi komponentlarini ma’lum darajada o’zlashtirishi lozim:



  • yoshlar psixologiyasiga oid bilimlarga ega bo’lishi;

  • nutq madaniyatining barcha turlari va metodlarini bilishi;

  • o’qituvchi qobiliyati (empatiya, pertseptiv, didaktik, konstruktiv, kommunikativ, anglash) ning mohiyatini anglashi;

  • aktyorlik mahorati (mimika, pantomimika, notiqlik san’ati)ni egallashi;

  • o’z kayfiyatini (hissiy psixik holat) boshqara olishi;

  • tarbiyalanuvchilar bilan muloqot va muomala madaniyatini o’zlashtirishi;

  • pedagogik texnika uslublarini o’z o’rnida qo’llay olish san’atiga ega bo’lishi.

Ushbu pedagogik mahorat komponentlari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy–iqtisodiy talablar mohiyatidan kelib chiqishi kerak. Milliy mafkura, umummilliy dastur talablari, urf–odat va an’analar pedagogik mahorat asosida tashkil etiladigan o’qituvchi mehnatning asosiy mohiyatida o’z aksini topishi kerak.
O’qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan puxta tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart – sharoitlarga va mehnatni amalga oshirish yo’llarini to’g’ri belgilashga bog’liq. O’qituvchi mehnati doimo ijodkorlik bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun mehnatni amalga oshiruvchi o’qituvchi avvalo o’z mehnatini rejalashtirishda, o’zi puxta egallagan pedagogik mahoratiga va o’z ilmiga tayanishi lozim. Hozirgi axborot kommunikatsion texnologiyalarning taraqqiyoti davrida o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish fan va texnika yutuqlarini o’qituvchi tomonidan qay darajada o’zlashtirishiga ham bog’liq.
Shu bilan birga o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish uchun fanlar integratsiyasini, pedagogika va psixologiya fanlarining eng so’nggi yutuqlarini muntazam o’zlashtirib borish shart. Ushbu bilimlar axborot kommunikatsion texnologiyalari, matbuot, ilmiy jurnallar, ilmiy adabiyotlar asosida o’zlashtiriladi.
O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda vaqtdan unumli foydalanish, o’zining keng imkoniyatlarini hamisha hisobga olish, o’quv va tarbiya jarayonida har bir daqiqadan unumli foydalanish, vaqtni bekorga o’tkazishga yo’l qo’ymaslik muvaffaqiyat garovidir. O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda avvalo:
- o’z ijodiy imkoniyatlariga ishonishi;
- ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’lim – tarbiya jarayonini
to’liq tasavvur eta olishi;
- har bir tarbiyalanuvchining ruhiy holatini puxta bilishi;
- o’z mehnati mexanizmini, qonunlarini, cheklangan imkoniyatlarini
yaxshi anglashi;
- ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan
unumli foydalanishni bilishi shart.
O’qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etish bir maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy–foydali mehnat bo’lib, u yuqorida ta’kidlab o’tilganlardan tashqari, aql va diqqatni, jismoniy kuchni, shijoat va g’ayratni talab etadi.
O’qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etishning quyidagi vositalarga e’tibor berish lozim:
1. Mehnat faoliyatini to’g’ri rejalashtirish.
2. Belgilangan vazifalarni tashkil etish va amalga oshirish.
3. O’z mehnatini muntazam boshqarish va nazorat qilish.
4. O’z – o’zini nazorat qilishi (refleksiya).
O’qituvchining mehnati ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etilishi ularni mustaqil, erkin faoliyat ko’rsatishiga, o’z fikr–mulohazalarini aniq va mukammal bildirishiga, har tamonlama shakllangan komil insonni tarbiyalashga, o’z kasbini puxta o’zlashtiradigan etuk mutaxassis tayyorlashga zamin yaratadi.
O’qituvchi mehnatining ta’lim-tarbiyaviy mohiyati ijobiy natijalar berishi uchun, o’qituvchi sinf jamoasi bilan o’tkazilayotgan har qanday tadbirni belgilangan vaqtda amalga oshirishi, mahnat va dam olish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olishi, o’z mehnati faoliyatida sog’ligiga, ruhiy holatiga e’tibor berishi lozim.
Ayniqsa yosh o’kituvchilar mehnatini ilmiy asosda to’g’ri tashkil etishda quyidagi boshlang’ich yo’nalishlar muhim ahamiyatga ega:
Rejalashtirishdagi asosiy e’tibor uyushtiriladigan barcha pedagogik faoliyat turlarini va unda ishtirok etayotgan jamoa va uning a’zolarini umumiy pedagogik maqsadga birlashtirishni nazarda tutadi. Bunda ta’lim va tarbiyaning yaqin, o’rta, uzoq maqsadlarini inobatga olish e’tirof etilgan.
Ta’kidlash joizki, o’qituvchining kun tartibi uning faoliyati va hayotini tartibga soluvchi asosdir. U yo’q joyda mehnat unumi ham past bo’ladi, asablar tez charchaydi, sog’likka putur etadi. Natijada o’qituvchi sarf qilgan kuchini qayta tiklay olmaydi, mehnat unumdorligi pasayadi, ish qobiliyati susayadi, oqibatda ta’lim-tarbiyaning sifati yo’qoladi.
Demak, ilmiy asoslangan kun tartibi o’qituvchilarning o’z mehnatini to’g’ri va mukammal tashkil etish vazifasini hal etishga qo’yilgan qadamdir desak mubolag’a bo’lmaydi. Pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etish shartlaridan yana biri ish o’rnini tartibga solish va mehnat sharoitini tashkil etishdir. O’qituvchining ish joyi ish jarayonining bir qismi bo’lib, mehnat unumdorligining yuqori bo’lishiga ta’sir etadi. O’qituvchining ish joyi, xususiyati, pedagogik mehnatning mazmuni va xususiyati bilan belgilanadi.
Mehnat sharoiti, kun tartibi kompleks tushuncha. Unda o’qituvchining mehnat qilayotgan joyi, aniq vaziyatlar e’tiborga olinib quyidagi tamoyillar asosida takomillashtirilib boriladi. Pedagogik mehnatning samaradorligi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko’ra aniq bir yo’nalishni belgilash o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning birinchi tamoyilidir. Ikkinchi tamoyil mutaxassislikka oid bilimlarni chuqur o’zlashtirib qizg’in pedagogik faoliyat uslubini belgilash.
Uchinchi tamoyil pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda axborot va kompyuter texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanishni mukammal bilish tushuniladi. Bunda ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar ham e’tiborga olinadi.
To’rtinchi tamoyil ta’lim-tarbiya birligini ta’minlagan holda rejalashtirish. Reja asosida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch tizimlarni topish kabi masalalardan tashkil topgan.
Pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani tarbiyalash va ularni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash mumkin emas, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish o’qituvchi faoliyatini muntazam kuzatib borish yutuq va kamchiliklarini aniqlash, muhimlarini ajratib olishni nazarda tutadi. Hisobga olishni eng maqbul yo’li statistik hisobga olishdir.
Pedagogik nazorat esa ob’ektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralik talab qiladi.
O’qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning muntazamligi, izchilligi quyidagilardan tashkil topadi.
o’quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o’zi tomonidan nazorat qilinishi;
darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiyani nazorat qilish va o’zining
yutuq va kamchiliklarini kuzatish;
o’qituvchining darsdan tashqari vaqtini o’zi nazorat qilishi;
ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni nazorat qilish;
o’z ustida muntazam ishlash, ijod qilish.
O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda har jihatdan mukammal tashkil qilish mamlakatimizning mustaqillik printsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga qodir yosh avlodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda o’qituvchi o’zining qizg’in mehnatini pedagogik jamoa, ota-onalar, oila, mahalla qo’mitalari, turli jamoatchilik markazlari bilan o’zaro puxta hamkorlikda olib borgandagina ta’lim-tarbiyaning samaradorligi yanada oshadi.


Yüklə 233,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin