Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə9/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

Baholash bosqichi – bu bosqichda davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishini, ularga ta’sir etgan omillarni kuzatish, aniqlash, natijalarni qayd etish ishlari amalga oshiriladi.
Tahlil bosqichi – kuzatuv va baholash natijalari umumlashtiriladi va mavjud holat bo’yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish bo’yicha tavsiyalari shlab chiqiladi.
Korreksiyalash va bashoratlash bosqichi – bu bosqichda bolalarning bilim va ko’nikmalarida aniqlangan bo’shliqlarni hamda ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar ustida ishlanadi. Bu jarayonda hamkorlik pedagogika hamda logfreym texnologiyasi asosida turli shakldagi mashg’ulotlardan foydalaniladi.
Ta’lim sifati monitoringining eng muhim jihati uning korreksion (tuzatuvchi, rivojlantiruvchi) xususiyatga egaligi hisoblanadi hamda yuqoridagi jarayon uzluksiz davom ettirilsa, ta’lim sifati dinamikasida ijobiy o’zgarish sodir bo’ladi.
Ta’lim sifatini baholash tamoyillari sifatida haqqoniylik, obyektivlik, o’quvchilarning psixo – fiziologik xususiyatarini hisobga olinganligi, oshkoralik, aniqlik, tenglik, ilmiy – metodik asoslanganlik hisoblanadi.
Ta’lim sifati monitoringini tashkil etishda yana bir muhim jihatga e’tibor qaratish lozim. Bu ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Ta’lim sifatini pasayishi ham, oshishi ham unga ta’sir etuvchi omillarga bog’liqdir. Bevosita ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun o’quvchilar, o’qituvchilar, maktab ma’muriyati va ota – onalar uchun so’rovnomalar tayyorlanadi. Mazkur so’rovnomalarni o’tkazish asosan 3 ta maqsadga: o’quvchining o’ziga va uning oilaviy sharoitiga bog’liq bo’lgan, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar, o’qituvchilarning kasbiy mahoratiga bog’liq ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar, maktab rahbariyatining boshqaruv mahorati hamda metodik ishlarining ta’lim sifatiga ta’siri kabi masalalariga e’tibor qaratilishi lozim.


1.2-§ Ta’lim sifati monitoringi bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi.
Har bir mamlakatning ta’lim tizimi undagi ijtimoiy-madaniy muhit va ishlab chiqarish-texnologik bazasi bilan ko‘plab murakkab funksional munosabat va aloqalar bilan bog‘langan. Rivojlangan mamlakatlarda umumiy o‘rta ta’lim masalalari amalda hal etilgan va oliy ta’lim ommaviy tus olgan hozirgi davrda mazkur munosabat va aloqalar jamiyat va davlatning ustuvor vazifalari qatoridan o‘z o‘rnini egallagan.
Ta’lim sohasining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati haqida so‘z yuritilganda samaradorlik va sifat eng muhim parametrlar sifatida qaraladi. Biroq, agar samaradorlik iqtisodiy toifaga mansub tushuncha sifatida qaraladigan bo‘lsa, sifat tushunchasi ta’limning iqtisodiy jihatlari qatori ijtimoiy, bildiruvchi va madaniy jihatlarini ham o‘z tarkibiga oluvchi ta’lim faoliyati va natijalarining umumlashgan integral tavsifi sifatida qaraladi.
Ta’lim samaradorligi tanlangan yondashuv (ichki yoki tashqi samaradorlik, qiymat bo‘yicha yoki statistik-parametrli) yoki tadqiqot ob’ekti(o‘quv muassasasi yoki uning bo‘linmasi, yaxlit ta’lim tizimi yoki uning ma’lum bir aniq bosqichi)dan kelib chiqib miqdoriy jihatdan ham xollangani xolda uning sifatiga hanuzgacha umum tan olingan ta’rif belgilanmagan. Bu xolat, bir tomondan, turli jihatlari va aloqadorliklarini mos tarzda tavsiflash mushkul bo‘lgan sifat tushunchasining ko‘p ma’noli ekanligi, ikkinchidan, ta’lim jarayonida bevosita ishtirok etuvchi yoki uning natijalarini xollovchi va ulardan foydalanuvchi asosiy ijtimoiy guruhlarning (talabalar, o‘qituvchilar, ta’lim tizimi xodimlari, ish beruvchilar) ta’lim sifati haqida turli xil tasavvurga ega ekanliklari va shu sababli unga nisbatan turlicha talablarni ilgari surishlari bilan tavsiflanadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin