Kurs ishi ishining tаrkibiy tuzilishi vа hаjmi: Mundarija, kirish, 2 bоb, 4 bо‘lim, umumiy xulоsаlаr vа tаvsiyаlаr, fоydаlаnilgаn adabiyotlar.
I BOB. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida zamonaviy innovatsion pedogogik jarayonni tashkil etishning o'ziga xos tomonlari. 1.1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida zamonaviy innovatsion pedogogik jarayonni tashkil etishning bugungi kun talablari.
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyoda yashay oladigan yoshlarni tayyorlash uchun asosiy vazifasini muayyan miqdordagi bilimlarni berishdan iborat deb hisoblaydigan an'anaviy ta'lim yo'sini mutlaqo yetarli emas. Chunki ilm-fan va texnika shu darajada rivojlandiki,endi odam biror fandagi eng asosiy tushunchalarni ham xotirasida saqlab qola olmaydi. Buning ustiga, tinimsiz o'zgarishlardan iborat bo'lib qolgan hayotga mustaqil qadam qo'yayotgan yoshlar ana shunday o'zgarishlarga ham intellektual, ham ma'naviy jihatdan tayyor bo'lmasa, raqobatlar kurashidan iborat dunyoda o'z o'rnini topolmasligi mumkin. Hozirgi kunda ta'lim tizimida boy tajribalar yig'ilgan. Chunonchi, ishbilarmonlik o'yinlari, kompyuterli o'qitish, individuallashtirilgan o'qitish, insonparvarlik, hamkorlik, shaxsni erkin tarbiyalash va h.zo.
Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me'yoriy hujjatlar, o'quv-metodik adabiyotlar, o'quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg'or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo'yicha sohaga oid bilim va ko'nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inidir. Avvallari bu tizim xalq xo‘jaligining turli sohalarida mexnat qilayotgan otaonalarning ijtimoiy faoliyati uchun shartsharoit yaratishgagina xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda bolalar bog‘chalari ish mazmuniga qo‘yilgan talablar xam o‘zgartirildi. Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichida o‘qishga tayyorlashdir. Bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda maktablar o‘quv dasturlariga yaqinlashtirilgan 12 yo‘nalishli yangi dasturlar ishlab chiqilgani, sinovdan o‘tkazilib, joriy etishga kirishildi. Bog‘chalarda bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Innovatsion ta'lim texnologiyasi - bu o'quv jarayonining samaradorligini oshirish va ta'lim va ta'lim faoliyati uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni yangi yoki sifat jihatidan yaxshilashni o'z ichiga olgan o'quv va ta'lim faoliyatini tashkil etish metodologiyasi. jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi tendentsiyalari. Ta'limdagi innovatsiyalar ta'lim sohasidagi innovatsiyalarning paydo bo'lishiga qaratilgan kompleks tadbirlarni o'z ichiga oladi. Bu innovatsiyalar ta’lim jarayonini tashkil etishning usul va uslublari, ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan resurslar, ilmiy nazariyalar va tushunchalar bo‘lishi mumkin. Innovatsiya yangi ilmiy bilimlarni, qandaydir kashfiyotlarni, ixtirolarni olishga qaratilgan tadqiqot faoliyatidan foydalanish orqali rivojlanadi. Bundan tashqari, innovatsiyalarning paydo bo'lishi loyihalash ishlarining natijasi bo'lishi mumkin, bunda mavjud ilmiy nazariyalar va tushunchalar asosida amaliy harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini aks ettiruvchi instrumental va texnologik bilimlar rivojlanadi. Shunday qilib, innovatsion loyihalar yaratiladi, bu esa keyinchalik yangi texnologiyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Innovatsiyalar ta'lim faoliyati jarayonida ham rivojlanadi. O'quv jarayonida talabalarning nazariy va amaliy bilimlari rivojlanadi, keyinchalik ular amaliy hayotning innovatsiyalar yaratish bilan bog'liq turli sohalarida qo'llanilishi mumkin.