Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”



Yüklə 143,52 Kb.
səhifə3/9
tarix22.10.2023
ölçüsü143,52 Kb.
#159951
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bozorova Malohat

Kurs ishining maqsadi: Bo‘lajak tarbiyachilarni kasbga yo‘naltirish metodikasi bilan tanishib chiqish
Kurs ishining vazifasi:
-Maktabgacha ta'lim tashkiloti, maktab,oila,mahalla hamkorligida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash
-Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab hamkorligining yoʻllari
- Maktabgacha ta'lim tashkilotida ota-onalar bilan ishlashning zamoniy shakllari tashkil etish
- Maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning ahamiyati
Kurs ishining obyekti: Maktabgacha ta'lim tashkiloti
Kurs ishining predmeti: Mavzuni yoritib berishda hizmat qilgan adabiyotlar, o’quv qo’llanmalar, dissertatsiyalar va ilmiy maqolalar kurs ishini predmeti bo’lib hizmat qiladi.
Kurs ishining tuzulishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan, betdan iborat.


I.BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi
1.1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘mi
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohotlarning muvaffaqiyati, eng avvalo, odamlarning o‘z ishlariga mas’uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan ishlarni qila olishlariga bog‘liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi), birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan, mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas’uliyatli vazifalarni bajaradi. Tarbiyachining qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. Hukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo'lini charog‘on etib turuvchi yo'lboshchisi bo‘ladi. Ustozning eng buyuk burchi xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va hamkasblarining ishdagi o‘sishiga ko‘maklashishda yordam beradi.
Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonunlarini tt^shunishi, ijtimoiy faol bo'lishi kerak. Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan 1-oktabr xalq ta’limi xodimlari — o‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizning o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rnini naqadar yuksak baholashidan dalolat beradi.
Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagogik ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o'qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «Katta o‘qituvchi», «Metodist-tarbiyachi», «Xalq maorifi a’lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga boigan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi. Respublikamizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4—5 yilda qayta tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoit yaratilmoqda.
Inson tarbiyasi insonning о‘zp kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bulib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga о‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yullari, qonun - qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonniig ma’rifatliligi va ma’naviy komilligiga erishishi ishlari pedagogika fani yetakchiligida amalga oshiriladi.
Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir shaxsni hamma yosh davrlarida uygun rivojlantirish qonuniyatlari tо‘grisidagi fandir. Shu bois, podagogika fani insonni har tomonllma tarbiyalash haqidagi fan bulib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yо‘lida xizmat qiladi.
Maktabgacha perdagogika esa bola tugilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlariii о‘rganadi va bog‘cha sharoitida talim - tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi.
Inson tarbiyasiga oid qonunlar dastlab xalk ogzaki ijodida: ertak, qissa pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan.
Ta’lim - tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va G‘arbniig qomusiy olim va pedagoglarining о‘rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar о‘zlarining qator asarlarida ta’lim - tarbiyaga katta e’tibor bilan qaraganlar.
Faylasuf olim Forobiy о‘zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali iisonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi.
Abdulla Avloniy esa, tarbiya haqida g‘oyat ibratli fikrlarii bildiradi. "Pedagogika, - Abdulla Avloniyning yozishicha, - bola tarbiyasining fani, demakdir". «Dars ila tarbiya, ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi - biluvchi, tarbiya oluvchi - amal kiluvchidir». Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lо‘nda ta’rif berib, ta’lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga о‘xshatib, ularni bir - biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha. tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur, Bolaga avvalo kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shugullanadi, chunki bunda , inson taqdiri hal etiladi deydi.
Demak, pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi. Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his - tuygulari shakllanadi. Eng muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bо‘lgan va ijtimoiy munoabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil buladi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularniig har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bulib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bо‘ladi.
"Maktabgacha ta’lim pedagogikasi" fani, "Podagogika" fanining bir qismi bо‘lib, о‘zining nazariy, ilmiy va amaliy asoslariga ega.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari, yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim - tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, Urta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim - tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
О‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajagiga olib chiqish ga erishish, yosh avlodga ta’lim - tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali ta’lim - tarbiyaning mohiyati, mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maktabgacha ta’lim pedagogikasi faninipg qoida va qonunlarini xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb muammolaridir.
Shuningdek, mustaqillik sharoitida uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal ztish maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani oldiga qator vazifalarni qо‘ymoqda:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari esa shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga va xususiyatlariga karab belgilanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini har tompnlama kamol toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuasidan iboratdir
— Bu sohada Sharq va G‘arb xalqlari yaratgan ogzaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning ta’lim -tarbiyaga doir ilgor fikrlarini о‘rganib, tahlil qilib, barkamol insonni tarbiyalash jarayenini о‘rganish biz uchun juda qimmatlidir.
Ta’lim - tarbiya tо‘trisidagi qonun - qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar bogchalari amaliy hayoti bilan bog‘lab, bо‘lajak tarbiyachi - о‘qituvchilarga urgatish hamda xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur urganib, bо‘lajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini xal qilish;
- Maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish.
Bunday vazifalarda tadqiq etish;
-birinchidan bolalar sogligini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini ta’minlaydi;
-ikkinchidan ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantiradi;
-uchinchidan Vatanga, tabiatga, jonajon о‘lkaga muhabbat,
kattallarga xurmatni, о‘rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik,
xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va intizom,
mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;
-tо‘rtinchidan estetik tarbiyani amalga oshiradi.
Keyingi yillarda jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va
estetik tarbiya bо‘yicha olib borilgan ilmiy - pedagogik
tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalarini ularning psixik - fiziologik imkoniyatlarini z’tiborga olgan xolda belgilash zarurligini kо‘rsatib berdi. Ular bolalar bogchasining «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturida о‘z aksini topgan.
Ta’lim–tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari ulardan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so`nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan, va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o`z o`rniga ega bo`lgan keng ko`lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o`quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib, ularga o`qituvchi, tarbiyachi tamonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli ta’sirlar o`tkaziladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o`rtalarida AQSHda paydo bo`lib, 1940-50 yillar o`rtasigacha «Ta’lim texnologiyasi» deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o`qitishga nisbatan qo`llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan, 70- yillarda «pedagogik texnologiya» iborasi qo`llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o`quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta’riflar berilgan:
Texnologiya – biror ishda, san’atda, mahoratda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi. (Izohli lug`at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o`zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig`indisi. (V.M.Shepel).
Pedagogik texnologiya – Bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamidao`quvchi ( talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov ).
;Pedagogik texnologiya – o`qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya – texnika resurslari, odamlar va ularning o`zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo`yuvchi o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya – bu o`qitishga o`ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko`chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman)
Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz mumkin:
“Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”.
Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko`lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirishimiz mumkin.
Pedagogik texnologiya – axborotlarni o`zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog`liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o`rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya – bu o`z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo`yuvchi, butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o`zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya turlari
Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi
Uzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Hozirda mavjud bo`lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o`tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo`lib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida keltiriladigan turlarigagina xos bo`lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi.


Yüklə 143,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin