Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bulgan masalalarni oy-dinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida о‘tkaziladi.
Suhbat yakka tartibda hamda jamoa tarzida olib boriladi. suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea-hodisalari tо‘grisidagi qiziqishlari, tasavvurlari, mulohaza va muhokamalarni aniqlab olishga bevosita yordam beradi. suhbatdan metod sifatida foydalanishda albatta uning maqsadi va rejasini aniqlab olish kerak bо‘ladi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham muhim sanaladi.
О‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit tasmasiga yozib olinadi va tahlil etiladi.
Hujjatlarni va bolalarning ishlarini urganish
Bolalar ishlarini о‘rganish ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi.
Tadqiqotchi pedagogik hujjatlarni о‘rganshp orqali о‘rganilayotgan obyekt tо‘g‘rigidagi har xil ma’lumotlarni bilib oladi. Bunga maktabgacha tarbiya muassasalari mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, bolalar bogchasi tarbiyalanuvchilarining rasmlari, loy va plastilindan yasalgan buyumlar va shu kabilar kiradi
Masalan, bolalar ancha ilgari chizgan rasmlarini qarab chiqish, taxlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlarning qay darajada murakkablashib borganini aniqlash hamda ular bilan keyingi olib boriladigan ishlarni belgilashga yordam beradi.
Pedagogik eksperiment ta’lim jarayoniga pedogogik yangiliklarni kiritishdir. Pedagogik eksperiment yerdamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. Tabiiy zksperiment va labordtoriya eksperimenti pedagogik eksperimentniig asosiy turlari bulib, ularkо‘pgina ishlarni о‘ch ichiga oladi.
Tabiiy eksperiment sharoitida yangi ish rejalari, dasturlari, darsliklar adabiyotlar vaodatdagi ish rejalarini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik- eksperiment - bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning о‘tish sharoitlarini muntazam uzgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etiladi.
Laboratoriya ishi ham ilmiy - tadqiqotning ancha qatiy shakli hisoblanadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperimentni rejalashtirish eksperpment utkazish va natijalarni sharhlash.
Eksperimentni tashkil etish va о‘tkazish tartibi belgilangan rejaga katiy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida malumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi.
Tajriba urganish va umumlashtirish metodi. Pedagogik tajriba tushunchasi kо‘p qirralidir. Pedagogik tajribaning keng manosi talim va tarbiya amaliyotidir.
Pedagogik tajribaning asosiy maqsadi - maktabgacha muassasalarda olib boriladigan talim - tarbiya ishlari qay darajada amalga oshirilayotganini о‘rganishdir.
Pedagogikadagi mavjud muammolarni hal etish uchun ta’lim-tarbiya jarayonini о‘rganish, amaliy xodimlarning ijodiy nashrlarini nazariy asosda idrok kilish va qayta ishlab chiqish ya’ni ilg‘or tajribani umumlashtirish, yoyish katta ahamiyatga egadir..
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining asosiy tushuncha (kategoriya)lari Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanida bir - biri bilan uzviy boglangan quyidagi tushunchalar mavjud tarbiya ta’lim, ma’lumot.
Tarbiya- kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, о‘sib, avloddan - avlodga vorislik ishlarini bajarib kelgan bо‘lsada, ammo xar bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, о‘zigaxosligi bilan farqlanadi.
Tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur hodisa bо‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar tizimini, malaka va kо‘nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib berish hamda yosh avlodni har tomonlama shakllangan yetuk inson qilib tarbiyalashni maqsad qilib qо‘yadi.
Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash mummmolari dastlab halq ogzaki ijodi, pedagogikasi, yozma yodgorliklarda, pandnomalarda mutafakkir hamda ma’rifatparvarlar asarlarining bosh mavzusini tashkil etgan.
Abdulla Avloniy tarbiya xaqida gapirar ekan, hakli ravishda shunday degan edi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir».
Demak, tarbiya va odob Vatanga cheksiz muhabbat, iymon e’tiqod, mehr - muruvvat, rostgо‘ylik, adolatgо‘ylik, samimiylik, mehnatsevarlik va bilimdonlik kabi g‘oyalar vositasida shalkllanib boradi.
Ta’lim – u bolalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni bо‘lib, muayyan kunikma va malakalarni singdirish, ularning ongi va xulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokini, dunyoqarishini e’tiqodini va bilish faolligini rivojlantirishdir.
Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi.
Ta’lim ikki tomonlama jarayon bо‘lib va о‘qitishni о‘zichiga oladi.
О‘qitish - pedagogik faoliyat bо‘lib, bilim malaka, kо‘nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir.
О‘qish - uquvchining bilim, malaka kо‘nikmalarini egallashdagi amaliy faoliyatidir. U о‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.
Ma’lumot - asosiy pedagogik tushuncha bulib, u ijtimoiy hayot voqealarni obyektiv aks ettiradi, Bu jarayon kishining tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri tо‘g‘risidagi umumlashtirgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, kо‘nikmalar tizimining egallab olinishi natijasidir.Ma’lumot kishining bilishga bulgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga kо‘taradi va amaliy faoliyatga tayyorlaydi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari ta’lim-tarbiyada ham ko‘pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug'ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o'zida mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilardi. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab, davlat, jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xushxulqli tarbiyalash vazifasi qo‘yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga yetishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma’naviy darajasi bilan belgilanadi. Sogiom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘- nalishidir.
Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’limtarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog‘liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samarali kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin — maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat subyekti sifatida shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelgan.
Didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisindagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi. Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.