Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə171/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

To`ldiruvchi
Ko`pincha fe’l bilan ifodalangan, ba’zan fe’ldan boshqa ayrim so`zlar bilan ifodalangan bo`lakka boshqaruv yo`li bilan bog`lanib, uning ma’nosini to`ldirib keladigan ikkinchi darajali bo`lak to`ldiruvchi deyiladi.
To`ldiruvchi boshqaruvchi so`zning talabiga ko`ra kelishik affikslari (qaratqich kelishigidan tashqari) yoki ko`makchilar orqali shakllanadi. Masalan: Aql va idrok quyoshga o`xshaydi, ular dog`larni bekitadi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
To`ldiruvchi o`zi bog`lanib kelgan so`z bilan (fe’l, sifat, ravish, ot, modal so`z bilan) «to`ldiruvchi-to`ldirilmish» sintaktik munosabatni yuzaga keltiradi.
To`ldiruvchi ifoda materialiga ko`ra egaga hamda qaratuvchiga o`xshaydi, faqat grammatik shakl jihatdan ulardan farq qiladi.
To`ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot bilan: Nodon kishi o`zining nasl-nasabiga, olim kishi esa o`zining ilm va adabiga tayanadi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Oy to`lmagan bo`lmasa ham, juda yorug`, shabadada silkinayotgan terak barglarini bitta-bitta sanab chiqish mumkin. (P.Qodirov).
2. Olmosh bilan: Shaharliklar... o`zlarini tog`da yashayotganday his qilishadimi? (Sh.Xolmirzayev). O`g`il ham otaga shunchalik o`rgandiki, u bilan birga yotadigan bo`ldi. (Sh.Xolmirzayev).
3. Harakat nomi bilan: Xalqning hurmat qilishini tilasangiz, avval o`zingiz hammani hurmat qiling. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Olim kishi... maqtashlar va olqishlarga uchib, o`zini yuqori tutmaydi, kamtar bo`ladi («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
4. Otlashgan sifat bilan: Yomondan qoch, yaxshiga quloch och. (Maqol). Aziz o`g`lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo`lma, ulardan arslondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko`zi bilan qara. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Botirdan yaxshi ish qolar, donodan – yaxshi so`z. (Maqol).
5. Otlashgan son bilan: Chiqmasa... bittasini menga ber, bir-ikki oy boqay... (P.Qodirov). Ikkovga birov botolmas, otliqqa yayov etolmas. (Maqol).
6. Otlashgan olmosh bilan: Manmanlik yaramas odat ekanini anglang, hamisha buni yodingizda tuting. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Kattami, kichikmi - har qaysisini hurmatlab, yoshi va martabasiga ko`ra muomala qiling. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
7. Otlashgan sifatdosh bilan: Ayrilganni ayiq er, bo`linganni bo`ri yer. (Maqol).
8. Otlashgan ravish bilan: Ko`kka boqma, ko`pga boq. (Maqol). Ko`pni bilgan oz so`zlar, oz bo`lsa ham soz so`zlar. (Maqol).
9. Otlashgan taqlid so`z bilan: To`g`ri, studentlar allaqachon paxtadan qaytib, yomg`irdan ivigan parklar yana oshiq-ma’shuqlarning shivir-shiviriga to`ldi. (O`.Hoshimov).
10. To`ldiruvchi so`z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: O`zingdan kichiklarni kamsitmang. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Ular bosh silkib, shundoq muhtaram odam bilan tanishganlaridan minnatdor ekanliklarini izhor qilishdi (O`.Hoshimov).
To`ldiruvchi gapga teng predikativ birlik bilan ham ifodalanishi mumkin: Yoshi ulug`ni ulug`lasa, baxt topar. (Maqol).



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin