Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universteti o’zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Yüklə 302,21 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü302,21 Kb.
#203901
1   2   3   4   5   6   7
Maqsud Shayxzoda

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Adibning yuqorida sanab o'tilganidek, serqirra ijod sohibi ekanligi adabiyotshunoslar tomonidan yetarlicha o'rganilgan bo'lsa-da, lekin uning navoiyshunos olim ekanligi alohida tadqiq etilmagan. Shuning uchun ham ushbu malakaviy bitiruv ishda Maqsud Shayxzodaning navoiyshunosligi uchun mutafakkir Alisher Navoiy ijodini qanday o'rganganligi va naoiyshunoslikka qanaqa hissa qo'shganligi masalasini o'rganish asosiy maqsad qilib olindi. Maqsadni amalga oshirish uchun esa quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutildi:
- Maqsud Shayxzodani serqirra ijodkor sifatida o'rganish;
- Maqsud Shayxzodaning ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishish;
- xalq og'zaki ijodi, qardosh xalqlar adabiyoti, zamonaviy adabiyotga Maqsud Shayxzodaning munosabatini yoritish;
- Maqsud Shayxzoda mumtoz adabiyot tadqiqotchisi ekanligini o'rganish; - Maqsud Shayxzoda talqinida Navoiyning adabiy merosi masalasini izchil tadqiq qilish;
- Alisher Navoiyning lirik merosiga Maqsud Shayxzodaning munosabatini ko'rsatish;
- Maqsud Shayxzodaning Alisher Navoiy epik asarlariga bo'lgan munosabatini yortish;
- Navoiyshunoslikka Maqsud Shayxzodaning qo'shgan hissasini aniqlash.
Kurs ishining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu ishning nazariy xulosalari va natijalaridan oily o’quv yurtlarida, akademik litsey va kollejlarda o’zbek mumtoz adabiyoti bo’yicha maxsus kurslar o’tishda darslik, o’quv qo’llanmalari, lug’atlar tuzishda foydalanish mumkin. Bu esa ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi.
Kurs ishi manbasi. Ishni amalga oshirishda Maqsud Shayxzoda tanlangan asarlarining 4- tomi (Toshkent, Adabiyot va san`at nashriyoti, 1972 yil) asosiy manba sifatida olindi. Shuningdek, serqirra ijod sohibining boshqa ilmiy va badiiy asarlariga ham murojaat qilindi.
Kurs ishining tuzilishi: mazkur kurs ishi kirish, ikki bob hamda uning tarkibiga kiruvchi to’rt bo’lim xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Yüklə 302,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin