Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universteti o’zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi


Maqsud Shayxzoda ijodining ruhi va sehri



Yüklə 302,21 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü302,21 Kb.
#203901
1   2   3   4   5   6   7
Maqsud Shayxzoda

1.2 Maqsud Shayxzoda ijodining ruhi va sehri
Maqsud Shayxzoda “xalqimizning mehnat qahramonligi, kurash va jang, ozodlik va dо‘stlik, baxt va alam, yurtning gо‘zal manzaralari va insonning ma’naviy jamoli mening qalamimga oshno, dilimga mazmun bо‘lib keldi” deb ta’kidlagan edi”. Shoirning bu fazilatlari, eng avvalo, hayotdagi, voqelikdagi va odamlarimizning ruhiy olamidagi о‘zgarishlar, holatlarni ifodalashga qodir yangi, betakror obrazlarida namoyon bо‘ldi. Bu Tarix - Yо‘l - Safar - Kema -Karvon, Xarita (yer kurrasi va Vatani), Manzil, Raqam, Sur’at va Vaqt obrazlaridir. Bular bir-biri bilan uzviy bog‘langan bо‘lib, insoniyat tarixi yaxlitdir va doim olg‘a qarab harakat qiladi, bu insoniyat karvonini - kemani tо‘xtatib bо‘lmaydi, u insoniyat orzusi - baxtsaodat manzili sari harakat qiladi. Buni Shayxzodaning о‘z kitoblariga “О‘n besh yillik daftari” yoki “Chorak asr devoni” deb sarlavha qо‘yishidan ham bilish mumkin. Shoirning о‘zi “Inson umri cheklangan muhlatli daftar”, demak bu daftarni foydali, ezgu ishlar - “yozuvlar” bilan tо‘ldirish lozim deydi. “Raqamlar” she’rida esa shunday satrlar bor:
“Men na munajjimman va na hisobdon va lekin kо‘raman sonlar mag‘zida
osmoncha ma’nolar, yurtni obodon”. “Qо‘llar» she’rida qо‘llarda insonning borlig‘ini, uning ichki olamining muhrini kо‘radi”.4
Uningcha, “g‘oyat shafqatli, hayotbaxsh qо‘llar” ham “ayovsiz, yovuz, gо‘r
kabi sovuq, tanbal” qо‘llar ham bor, qisqasi, har bir qо‘l “yurakning navkarlaridir”,
yurak neni buyursa, qо‘l shuni ijro etadi. Maqsud Shayxzoda ijodiy balog‘atidan dalolat beruvchi asarlardan biri “Toshkentnoma” dostonidir. Adabiy jamoatchilik о‘z vaqtida bu dostonni shoirning adabiyotimizning yirik ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham, “Toshkentnoma” Shayxzoda dostonlari ichida eng barkamoli bо‘lib, unda shoir shaxsiyatining о‘ziga xos qirralari ancha yorqin namoyon bо‘lgan. Dostondagi о‘ziga xoslik shundaki, asar yaxlit voqea asosiga qurilgan emas. Shayxzoda kо‘pqirrali iste’dod sohibi edi. U she’rlar va dostonlar bilan birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bо‘lgan dramalar ham yaratdi. Shayxzoda umrining sо‘ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan “Beruniy” dramasini hisobga olmaganda ham, uning “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug‘bek” dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi.
Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Jaloliddin Manguberdi”
(1944) tragediyasida о‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mо‘g‘ul
istilochilariga qarshi kurashgan sо‘nggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Oybek bilan G‘afur G‘ulom о‘sha vaqtda asarga yuqori baho berishib: “Tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning ichki ma’nosini” ochib bergan, “Kompozitsiyasi pishiq, dramatik tо‘qnashuvlarga boy bir asar. 1946 yilgacha “Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ayrim parchalar “Armug‘on” tо‘plamida bosilgan edi. Shundan keyin 43 yil davomida asar tilga olinmadi va dunyo yuzini kо‘rmadi. Asar sahnadan olingandan keyin kо‘p utmay Shayxzoda qamaldi. Bu asarga о‘tmish ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qо‘yildi. Musodara etilgan buyumlar ichida dramaning qо‘lyozmasi ham bor edi. Muallif oqlanib, qaytib kelganidan keyin muayyan tashkilotlar “yо‘qoldi” degan bahonalar bilan qо‘lyozmani qaytarib bermadilar. Shayxzoda uni bir necha yil qidirishga majbur bо‘ldi va nihoyat, teatrning sobiq suflyorlaridan uning bir nusxasini topishga muvaffaq bо‘ldi. Lekin shunda ham asarning matni e’lon qilinmay qolaverdi.
Taqdirning о‘yinini qarangki, muallif bu asarining chop etilganini kо‘rmay
olamdan kо‘z yumdi. “Jaloliddin Manguberdi”ning tо‘la matni birinchi marta Bokuda ozarbayjon tilida Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida bosilib chiqarildi. Faqatgina 1988 yildagina Jaloliddin Manguberdi” birinchi marta о‘zbek tilida yozuvchining “Boqiy dunyo” degan kitobida tо‘la bosilib chiqarildi.
1941 yilda Toshkentda nashr etilgan “General shoir” tо‘plami adabiyotshunos olim Shayxzodaning Navoiy ijodiga oid ilmiy maqolalaridan tashkil topgan. Navoiy she’riyatining bu chuqur ilmiy tadqiqi navoiyshunoslikda hamisha alohida о‘rin egallab qoladi. Shayxzoda Navoiy mahoratini, uning san’atkorligini teran о‘rganishni boshlab bergan о‘tkir tadqiqotchi edi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Maqsud Shayxzoda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi О‘zbekiston Milliy universiteti)da, Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent Davlat pedagogika universiteti)da uzoq yillar davomida о‘zbek adabiyoti tarixidan о‘qigan ma’ruzalari, maxsus kurslari о‘zbek adabiyoti tarixi bо‘yicha eng qimmatli darslar edi.
Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan tо‘laU jahon adabiyoti mumtoz shoirlarining asarlarini о‘zbek tiliga tarjima qilishda katta xizmat qildi. Jumladan, Shekspirning “Hamlet” va “Romeo va Juletta” asarlari о‘zbek drama teatrlari sahnasida Shayxzoda tarjimasida sahnalashtirildi.Pushkin, Lermontov, Bayron she’rlarini о‘zbek о‘quvchisiga ilk bor taqdim etgan shoirlar avlodi ichida Shayxzoda ham bor. Shoir mahoratining о‘sishiga, uning jahon adabiyoti klassiklarining asarlarini g‘oyat sevib о‘rgangani, ularning boy badiiy tajribasini ustalik bilan о‘zlashtirgani ham sabab bо‘ldi. U G‘arbiy Yevropa va rus adabiyotini mukammal bilgani holda о‘zining Vatan adabiyotini - Sharq she’riyati merosini ham tо‘la о‘rgangan edi.5
Maqsud Shayxzodani 50 - yillar boshida mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa
oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq
qamalganlarning ishi qayta kо‘rildi. Shu tariqa 1955 yili kо‘pgina fidoyi ziyolilarimiz qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona azoblari natijasida shoirning sog‘ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga qaramay, umrining oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida yashashga majbur bо‘ldi. Ana shunday og‘ir sharoit va xastalikda ham hayotidan sira nolimay umrining oxirigacha ijod qilishdan tо‘xtamadi.

Yüklə 302,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin