Noan`anaviy dars shakllari



Yüklə 134 Kb.
səhifə8/16
tarix22.05.2023
ölçüsü134 Kb.
#119539
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
AN\'ANAVIY VA NOAN\'ANAVIY DARSLAR

Namuna:
1. Men (B.k 1 shaxs) sport bilan shug`ullanaman. Sport mening (q.k 1 shaxs, n tushub qolgan) yanada baquvvat, dovyurak bo`lishimga yordam beryapti. 2. Ter to’kib sochsang urug`, yer seni (t. k.2 shaxs) qo’ymas quruq.
Mustaqil ishdan so’ng ta`limiy diktant bo’lishi aytiladi. Diktant uchun quyidagi matndan foydalanish tavsiya etiladi.
Alisher otasi ko’rishi bilan o’qishini chala qilib jim bo’ldi. Alisherning rangi o’chdi. Alisher otasining so’zini qaytarishga jur`at etolmadi. Alisher kitobini bir nafasgacha ko’kragiga bosib turib, keyin otasiga uzatadi.
O’qituvchi matn bilan o’quvchilarni tanishtiradi. O’quvchilarga aytish jarayonida Alisher otini zarur o’rinlarda III shaxs birlikdagi kishilik olmoshi bilan almashtirib yozishni aytadi.
O’qituvchi matndagi gaplarni o’qiy boshlaydi. O’quvchilar gaplardagi Alisher otini III shaxs olmoshi bilan yozib boradilar. Diktant tugagach, o’quvchilarga o’qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. U otasi ko’rishi bilan o’qishni chala qilib jim bo’ladi. Uning rangi o’chdi. U otasining so’zini qaytarishga jur’at etmadi.
Kishilik olmoshlarini mustahkamlash, o’quvshilar nutqini o’stirish va tafakkurini rivojlantirish maqsadida o’qituvchi ularga ijodiy ish topshiradi. O’quvchilar kishilik olmoshlarini qatnashtirib to’rtta gap yozadilar. Ijodiy ish bajarilgach, uch to’rt o’quvchiga o’qitish orqali tekshirib ko’riladi.
Namuna:

  1. Biz san’at muzeyiga borib tomosha qildik.

  2. Sening o’quvchilaring yaxshi.

  3. Men gullarga suv quyayotgan edim.

  4. Sizning taklifingiz hammaning nomidan bo’ladi.

Ijodiy ishdan so’ng mashq ishlanadi. Buning uchun Metodika darsligidagi 35
–mashqdan foydalanish tavsiya etiladi. O’quvchilar o’qituvchilar rahbarligida mashqdagi terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar, ajratib ko’rsatilgan olmoshlarning ma’nosi va vazifasini tushuntiradilar.


Namuna:
1. Siz (ega) bizdan (to’ldiruvchi) yordam olgani emas, bizga (to’ldiruvchi) rahbarlik qilgani kelgansiz. (A. Q).
O’zlik olmoshini o’rgatishni darslikda bu haqda berilgan ta`rif va qoidalar bilan o`quvchilarni tanishtirishdan boshlash mumkin. O`zlik olmoshini mustahkamlash, o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish maqsadida mustaqil ish o`tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Til bilan birovning aybini aytish oson, o`z tili bilan o`z aybini aytadiganlar juda kam. (Cho`lpon). 2. Uning o`zi yosh, lekin ziyrak bola. 3. Bu ko`chatlarni valining o`zi o`tkazgan. 4. O`zingiz ham o`tiring.
Mustaqil ish bajarilgach, o`quvchilarga ijodiy ish topshiriladi. O`quvchilar “O`zimiz”, “O`zlari” olmoshlarini kelishik shakllari bilan turlaydilar. Ijodiy ish tugagach, ikki o`quvchiga o`qitish orqali tekshirib, kamchiliklar tuzatiladi.
Namuna:

  1. O`zimiz, o`zimizning, o`zimizni, o`zimizga, o`zimizda, o`zimizdan.

  2. O`zlari, o`zlarining, o`zlarini, o`zlariga, o`zlarida, o`zlaridan.

Ijodiy ishdan so`ng saylanma diktant o`tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi. 1. Men gulxan atrofida o`tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. Ular qo`shni qishloqdan kelgan bolalar ekan. 2. Elmurod o`z nomlari bilan otalarining nomlarini aytib ko`rishayotgan bolalarni bir-biridan ajrata olmay qoldi. 3. Bugun men rasman sizlarga boshliq bo`lish majburiyatida qolgan ekanman, yana hech ahamiyati yo`qdir. (A. Qodiriy). 4. Elmurod ko`rsatilgan sinfga kirdi-da, qatorlashgan partalardan o`ziga joy qidirdi. 5. Sen o`tira, tur, ketib qolma, men tez kelaman. 6. Men o`zimning mehmonimni ko`rpachaga o`tqazmoqchiman.
O`qituvchi o`quvchilarga kishilik olmoshlarini ayrim, o`zlik olmoshini ayrim yozib borishlarini aytadi. O`qituvchi terma gaplarni o`qiy boshlaydi. O`quvchilar kishilik olmoshlari bilan bir ustunga, o`zlik olmoshini ikkinchi ustunga yozib boradilar. Diktant tugagach ikki o`quvchiga o`qitish orqali tekshirib ko`riladi.

Yüklə 134 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin