Noan`anaviy dars shakllari



Yüklə 134 Kb.
səhifə11/16
tarix22.05.2023
ölçüsü134 Kb.
#119539
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
AN\'ANAVIY VA NOAN\'ANAVIY DARSLAR

Namuna:
1.Marraga avval Salim, keyinRahim yetib keldi.
2.Gulnonora bilan Ra’no tanlovga tayyorlanishdi.
3. Sinf yig’ilishida faqat Shuhrat qatnasha olmadi.
Ijodiy ishdan so’ng saylanma diktant bo’ladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish mumkin.
1. Bularning barchasi siz uchun. 2. Bu yaqinlikni televizor orqali eshitdik. 3. Salimjon yosh, lekin tadbirkor yigit edi. 4. Rahima shamollagani uchun kecha darsga ketmadi. 5.Yigit sevinib ketganidan hatto gapiraolmay qoldi (O) 6. Bog’ tinch, faqat g’ir-g’ir shabadayu, chumchuqlar chirqillashigina tinmas edi (H. Nazir).
O’qituvchi terma gaplarni o’qiy boshlaydi. O’quvchilarga yordamchi so’zlarni aytadi. Diktant tugagach, o’quvchilarga o’qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Uchun, orqali. 2. Lekin. 3. Hatto, faqat “Ko’makchi” ni O’rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga darslikda ko’makchi haqida berilgan materialni o’qishni aytadi. Bir necha daqiqadan so’ng suhbat uchun quyidagi savollarni o’rtaga tashlaydi; 1.Qaysi so’zlar sof ko’makchilarga kiradi? 2. Qaysi so’zlar ko’makchi vazifasida qo’llanadi? 3. Ko’makchilar qanday ma’nolarni bildiradi? O’qituvchi o’quvchilar javobini to’ldirib, ko’makchilar payt o’xshashlik, harakatning yuzaga kelish o’rni kabi ma’nolarni kam bildirishini eslatadi.
Ko’makchi uning turlarini mutahkamlash uchun mustaqil ish o’tkziladi. 1. Ukasi bilan suv yoqasidan ketib borardi. 2. Hamma narsa insonga egsin bo’yin, inson uchun ishlab tursin tinmayin (Q.M) 3. Gaplashib o’tirdik. Oldingi hazil gaplarim uchun o’zim uyalib ketdim. O’zimni ovitish uchun boshqa narsalar haqida o’ylay boshladim. 4. Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi. (H.Q). 5. Bahor kelishi bilan daraxtlar yashil barg yozadi. 6. Bliq ovlash uchun olib kelingan barmoqlar hali bir marta kam suvga tashlangani yo’q. 7. Inson uchun fazlukamol lozim (A. Q). O’quvchilar terma gaplarni o’qiydilar, ko’makchilarni o’z oldidagi mustaqil so’z bilan birga ko’makchilar, ko’makchilarning ma’nosi aniqlab yoniga yozadilar.
So’zlarning aloqa-munosabat shakillarini o’rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o’quvchilarga darslikda so’zlarnong aloqa-munosabat shakillariga doir berilgan materialni o’qib chiqishtopshiriladi. Bir necha daqiqadan so’ng quyidagi savollar o’rtaga tashlandi. 1. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar birikish xususiyatiga ko’ra necha guruhga bo’linadi? 2. Ismlar tarkibiga qaysi turkumlar kiradi? 3. Sof fe’l tarkibiga qaysi vazifadagi so’zlar kiradi? 4. O’zgarmas so’zlar tarkibiga qaysi so’zlar kiradi? O’quvchilar savollarga javob bergandan so’ng o’qituvchi aloqa-munosabat shakillarini eslatib, ularning vazifalarini aytadi.
So’zlarning aloqa-munosabati shakillarini mustahkamlash, o’quvchilar nutqini o’stirish maqsadida mashq ishlandi. Buning uchun darslikdagi 116 –mashqdan foydalanish tavsiya etiladi.
O’quvchilar terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar gaplarga ajratib ko’rsatilgan so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar qaysi so’z turkumlariga qo’shilib kelganligini aytadilar.



Yüklə 134 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin