Noan`anaviy dars shakllari



Yüklə 134 Kb.
səhifə9/16
tarix22.05.2023
ölçüsü134 Kb.
#119539
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
AN\'ANAVIY VA NOAN\'ANAVIY DARSLAR

Namuna:

  1. Men, ular, men sizlarga, sen, men, men II. O`z, o`ziga, o`zimning.

Saylanma diktantdan so`ng kichik insho o`tkaziladi. O`qituvchi o`quvchilarga “Bizning maktabimiz” mavzuida kichik insho yozishni topshiradi., o`qituvchi o`quvchilarga maktabimiz haqida gapirishni aytadi. Ikki o`quvchini eshitgach insho yozishga da`vat etadi. O`quvchilar kichik insho yozishga kirishadilar. Ikki o`quvchining inshosi o`qitish orqali tekshiriladi. O`quvchilar yozma ishidan namunalar keltiramiz.
Qarshi shahridagi 21-maktabning 7-sinf o`quvchisi Ikrom G`aniyevning inshosi.
Bizning maktabimiz.
Bizning maktabimiz “Istiqlol” san’at saroyi yonida joylashgan. Maktabimiz S. Ayniy nomida, to`rt qavatdan iborat. Maktabda har bir fan uchun xona ajratilgan. Sinf xonalarimiz jihozlangan. Boshlang`ich sinflar ikkinchi qavatda, yuqori sinflar uchinchi va to`rtinchi qavatda o`qiydi. Maktabimizda majlis zali, sport zali, kutubxona va oshxona bor. Katta tanaffusda oshxonada ovqatlanamiz. Kutubxonadan kitoblar olib o`qiymiz.
So`roq olmoshlarini o`rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga darslikda so`roq olmoshlariga berilgan qoidalarni o`qishni topshiradi. Bir necha daqiqadan so`ng quyidagi savollar o`rtaga tashlanib, ularga o`quvchilardan javob kutiladi:
O`qituvchi: Kim, nima olmoshlari qanday qo`llaniladi va nima bilan turlanadi.
O`quvchi: kim, nima olmoshlari birlik va ko`plikda qo`llaniladi, egalik va kishilik bilan turlanadi. O`qituvchi qanday, qaysi, qanaqa olmoshlari haqida gariping va misol keltiring.
O`quvchi: Qanqay, qanaqa, qaysi olmoshlari belgini aniqlash uchun ishlatiladi. Qanaqa qalam oldingiz? Qaysi kitob seniki?
II BOB.
2.1. Noan`anaviy darslarning samaradorlik jihatlari
O`qituvchi qancha, nechta, necha, nechanchi olmoshlari nima uchun ishlatiladi. O`qituvchi o`quvchilar javobini eshitib, so`roq olmoshlarining gapdagi vazifalarini eshitish bilan o`quvchilar javobini to`ldiradi.
So`roq olmoshlarini mustahkamlash o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish maqsadidda mustaqil ish o`tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Siz nimani o`ylayapsiz? (A. Muxtor). 2. Qaysi yozuvchilarni taniysiz? Nega muncha kech qolding? (Oybek) 4. “Ertalab qayoqqa ketayotgan eding. Sheraliga qanday topshiriq berilgan edi?”-so`radi Shodmon aka. (Y. Shukurov). 5. Qayoqdan bu qadar uyatchan bo`lib qolding? (A. Qodiriy) 6. Nima qilish kerak? 7. Qanday kirib qoldim boshi berk bu ko`chaga? (O`tkir Hoshimov)
O`quvchilar terma gaplarni ko`chiradilar, so`roq olmoshlarini topib tagiga chizadilar. Ish bajarilgach, ikki o`quvchiga o`qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:

  1. Siz nimani o`ylayapsiz? 2. Qaysi yozuvchilarni taniysiz?

Mustaqil ish bajarilgach, o’quvchilarga mashq ishlash topshiriladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tafsiya etiladi.
1. Siz qishki ta`tilda qaysiy badiiy asarlarni o’qidingiz. 2. Siz shamolning qachon to’xtashini bilishni istaysiz. 3. Kim kuchini ayamasdan mehnat qilsa to’kkan teri rohat, vaqti chog` bo’ladi? 4. Qudrat Valining oldiga qanday yugurib kelganini bilmay qoldi. 5. Ot nimadan hurkdi va yosh chavondoz gup etib yumshoq qum ustiga tushdi.
O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar, olmoshlarni aniqlab, ma`no turini va gapdagi vazifasini aytadilar.
Namuna:
1. Sizlar qishki ta`tilda qaysi badiiy asarlarni o’qidinglar? 2. Siz shamolning qachon to’xtashini bilishni istaysiz?
O’qituvchi o’quvchilarga so’roq olmoshlarini qatnashtirib to’rtta gap tuzish, bu olmoshlarning ma`nosi va gapdagi vazifasini aniqlab, ustiga yozishni topshiradi. O’quvchilar o’qituvchining bu topshirig`ini bajaradilar.
Namuna:
1. Kecha qanday kino ko’rdingiz? 2. Siz qaysi shoirlarning asarlarini o’qiysiz? Ijodiy mashqdan so’ng, Metodika darsligidagi 46-mashqni ishlash topshiriladi. O’quvchilar navbat bilan mashq topshirig`iga ko’ra so’roq ma`nosi qaysi so’z bilan ifodalanayotganligini aniqlaydilar. So’roq ma`noli so’zni gap oxirida qavsda berilgan so’z bilan almashtirib gaplarni o’qiydilar.

Yüklə 134 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin