Noan`anaviy dars shakllari



Yüklə 134 Kb.
səhifə10/16
tarix22.05.2023
ölçüsü134 Kb.
#119539
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
AN\'ANAVIY VA NOAN\'ANAVIY DARSLAR

Namuna:
1. Sinfimiz komandasi musobaqada g`olib chiqdi.
2. Dangasalik kishiga ko’p ziyon keltiradi
3. Halollik odamning obro’yini oshiradi.
Belgilash olmoshlarini o’rgatishni darslikda bu haqda berilgan qoidalarni bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o’qituvchi belgilash olmoshlarining toifasini aytib, misollar keltiradi. So’ngra belgilash olmoshlari (hamma, barcha, bari, jami, butun, har kim, har nima, har bir, har qaysi) ni doskaga yozib hamma, barcha olmoshlari ko’plikni anglatishi, belgilash olmoshlari egalik va kishilik shakllarini olishi, olmoshlarni gapdagi vazifasini eslatadi, misollar keltiradi.
Belgilash olmoshlarini mustahkamlash, o’quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida mustaqil ish o’tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Sizning taklifingiz go’yo hammaning nomidan bo’ladi. (Oybek) 2. Bu kitoblarning barini o’qib chiqqanman. 3. Xadicha xola, hamma qishloq qariyalaridek , keksalikka so’z bermaydigan g`ayratli, tetik bir shiringina sharcha bo’lishi lozim. (Oybek) 5. Bog`chamizdagi gullarning bari ochildi.
O’quvchilar terma gaplarni ko’chiradigan, belgilash olmoshlarini topib tagiga chizadi.
1.Akasining furajkasini kiyib oldi: - aka endi hammaning akasi ham keladi- a? 2. Hasharga o`quvchilarning hamasini qastnashadi. 3. Mana endi hamma yoq qordan tozalandi. 4. Har kimki vafo qilsa, jafo topqusidir.
Ijodiy mashqdan so`ng kichik bayon o`tkaziladi. Bayon uchun «Hammamiz kuylaymiz» matnida foydalanish tavsiya etiladi.
Hammamiz kuylaymiz [9.q.ad]
Ashula har bir odamning hayot yo`ldoshidir Ashula yashash ishlashga yordam beradi, u kishini ruhlantiradi. Odam kuylaganda o`zida qanot paydo bo`lgandek his etadi.
Biz kuylaymiz. Bizning bog` va maydonlarimizda, saroy va madaniyat saroylarimizda, dala va qurilishlarimizda, korxona va ko`chalarimizda million- million kishilarning ovozi cheksiz qudrat bilan yangraydi. Bu ovozni do`stlar eshitib shodlanardilar, dushmanlar eshitib qon yutadilar. Biz go`zal shaharlarimiz: Toshkent, Samarqand, Farg`ona, Qo`qon, Chirchiq, Ohangaron, Bekobod, Yangi yo`lda quvnab-quvnab kuylaymiz. Ana shu aytiladigan sayrgohlarga keksalar nabiralarni etaklab, onalar gudaklarini yasantirib, yoshlar bir –birlari bilan qo`l ushlashib chiqadilar. Hammamiz kuylaymiz. Shuning uchun ham kuylaymizki, sevinchimiz yuragimizga sig`maydi.
O`qituvchi ’’ Hammamiz kuylaymiz” matnini bir o`quvchini o`qitadi, matn mazmunini so`zlab berishni o`quvchilardan so`raydi. O`quvchilar matn mazmunini gapirganlaridan so`ng kichik bayonni yozishga kirishadilar. Bayon yozilgach, matndagi olmoshlarini belgilash olmoshlarini aniqlab, tagiga chizadilar, ustiga olmosh turlarini yozadilar. Ish tugagach ikki o`quvchining bayoni o`qitish orqali tekshirib ko`riladi. O`quvchilar yozma ishidan namunalar keltiramiz.
Qarshi shahridagi 21-o`rta maktabning 7-sinf o`quvchisi Yusupov Boburning bayoni.
Hammamiz kuylaymiz.
Biz ashulani sevamiz. Ashula har bir odamning hayot yo`ldoshidir. Ashula menga yashashga, mustaqilligimizni mustahkamlashga va yaxshi o`qishga yordam beradi. Ashula aytiladigan joylarga keksalar nabiralarni etaklab onalar esa go`daklarini yasantirib chiqishadi. Biz maktablarda, sayrgohlarga, bog`chalarga har xil sayorlarda va mustaqillik masydoniga ashula aytamiz va raqslarga tushamiz. Buni ko`rgan do`stlarimiz sevinishadi, dushmanlarimiz esa qon yutadilar. Bizning go`zal shaharlarimiz: Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg`ona, Chirchiq, Qo`qon, Sirdaryo va Namanganda ham ashulani sevib kuylaydilar. Qarshi shahridagi 21-maktabning 7-sinf o`quvchisi Sharipova Irodaninbg bayoni.
Namuna:
1.Salima darsni puxta tayyorlagani uchun ”5” baho oldi. 2. G’ayrat bilan mindi otning beliga. (F. J). 3. Seningdayin bahodir-la mag’rurdir, Turon, buning kabi alloma-la faxrlanar jahon. (T. Nizom). 4. Oyqiz bug’doyzor sari shahdam qadamlar bilan yurib ketdi. (A. Qodiriy).
Shundan so’ng mustaqil ish topshirildi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi. 1.Man orqada edim, Toshpo’lat oldinda edi. Avval u kirdi, uning orqasidan men kirdim. 2. Bu gapning mazmunini u keyin tushundi. Men sendan keyin boraman. 3. Bolalardan bittasi nima bo’ldi-yu, xarsangga qoqilib yiqiladi. 4. Momaqaldiroq bo’ldi-yu lekin yomg’ir yog’madi. 5. Mashq boshlanishiga uch daqiqa qoldi-ya! (R. F). 6. Faqat ikki bolagina indamay qoldi. 7. Axir menga kam so’z berildi.
O’quvchilar terma gaplarni ko’chiradilar, yordamchi so’zlarni topib tagiga chizadilar. Mustaqil ish bajarilgach ikki o’quvchiga o’qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1.Men orqada edim, Toshpo’lat oldinda edi. Avval ukirdi, uning orqasidan men kirdim. 2. Bu gapning mazmunini u keyin tushundi. Men sendan keyin boraman. Mustaqil ishdan so’ng ijodiy ish topshiriladi. O’qituvchi o’quvchilarga yordamchi so’zlarni qatnashtirib, 4ta gap yozishni topshiradi. O’quvchilar bu topshiriqni bajaradilar.

Yüklə 134 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin