Noan`anaviy dars shakllari



Yüklə 134 Kb.
səhifə12/16
tarix22.05.2023
ölçüsü134 Kb.
#119539
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
AN\'ANAVIY VA NOAN\'ANAVIY DARSLAR

Namuna:
1. U darrov qizilini (egalik va kelishik) qizilga (kelishik) oqqini (egalik, kelishik) oqqa (kelishik) ajratdi. 2. Istiqlolning (kelishik) beshinchi yilida (egalik, kelishik) bizda (kelishik) yangi turdagi yengil mashinalarni (kelishik) ishlab chiqarib yo’lga (kelishik) qo’yildi.
Mashq ishlangach, o’quvchilarga mustaqil ish topshirildi. Buning uchun darslikdagi 118-mashqdan foydalanish mumkin. O’quvchilar mashqdagi topshiriqqa asosan terma gaplarni o’qib, ularga ajratib ko’rsatilgan-ga, -dan, -da qo’shimchalarini uchun, bilan, sari, sababli, tamom, tufayli, uzra, orqali ko’makchilaridan mosi bilan almashtirib, gaplarni ko’chiradilar. Mustaqil ish bajarilgach, ikki-uch o’quvchiga o’qitish orqali tekshirildi.
Namuna:
1. Xatdagi barcha xatdor qizil qalam bilan tuzatilgan edi. 2. Mehmon boshini ko’tarib biz tamon qaradi.
Ijodiy ishdan so’ng kichik bayon o’tkaziladi. Bayon uchun “Ulug’bek rasatxonasi” matnidan foydalanish tavsiya etiladi.
Fe’l mayllari (mayl shakllari) ni o’rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga mayl shakllari: buyruq-istak mayli, shart mayli va xabar mayliga bo’lib, o’rzu- istakni, shart va xabar ma’nolarini bildirishni aytadi. Shundan so’ng o’qituvchi buyruq istak mayliga doir jadvalni taxtaga ilib buyruq –istak maylidagi fe’llar ish -harakat haqida buyruq, istak, maslahat, iltimos ma’nolarini bildirishi, 1-2-3- shaxs turli qo’shimchalar bilan hosil bo’lishini, ularning birlik va ko’plikdagi farqini jadval asosida bayon qilinadi.
Buyruq-istak maylini mustahkamlash, o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida mustaqil ish o’tkaziladi. Buning uchun Metodika [7q ad] darsligidagi 148-mashdagi foydalanish tavsiya etiladi.
O’quvchilar mashqdagi birinchi topshiriqqa asosan nuqtalar o’rniga –ay, -gin, -sin, -aylik, -ing qo’shimchalaridan mosini qo’yib ko’chiradilar. Ish bajarilgach, o’quvchilarga o’qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Men sizga bir voqeani so’zlab beray.
2. Raximjon bu masalani yechsin. Sen esa mana bu misolni ishlagin.
O’quvchilar mashqdagi uchinchi topshiriqqa asosan –ay, -gin, -sin, -aylik, -ing qo’shimchalari yordamida bormoq, kelmoq fe’llari tuslaydilar.
Mustaqil ishdan so’ng darslikdagi 152 –mashq ishlanadi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar, ot-kesmlarning buyruq mayli qanday yasalishini izohlaydilar. Mashqdan so’ng ijodiy ish o’tkaziladi. O’qituvchi o’quvchilarga buyruq-istak maylidagi fe’llarni qatnashtirish to’rtta gap yozishni topshiradi. Bu topshiriqni o’quvchilar bajaradilar.



    1. Noan`anaviy darslar ko`rinishlari Baxs-munozara darslarini tashkil etish.. Teatrlashtirilgan darslarni tashkil etish metodiksi (Otabek, Kumush, Zaynab va xozirgi yoshlar mavzusi msiolida).

Fikrlar xujumi bevosita jamoa bo`lib, dialog tariqasida olib boriladi.
Bu metodni qo`llashdan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g`oyalarni yig`ish, tadbiq etish, talabalarni bir hil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo`lgan fikrlarni engishdir, ya`ni aniqlik kiritishdir.
Bu metod A.F.Osbori tomonidan tavsiya etilgan.
Bu metod ishtirokchilari miqdori 15 kishidan oshmasligi kerak. Mashg`ulot davomiyligi bir soatgacha.
Yalpi “Fikrlar xujumi” metodi. J.Donal`d Filiks tomonidan ishlab chiqilgan. U katta guruhlarda (20 kishidan 30 kishigacha).
Bu metod yangi g`oyalar ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta`minlaydi.
Bunda ishtirokchilar 5-6 tadan iborat kichik guruxlarga bo`linadi.
Muammo bo`yicha 15 daqiqa davomida mustaqil ravishda o`zaro “Fikrlar xujumi” o`tkaziladi.
Kichik guruh vakili o`z guruhlarida ishlab chiqilgan g`oya xaqida axborot beradilar. Yaxshi betakrorlari tanlab olinadi.

Yüklə 134 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin