Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


-Mavzu: Ta’lim muassasasi menjmenti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə120/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   318
20-Mavzu: Ta’lim muassasasi menjmenti.

    1. Ta’lim muassasasi menjmenti haqida tushuncha.

    2. Ta’lim muassasasi boshqarish.

    3. Ta’lim muassasasi Ustavi- rahbarlik vaboshqaruv tizimini aniqlovchi hujjat.

    4. Ta’lim muassasasi ichki boshqaruvi.

    5. Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish.

Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha
Jamiyatimizning muvaffaqiyat bilan rivojlanishi uchun u yuksak salohiyatga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli jamiyatimiz a’zolarining ongi, ma’naviy madaniyati, qanchalik yuqori bo‘lsa, Respublikamizda qayta qurish ishlari shunchalik muvaffaqiyat bilan amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma’rifat berishni, aholiga madaniy, maishiy xizmat ko‘rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chikadi.
Ta’lim muassasasi menejmenti ta’lim muassasasida boshqaruv tizimini, boshqaruv omillari (maktab faoliyatida ishni rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish), qoidalari, prinsiplari hamda ta’lim tizimi sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan izchillikda olib boriladigan murakkab jarayon.
Jamiyatning ma’naviy hayotini boshqarish oldiga qo‘yilgan maqsad esa ilm-ma’rifatni, madaniyatni, har tomonlama kamol topgan yuksak intellektual, yuksak darajadagi pok va axloqli kishini tarbiyalab etishtirishdan iboratdir.
Har qanday miqiyosidagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat-idora qiluvchiga ma’lum darajada muxtojdir. Bu ibora qiluvchi indivudual ishlarni bir-biriga muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chikadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Yakka skripkachi o‘zini-o‘zi idora qiladi. Lekin, orkestr esa - dirijyorga muxtojdir. Demak, to‘g‘ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchi - rahbarning bo‘lishidir.
Ijtimoiy-siyosiy hayotni boshqarish oldiga qo‘yilgan maqsad ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish, jamiyatning ijtimoiy o‘z-o‘zini idora qilishga aylantirishdir.
Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma’rifat berishni, aholida maishiy-madaniy xizmat ko‘rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chiqadi. Eng yangi ilmiy texnika inkilobi asarida ma’naviy ishlab chiqarishning fan kabi sohasini boshqarish g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatning va uning har bir ayrim a’zosining ma’naviy rivojlanishini boshqarish - umumiy ta’lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari bolalar muassasalari, xalq ta’limi organlari, hunar-texnika bilim yurtlari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, pedagogik qadrlar malakasini oshirish institutlarini boshqarishni, fan adabiyot, san’at, madaniyat, sog‘likni saqlash kabi sohalarni boshqarishni o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra xalq ta’limi tizimini boshqarish, jumladan, umumiy ta’lim maktabini boshqarish ijtimoiy boshqaruvning ajralmas qismidir.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin