Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiYalash, ularning sabablari va omillari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə133/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   318
Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiYalash, ularning sabablari va omillari. Olib borilgan tadqiqotning ko’rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning soni ko’p bo’lib, ayni vaqtda Yanada oshib bormoqda.
«AnomaliYa» tuShunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me’yordan, umumiy qonuniYatlardan chetlanish, noto’g’ri rivojlanishni anglatadi.
Rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarda jismoniy yoki psixik kamchiliklar (nuqsonlar) bo’ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida chetlanishlarning sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Nuqsonning xususiYati, paydo bo’lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to’la yo’qotish, ayrimlarini esa tuzatish, uchinchi xillarining o’rnini to’ldirish mumkin. Anomal bolaning rivojlanishida uni o’qitish va tarbiyalash asosiy muammo hisoblanadi.
Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlarning klassifikatsiYasi bo’yicha Yagona qarash mavjud emas.
M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal bolalarning quyidagi guruhlari ko’rsatadilar:
1. Sensor xislati yetishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko’rish, nutqi qobiliYatlari, taYanch-harakat apparat va sensomotorikasining funktsiYasi buzilgan).
2. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar.
3. Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo’lgan bolalar.
4. Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emotsional buzilishi).
5. Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiYa darajasidagi oligofrenlar).
6. Psixik kasallikning boshlang’ich ko’rinishi (shizofreniYa, epilepsiYa, isteriYa va boshqalar) namoyon bo’ladigan bolalar.
O.N.Usanova anomal bolalarni quyidagi guruhlarga ajratishni taklif etadi1:
1. Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo’lgan bolalar.
2. Funktsional yetuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo’lgan bolalar.

  1. Psixik deprivatsiYalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar.

Defektolog V.S.Raxmanova rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni quyidagicha guruhlarga ajratishni taklif etadi2:
1. Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va psixik rivojlanishidan ortda qolgan bolalar).
2. Nutqi buzilgan bolalar.
3. Sensorli nuqsonlarga ega bolalar (ko’rish va eshitish qobiliYatlari buzilgan)
4. TaYanch-harakatli apparati buzilgan bolalar.
5. Rivojlanishida kompleks buzilish bo’lgan bolalar.
Anomal bolalarda nutqiy qobiliYatning buzilishi umumiy qonuniYat hisoblanadi.
Bolaga korrektsion ta’sir ko’rsatishning samaradorligi mavjud nuqson xususiYati, ayrim psixik jarayon yoki funktsiYalarining buzilganlik darajasi, bolaning yoshi, nuqsonlar o’rnini to’ldirishga imkon beruvchi qobiliYati, tibbiy-pedagogik ta’sir ko’rsatish, bola Yashayotgan muhit hamda uni tarbiya sharoitlarining mavjud ahvoli va boshqa omillarga bog’liq. Anomal bolalarning ma’lum guruhi faqat psixologik-pedagogik ta’sirga muhtoj bo’lsalar, boshqa guruhlari ularga esa davolash–sog’lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini talab etadi. Rivojlanishdagi nuqsonlarning barvaqt diagnostika qilinishi ma’lum muvaffaqiYatlarga erishishning garovidir.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin