Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiYatlarini o‘rganadi. Mehnat tarbiyasi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə302/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   318
Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiYatlarini o‘rganadi.

Mehnat tarbiyasi - Shaxsga mehnatning mohiyatni chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, Shuningdek, muayyahi ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.

Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.


Nazorat (ta’lim jarayonida)– ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.


Nafosat didi - Shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, ob’ektiv nafosat o‘lchovi.


Nafosat madaniYati - go‘zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go‘zalliklarni asrash va boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi.


Nafosat ongi - go‘zallik, go‘zallikni his etish, uning mohiyatni anglash, nafosat his-tuyg‘usi, nafosat didi kabi tuShunchalarning ongda aks etishi.

Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya- lotincha «estezio» go‘zallikni his qilaman) - o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg’otish, ular tomonidan go‘zallikni Yaratish qobiliYatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.

Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliYat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.

Oilaviy munosabatlar – ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan Shaxslar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlar.

Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul Shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama etuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.


OligofreniYa (yunoncha «olygos» – kam, «phren» - aql) - bu natal (tug‘ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.


Oliy ta’lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriYat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi.


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin