Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə304/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   318
Pedagogik texnologiYa – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondaShuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.


Pedagog kadrlar tarkibi – o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi to‘garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar.


Pedagogik mahorat – ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondaShuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliYati, yuksak pedagogik tafakkur.

Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyahi faoliyat jarayonida ishtirok etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.


Rag‘batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usuli.


Rivojlanish – Shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatni ifoda etuvchi murakkab jarayon.


Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiYalash) - muayyahi hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.


Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan, ma’lum o‘quvchilar guruhi.


Surdopedagogika (yunoncha «surdus» – kar) - eshitish qobiliYati buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o‘rganuvchi fan; korreksion (maxsus) pedagogikaning Yana bir muhim sohasi.


Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.


Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariYaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oYa, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.


Tarbiya – muayyahi, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida Shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin