Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə305/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   318
Tarbiya jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.


Tarbiya mazmuni - Shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyat.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) – tarbiya maqsadiga erishish yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari.


Tarbiya nazariYasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.


Tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to‘laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli).


Tashhis –didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash.


Ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliYatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.


Ta’lim va tarbiya mazmuni – Shaxsning aqliy va jismoniy qobiliYatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyat.


Ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi ob’ektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va sub’ektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyahi Shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.


Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.

Ta’lim menejeri – ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy menejment qonuniyatlariga muvofiq boshqaruvchi mutaxassis.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin