Test - aniq maqsad asosida muayyahi holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Topshiriq - o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
TuShuntirish - o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish.
To‘garak - o‘quvchilarning qiziqish va qobiliYatlarini rivojlantirish maqsadida sinfdan yoki maktabdan tashqari sharoitda uyushtiriluvchi qo‘shimcha ta’lim shakli.
Umumiy pedagogika –maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
Umumiy o‘rta ta’lim - o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriYatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichi.
Universitet -kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Usul - muayyahi o‘quv materialini o‘zlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan foydalanish.
Faoliyat - Shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyahi shakli, ko‘rinishi.
Fuqaro – fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyahi jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan Shaxs.
Fuqarolik – huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioYa etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoShuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy etuklik asosida muayyahi davlatga mansublik.