YAponiYa ta’lim tizimi YAponiYa ta’lim tizimida 9 yillik majburiy ta’lim bosqichi o‘qitiladi, barcha bolalar bepul o‘qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar, yuqori (3 yillik) bosqich maktablarining kunduzgi, kechki va sirtqi turlari mavjud. Bu maktablarda o‘qish ixtiyoriydir.
Universitetlar, kichik kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan kollejlar YAponiYa oliy ta’lim tizimini tashkil etadi. YAponiYa maktablarida o‘qish 1-apreldan boshlanadi. Darslar 7 soat. O‘quvchilar haftasiga 7 soat ixtisos bo‘yicha mashg‘ulotlarda yoki repetitor ixtiyorida bo‘ladilar.
YAponiYada o‘qituvchi kadrlar tayyorlash sifatiga katta talablar qo‘yiladi. O‘qituvchilar 4 yillik universitetlarda va 2 yillik kollejlarda tayyorlanadi. YAponiYa o‘qituvchilarining jamiyatda tutgan obro‘ – e’tibori katta, boshqa kasb egalariga nisbatan yuqori maosh bilan ta’minlanganlar.
YAponiYada jami 460 ta universitet bo‘lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 331 tasi xususiydir.
1- toifadagi universitetlarda 1 ta o‘qituvchiga 8 ta talaba, 2- toifali 20 ta talaba to‘g‘ri keladi.
Universitetlarga qabul qilish 2 bosqichda amalga oshiriladi;
1-bosqich turar joyda test orqali;
2- bosqich universitetning o‘zida;
Xususiy universitetlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri test topshiriladi.
Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas, lekin o‘qish muddatini cho‘zish mumkin (5-6 yil).
Kollejlar; 1. Kichik kollejlar
2. Texnik kollejlar
3. Maxsus kollejlarga bo‘linadi.
Kollejlarni bitirgan talaba bakalavr diplomiga ega bo‘lib, universitetning 2-3 kuslariga qabul qilinadi. O‘qish davomida 140-150 sinov topshiriladi, baho mezoni-«a’lo», «Yaxshi», «qoniqarli», «qoniqarsiz».
Oliy ma’lumotli mutaxassislar soni jihatidan YAponiYa jahonda 2-o‘rinda turadi. Ming kishiga 190 oliy ma’lumotli to‘g‘ri keladi (AQSH da 294).
FransiYa ta’lim tizimi Ushbu mamlakat ta’lim tizimida bolalarni maktabga tayyorlash masalasiga katta e’tibor beriladi. Maktabga tayyorlov guruhlari 100%. Bolalarni qamrab olgan.
Boshlang‘ich sinflari 3 bosqichdan iborat.
Tayyorlov bosqichi (1 yil)
Elementar kurs (2 yil)
CHuqurlashtirilgan bosqich (1 yil).
O‘quv dasturining mazmunini o‘qituvchi o‘zi belgilaydi. Bolalarning bilimiga qarab o‘qish jarayoni tabaqalashtirilgan.
FransiYada talabalar pedagogika, politexnika institutlariga kirish uchungina imtixon topshiradilar. Boshqa universitetlarda bakalavr diplomi bilan imtixonsiz qabul qilinaveradi. FransiYada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar soni mingdan ortiq. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib sakkiz haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham ko‘zda tutilgan.