Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi Respublika ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim darajasiga olib chiqish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Ushbu vazifani bajarish maqsadida biz oxirgi yillarda chet davlatlarda shakllangan ta’lim-tarbiya tizimini o‘rganishimiz, ularning yutuqlarini tahlil etish va qo‘shimcha manbalarga ega bo‘lishimizni zamon talab etmoqda. Keyingi yillarda bu muammoni hal etish uchun keng imkoniYatlar Yaratilmoqda: chet ellarga chiqish, ta’lim olish, ularning vakillarini bizning Respublikamizga bo‘lajak tashriflari hamda faoliyatlari, qator chet el tizimini o‘rganuvchi muassasalarning tashkil etilishi va hokazo. Haqiqatan ham, bir qator chet ellarning ta’lim tizimidagi erishilgan yutuqlar jahon ahli tomonidan tan olinmoqda va o‘ziga qiziqish uyg‘otmoqda. Rivojlangan xorij davlatlarning ta’lim tizimida erishilgan yutuqlarning sababi Shuki, bu davlatlarda ta’lim davlatning ichki siyosatiga faol ta’sir etuvchi kuch deb qaralmoqda va ta’lim ehtiyojini qondirishga qaratilgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. AQSH sobiq Prezidenti R.Reygon, Buyuk BritaniYa bosh vaziri M.Tetcher, FransiYa Prezidenti F.Mitteranlarni olamda «maktab islohotlarining tashabbuskorlari» deb aytishadi.
Chet el ta’limi Yana bir hususiYati bilan ajralib turadi, Ya’ni pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ilmiy muassasalar ko‘pligi bilan. Masalan, GermaniYada ularning soni 2000 ga Yaqin, FransiYa, AQSH, YAponiYa davlatlarida ham davlat, ham xususiy tashkilotlar Shug‘ullanishmoqda. Natijada, yuqorida qayd etilgan davlatlarda ta’lim tizimi doimo rivojlanib, takomillashib bormoqda. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar integratsiYalashgan o‘quv dasturlarini ta’lim tizimiga kiritishmoqda. YAna bir e’tiborli masala, rivojlangan xorijiy davlatlarda - ta’lim tizimini tabaqalashtirish eng dolzarb masala deb qarashmoqda. O‘quvchilarni tabaqalashtirib o‘qitish asosan boshlang‘ich kursidan keyin amalga oshiriladi. O‘zbekistonning MRD ham bu masala II bosqichga qo‘yilgan.
FransiYa pedagoglari sinf o‘quvchilarini uch tabaqaga ajratib o‘qitishni afzal ko‘radilar. Bular quyidagilar:
1. Gomogenlar - matematika va gumanitar yo‘nalishdagi o‘quvchilar.
2. YArim gomogen – tabiiy fanlarni o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar.
3. Gegeron – barcha fanlarni har xil saviYada o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar.
Tabaqalashtirish jarayonining Yangi muhim yo‘nalishi – to‘ldiruvchi ta’lim hozirgi kunda shakllanib kelmoqda. To‘ldiruvchi maktablarning paydo bo‘lishining sababi – fanlarni o‘zlashtira olmayotgan o‘quvchilarning ko‘payib borishi (AQSH, G‘arbiy Evropa). To‘ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda.
Keyingi yillarda iqtidorli bolalar bilan ishlash ham kengayib bormoqda. Masalan, AQSH oliy toifali bolalar bog‘chalari ochilgan, ularda 4-5 yoshli bolalar maktab dasturlari doirasida o‘qitiladilar. «Merit» dasturi asosida yuqori sinf va kollejlardan har yili eng qobiliYatli 6000 ta bola tanlab olinadi. Test orqali ulardan 35000 ta o‘quvchi tanlab olinadi va o‘qitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiYalar, Yaxshi turar-joylar beriladi, eng oliy universitetlarga qabul qilinadi.
Ayrim davlatlarda (GermaniYa) o‘qitish sifatli o‘quvchilar soniga bog‘lashmoqda, Ya’ni sinfda o‘quvchilar sonini qisqartirish yo‘lini tanlab olishdi.