Yangi pedagogik texnologiyalar Pedagogik texnologiYa nima? Nega bu so‘z birikmasiga «Yangi» so‘zini qo‘shimcha qilib, «Yangi pedagogik texnologiYa» deb ataymiz? U nima uchun bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan beri kunimizga Yarab kelgan ta’limni tashkil etish amaliyotidan voz kechinshmiz kerak, o‘quv jarayonida qo‘llab kelinayotgan loyihalashga Yangicha yondashish nima uchun zarur bo‘lib qoldi?
Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng avvalo, mamlakatimizda «Ta’lim to‘grisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olmoq lozim. Bu yo‘nalishlar:
ta’lim mazmunini, tizimini isloh qilish;
ta’lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
ta’limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini Yaratish;
ota-ona, o‘qituvchi-o‘quvchining ta’lim jarayoniga bo‘lgan Yangicha qarashlarini shakllantirish;
va nihoYat, bu tub islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi - Yangi pedagogik texnologiYani amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Xulosa qilib aysak, Yangi ta’lim tizimi, mazmuni, o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari, darsliklar asosida o‘quv jarayonini loyihalashtirishga ham Yangicha yondashish, uni Yangicha tashkil etish zaruriYati tug‘ilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, biz «Mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voYaga etishiga, farzandlarimizning hayotda nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak». SHu sababli ham birinchi navbatda, ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta’lim mazmuniga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniYatni tashkil etuvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g‘oYasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi.
Bu g‘oYani, fikrimizcha, ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari ro‘yobga chiqarishi mumkin:
- faoliyat turlari (moddiy-amaliy, ijtimoiy, ma’naviy);
- ijtimoiy ong shakllari (axloq, san’at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar.);
- ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);
- moddiy ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros qilib qoldiriladigan boyliklar).
Dars jarayonida, ta’lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta’lim jarayonining sub’ekti bo‘lishi kerak, Ya’ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak.
O‘qituvchining vazifasi esa o‘qitishdan o‘qishni o‘rgatishga, bilim berishdan o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘lishi kerak. U o‘quvchida ehtiyoj tug‘dirishi, muhit Yaratishi va uni mas’uliYatni his qilishga yo‘llashi kerak. Har bir dars oldiga ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, Ya’ni bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan uchyoqlama maqsadlar qo‘yiladi. Darsni tashkil qilish shakli o‘quvchilarning o‘zaro aloqalariga bog‘liq bo‘lib, u maqsadlarga, o‘quv materiallari hususiYatlariga, ta’lim metodlariga va o‘quv imkoniYatlariga bog‘liq, bunga erishish uchun o‘qituvchi rahnamoligida o‘quvchilar bilan birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayonni didaktikada «o‘quv jarayoni» deyiladi. O‘quv jarayonining tarkibi uch qismdan iborat deb qaraladi;
1. MotivatsiYa.
2. Bilish faoliyati.
3. Boshqarish faoliyati.
O‘quv jarayoniga bunday Yangicha qarashning tub mohiyat shundan iboratki, o‘qitishda ichki motivatsiYadan (diqqatni tortish, ichki tuyg‘u, istak, zaruratni shakllantirish) kelib chiqish kerak. O‘quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch - o‘quvchi uchun ham, o‘qituvchi uchun ham ichki motivatsiYa bo‘lishi kerak.
O‘quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o‘zlashtirishni, zarur malaka va ko‘nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur va bog‘lanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik prinsip-bu ta’limdagi faollikdir. Faollik mezonlari onglilik prinsipi bilan bevosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik bo‘ladi.
Bunday tizimda o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham ta’lim-tarbiya jarayoniga birgalikda mas’uldirlar. Ular birgalikda har bir o‘quvchining bilim va qobiliYatini, individual ehtiyojlarini aniqlaydilar. Bunday holatda o‘qituvchi faqat «baholovchi» emas, balki Yangi bilimlar etkazuvchi manbaga aylanadi.
Jahon pedagogik leksikoni qatoridan allaqachonlar «innovatsiYa» tushunchasi keng o‘rin olgan. Bu tushuncha «Yangilik», «isloh» tushunchalarini anglatadi. Keng ma’noda qaraganda ta’lim tizimidagi har qanday o‘zgarish bu - pedagogik innovatsiYadir. Dastlab bu tushunchalar ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jarayonlarga nisbatan qo‘llanar edi, so‘ngra ta’lim tizimidagi har qanday Yangiliklarga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi. Pedagogik Yangiliklarning texnologiYa deb atalishi boisi ham shunda. Hozirgi davrga kelib pedagogik innovatsiYa fani shakllandi. Pedagogik innovatsiYa-pedagogik Yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o‘zlashtirish, nihoYat, uni amaliyotda qo‘llash haqidagi ta’limot sifatida qaraladi.
Bu ta’limot uch yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Birinchisi, pedagogik neologiYa (yunoncha «neo» — «Yangi» va «logos» — «ta’lim», Ya’ni Yangilik haqidagi ta’limot) deyilib, bunda pedagogika sohasida har qanday Yangiliklar o‘rganiladi, umumlashtiriladi.
Ikkinchisi, pedagogik aksiologiYa (yunoncha «aksioma» - «isbotlanmaydigan ta’limot» ma’nosini anglatadi) deb nomlanib, bunda pedagogik Yangiliklar ichidan eng samaralilari tanlab olinadi.
Uchinchisi, pedagogik praksologiYa (yunoncha «praks» - «harakat» va «logos» - «ta’lim», Ya’ni «amaliyotda qo‘llash haqidagi ta’limot» ma’nosini anglatadi) deyiladi. Bunda tanlab olingan pedagogik Yangiliklarni amaliyotda qo‘llash, muayyahi samaraga erishish masalalari tushuniladi.
Har qanday pedagogik Yangilik zamirida biron-bir g‘oYa yotadi. g‘oYa asosida esa o‘qituvchining bolalar bilan o‘zaro harakati yotadi, Ya’ni: sinfda psixologik birlik vaziYatini Yaratish; har bir o‘quvchi o‘z Shaxsini o‘zi namoyon etishini ta’minlash; har bir metodik yondashuv uchun o‘ziga xos muloqot yo‘lini tanlash; o‘quvchilar tashabbusini zimdan boshqarib borish va boshqalar. Bunda o‘qituvchi har bir o‘quvchi qalbiga kirib borish uchun o‘zining didaktik usullari, tashkiliy shakllari orqali yo‘l topadi. Darsdagi o‘quvchilar faoliyatiga nafaqat o‘qituvchi, balki o‘qvuchilar ham rahbarlik qiladi. Avvalo a’lochi o‘quvchi, keyin boshqa o‘quvchilar ham o‘qituvchi topshirig‘iga binoan nima ish qilganini aytadi va qolgan o‘quvchilarni orqalaridan ergashtiradilar. Bunday «izohli boshqaruv» o‘quvchi maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan boshlanishi kerak.
Bularning hammasi didaktik topilmalar, pedagogik kashfiyotlar, bir so‘z bilan aytganda, Yangi pedagogik texnologiyalardir.
Pedagogik texnologiYa, o‘quvchilar qay tarzda, qanday usullar bilan o‘qitilsa, natija samarali bo‘ladi, degan savolga javob beradi. U o‘zining muayyahi tizimiga ega bo‘lib, bunda komponentlarning ketma-ketliligi, o‘zaro bog‘liqligi, bir butunligi saqlanadi.
Pedagogik texnologiYaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashxis qilish, natijalash, tuzatish va o‘zgarishlar kiritish imkoniYatlari mavjud. Bunda ta’limdan kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi, bu esa pedagogik texnologiYaning samarasi demakdir. Pedagogik texnologiYaning jo‘nligi-ishlangan model boshqa pedagoglar qo‘llanganda ham xuddi o‘shanday samara berishi kerakligini bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim jarayoniga Yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina, ta’lim samarasi Yangi bosqichga ko‘tariladi, Ya’ni:
-bolaning talabi, moyilligi, istak-hohishi uning imkoniYatlari darajasida qondiriladi;
- o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas’uliYati, javobgarligi oshadi;
- bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;
- Shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini tezroq topib olishi uchun muhit Yaratiladi.
Buning uchun bugun biz o‘quvchiga «sen buni bilishing kerak» degan majburlovchi da’vatdan «menga bu zarur va men buni bilishga, uni hayotga qo‘llashga qodirman» degan ichki ishonch va intilishni uyg’otishga o‘tishimiz kerak.