Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə45/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   318
Dars ijodiy jarayon
Dars-jamoa mehnati jarayoni. Darsni ijodiy tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida o‘tkazish bolalarda jamoa bo‘lib ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘zaro yordam va bolalar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish yo‘llari bilan mashg‘ulotlar jamoa mehnati jarayoniga aylantiriladi.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan o‘zining ichki va tashqi hususiYatlariga ko‘ra farq qiladi. Muayyahi yoshdagi va ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhi, rejim, dars tartibi, mashg‘ulotlarni ma’lum xonada o‘tkazish kabilar darsning tashqi hususiYatlari, darsning maqsadi, ta’lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, tushunish uning ichki hususiYatlari sanaladi. Dars ana shu ikki xil tashqi va ichki hususiYatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida tashkil etiladi.
Darsga qo‘yiladigan talablar
Didaktik yoki ilmiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi.
1. Har bir darsning maqsadini aniq belgilash
2. Darslarning optimal mazmunini, o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami, shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‘yish.
3. Darsni tashkil etishga oid ta’lim metodlarini, vositalarini tanlash, o‘quvchilar bilish faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta’limga tatbiq etish.
4.Ta’lim qoidalarini (ilmiylik, faollik, izchillik, fanlararo aloqa va h.k) og‘ishmay amalga oshirish.
Darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga quyidagilar kiradi:
1.Darsda o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish.
2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish.
3.Bolalarda o‘qishga oid ijodiy motivlarni uyg’otish, bilish, o‘qish-o‘rganishga havas ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish.
4. Dars jarayoniga, pedagogik takt qoidalariga rioYa qilish.
Darsga qo‘yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi.
1.Dars uchun puxta yo‘nalgan konspekt yoki reja tuzish.
2.Darsning bosqichlariga (dars bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar, o‘quv topshiriqlarining o‘zaro aloqadorligiga) rioYa qilish.
3.Dars tezligini o‘quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish.
4.Dars uchun ajratilgan vaqtdan to‘laqonli foydalanish.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin