Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə44/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   318
Amaliy metodlar
Ta’limning amaliy metodlarida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri bolalar oldiga qo‘yiladigan topshiriqlar hamda ularni qabul qilish shaklida amal qiladi.
Amaliy metodlarning quyidagicha turlari mavjud:
LaboratoriYa tajribasi o‘quv ustaxonasida turli topshiriqlarni bajarish, o‘quv-ishlab chiqarish sexida, o‘quvchilar brigadasida ishlash ham amaliy metodlar sirasiga kiradi. O‘quvchilar turli mehnat qurollaridan qaychi, pichoq, chizg‘ich, sirkul’ va boshqalardan foydalanib qirqish, o‘lchash kabi ishlarni bajaradilar.
Elektron hisoblash mashinalari, ovozni yozib olish va eshittirish apparatlari bilan ishlash, o‘quv materiallari asosida komp’yuterlarda dasturlar tuzish amaliy metodlarning Yangi turlari sanaladi.
Amaliy metodlarning eng qadimiy turi mashqdir. Mashq-o‘rganilgan bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘lidir. Mashq vositasida turli malakalar-inteluktual va aqliy, xususiy (masalan, matematika bo‘yicha) va umumiy (masalan, barcha o‘quv fanlariga oid) malakalar tarkib toptiriladi.

8-Mavzu: Ta’limni tashkil etish shakillari va turlari
Reja.
1.Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari.
2.Darsning turlari va tuzilishi.
3.Nostandart darslar.
4.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
5.O’qituvchining darsga tayyorlanishi.

Ta’lim tarixida ta’limni tashkil etishla turli shakllardan foydalanilgan. Markaziy Osiyo hududida qadimdan shakllangan machitlar huzuridagi maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari asosan ruhoniylar tomonidan tashkil etilib, ta’lim guruhli yoki Yakka tartibda amalga oshirilgan. XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670) ta’lim tarixida birinchi bo‘lib sinf-dars tizimini ishlab chiqdi. YA.A.Komenskiyning Yangi ta’lim tizimi qisqa vaqt ichida barcha mamlakatlar ta’limidan o‘rin oldi. Hozirgi davrda sinf-dars shakli ta’limni tashkil etishning asosiy shakli sifatida qo‘llanmoqda.


Dars-bevosita o‘qituvchi etakchiligida muayyahi o‘quvchilar guruhi bilan o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotidir.
Dars mashg‘uloti asosan 45 daqiqaga mo‘ljallangan bo‘lib, qat’iy jadval asosida olib boriladi.
Darsning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o‘rganiladigan bilimlar hozirgi zamon fani yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayoni maqsadi hamda bolalarning real bilish imkoniYatlariga mos bo‘lishi zarur.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin