Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə69/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   318
Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malaka-lari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniYatlarini aniqlashtiradi ham-da o‘qituvchining o‘quv metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.
O‘qitish vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘ri-nadi. YAngi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshi-rishda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tuShunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi. CHunki guruhdagi boshqa o‘quvchilar javob berayotgan o‘quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo‘shimcha ma’lu-motlar bilan boyitishadi. O‘rtoqlarining javoblariga qo‘shimcha qilishga yoki echilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali o‘rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi.
Nazoratning tarbiyalash vazifasi Shundan iboratki, o‘quvchilar tek-shirishga tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqt-laridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
Shuningdek, tekshirish va baholash o‘quvchining o‘z bilimlari va qobi-liYatlarini o‘zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O‘zidagi kamchilik-larni ko‘ra olishga va uni tugatish yo‘llarini izlashga ko‘maklashadi. Lekin o‘quvchining bilimini baholashda o‘qituvchi nohaqlikka yo‘l qo‘ysa, o‘quvchi bi-lan o‘qituvchi o‘rtasida ziddiYat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko‘p bo‘lishi ham o‘quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi.
Eng asosiysi, o‘zlashtirishni hisobga olish, Shaxsning ijobiy fazi-latlarini shakllantirish, Yaxshi o‘qishga xohish uyg’otish, o‘quv ishlariga vijdonan yondashish, javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo‘lish hamda bilish faoliyatini chuqurlashtirishga qaratilmog‘i lozim.
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, Shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his-tuyg‘ulari va axlo-qiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin