SHkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida model-lashtirish..
Reyting nazoratida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish-ning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham sama-rali foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘-nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O‘z-bekiston Respublikasida abiturientlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov aso-sida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Test – aniq maqsad asosida, muayyahi holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tash-lanadi. Ular quyidagilardir:
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tek-shirilishi;
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning Yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir.
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o‘quvchi-larning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham Yangicha mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqil-ganligi, Yangi o‘quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi Shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kiri-layotganligi, o‘quvchilarni kasbga muvaffaqiYatli yo‘llash maqsadida psixo-logik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko‘lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko‘zga tashlanayotgan bir vaqtda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiYatga ega.
O‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirgan-ligi va zamon talablariga javob bera olmagani uchun uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan almashtirish davr taqozasiga aylandi. Shu o‘rinda «qanday sabablarga ko‘ra besh balli baholash mezoni o‘zini oqlamadi?» degan savolga javob berish o‘rinlidir: