Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


– Mavzu: Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə21/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   318
5 – Mavzu: Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida.

Reja
1.Ta’lim jarayoni, uning ikki tomonlama xususiyati, tuzilishi (bosqichlari)


2.Didaktika, uning asosiy kategoriyalari
3. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari
Har qanday jarayon – harakatdir, moddiy dunyodagi narsalar yoki hodisalarning asta-sekin o‘zgarishidir. O‘qitish jarayoni ham avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ahloqiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir.
Bilish-ta’lim jarayonining metodologik asosidir. Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o‘quvchi bilmaslikdan bilishga, noto‘g‘ri va noaniq bilishdan tobora to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Bu jarayonda hissiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham amalda sinab ko‘rish ham bo‘ladi.
Ta’lim – bilish faolliYatining turi sifatida pedagogika fanida bir necha asosiy ma’noni anglatadi. ya’ni bu: o‘quvchilarda bilim malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish; o‘quvchilarni muayyahi darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali, har tomonlama etuk bo‘lishiga erishish; ularni qobiliyatlarini o‘stirishdan iborat.
Ta’lim-maxsus tayyorlangan kishilar o‘quv rahbarligida o‘tkaziladigan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliYatlarini o‘stiradigan, ularni dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ta’lim-insoniyati tarbiyasining ma’lum tomonlarini, ya’ni o‘quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir.
T a’lim jarayonining mazmunini bilim, ko‘nikma va malakalar tashkil etadi. Ta’lim jarayoni o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ikki xarakterga egadir (1-chizmaga qarang).
chizma
O‘qituvchining faoliyati tufayli ta’lim puxta o‘ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijalarni beradi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materiallarini bayon qilishdan, o‘quvchilarda fanga qiziqishni tarkib toptirishdan, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga o‘quv rahbarlik qilishdan, ularning bilim, ko‘nikmalarini tekshirish, o‘quv ishlariga moyilligini uyg’otish, rag‘barlantirish, bilim darajalari xolis baholashdan iboratdir. O‘qituvchining faoliyati ta’lim jarayonining tashqi tomonini tashkil qiladi, chunki u o‘qitadi, ta’lim beradi. O‘qitish jarayonining ikkinchi tomoni o‘quvchi faoliyati bo‘lib, u ta’limning ichki jarayonini tashkil qiladi, chunki u o‘qituvchi bergan bilimni o‘qib, fan materiallarini o‘zlashtirib oladi. Ilmiy bilimlarni egallash-muayyahi fanlar o‘rtasida bog‘lanishlarni idrok qilish, ularni izohlay bilish, mustaqil ravish umumlashtirish, xulosalar chiqarish demakdir. O‘qish jarayonida insoniyati erishgan barcha bilimlarni o‘rganish kerak, degan xulosa kelib chiqmaydi. Ta’lim jarayonida fanning eng zaruriy, eng muhimlari-asosi o‘rganiladi.
O‘qituvchi o‘quvchi – talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o‘quv ishlarni olib borar ekan, avvalo ta’lim jarayoni orqali uch vazifani, ya’ni bilim berish orqali uch maqsadga hal qilish lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi (2-chizmaga qarang).


2-chizma



Ta’lim maqsad – o‘quv materialining mazmunini bilish, ya’ni shu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir.
Tarbiyaviy maqsad – fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan G‘oYalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon-e’tiqodlarini shakllantirishdir.
Rivojlantiruvchi maqsad – ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolatini bilish qobiliyatini o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosbataini rivojlantirishdan iborat.
Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o‘quvchi-talabada mustaqil ishlash iste’dodi paydo bo‘ladi. Uni o‘ylashga o‘rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur xukmronlik qiladi.
O‘quvchilarning o‘qituvchi sabog‘ini o‘zlashtirish jarayni bilmilarni idrok qilish, tushunish, mustahkamlash hamda ularni amalda qo‘llash bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Bilimlarni o‘zlashtirish voqelikdagi narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi. Ta’lim quyidagi bosqichlar asosida o‘zlashtirib olinadi (3-chizmaga qarang).

3-chizma



Birinchi bochqich - o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o‘quvchi talaba ta’limning mazmuni bilan tanishib, o‘zining bilish vazifalari nimadan iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok tasavur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich - ular o‘quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatni anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo‘ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
Uchinchi bosqich - Yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o‘qituvchining qo‘shimcha izolari orqali mustahkamlanadi.
To‘rtinchi bosqichda – ular o‘zlashtirib olgan bilimlarni imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar.
Bularni bilish orqali o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali boshqarish mumkin. SHuning uchun o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida o‘qituvchi etakchilik va boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsa o‘qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog‘i sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan:
O‘quvchi va talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi.
Ularda dunyoqarash, eshonch va e’tiqodlarni o‘stiradi.
Yoshlarni muayyahi darajada o‘qimishli, tarbiyali kishilar bo‘lib, etishlariga zamin Yaratadi.
Ta’lim jarayoni samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar 4 chizmada o‘z aksini topgan.


O‘quv materiali O‘rgatuv Pedagogning tashkilotchilik


qobiliYati

4-chizma



O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘G‘risida» gi qonun fuqorolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiYaviy huquqini ta’minlashga qaratilgaan.
Ushbu qonunning 3-moddasi Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga bag‘ishlaangan. Unda ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustivor deb e’lon qilinadi va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat ekanligi ko‘rsatiladi5.
- ta’lim tizimining dunyoviy harakterda ekanligi;
- davlat ta’lim stnadartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- davlat dasturlarini va iste’dodni rag‘barlantirish;
Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyug‘unlashtirish.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin