Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə29/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   318
Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiYalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida Yagona qoidalar va talablar o‘rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiYatga ega:

  1. turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda Yagona pedagogik muhitni Yaratish zarurligi;

  2. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiYalarining hisobga olinishi.

Davlat ta’lim standarti:

  1. ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;

  2. o‘quv fani bo‘yicha Yakuniy ta’limning Yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;

  3. ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablarni belgilaydi.



Ta’lim mazmunini o‘zida aks ettiruvchi normativ hujjatlar

Ta’limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida egallab olishi lozim bo‘lgan hamda tizimiga solingan bilim, malaka va ko‘nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.


Ta’limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi (5-rasmga qarang):



5-chizma
Maktablarda beriladigan ta’limning mazmuni tarixiy hamda sinfiy xususiYatga egadir. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning mazmuni, hajmi o‘sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ihtiyojlari, fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan.
Pedagogika tarixida umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan o‘quv fanlarini tanlash va ularning mazmunini belgilashda ikki yo‘nalishdagi qoidaga amal qilinadi:
1) ko‘pchilik nazariyochilar «formal (shakl) ma’lumot» tarafdorlari maktabda o‘qitiladigan fanlar yoshlarni fan asoslari bilan qurollantirish, ilmiy bilimlar tizimini egallashlari uchun xizmat qilmay balki yoshlarning qobiliYatlarini, tasavvur va xotiralarini o‘stirishga xizmat qilmoG‘i kerak, deb qaraydilar. «SHakl ma’lumot, tarafdorlari maktab o‘quv fanlarini yoshlarning fikr qilish qobiliYati va aqlini o‘stirish uchun xizmat qiladigan fanlar-tillar, lotin hamda yunon tillari, matematika kabi fanlardan iborat bo‘lishini ilgari suradilar. Formal ta’lim tushunchasi 1791 yil birinchi marta (E. SHmidtning «Empirik psixologiYa») kitobida ishlatilgan».
RossiYada bu nazariYa rus gimnaziYalari o‘quv rejasida o‘z aksini topdi. GimnaziYalarda qadimgi rus tili bilan bir qatorda GretsiYa va Rimning qadimgi tillari, antiq dunyo adabiyoti va tarixini o‘qitish, til qoidalari va qadimiy matnlarni yodlash-o‘quv rejasining qariyb uchdan ikki qismini tashkil qilardi. Tabiiy fanlar o‘qitilmas, gimnaziYa tamoman turmushdan ajrab qolgan edi;
2) XVIII asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib, «shakl ma’lumot» qoidalari asosidagi maktablar taraqqiy etib borayotgan kapitalizm tuzumi talablariga javob bera olmay qoldi. SHunga ko‘ra XIX asrning keyingi choragida maktab ta’limi tizimida Yangi bir oqim - «Moddiy ma’lumot» nazariYasi (1879 yili F. Doerfeldning «Didaktik materializm» kitobida) paydo bo‘ldi. Bu nazariYa tarafdorlari maktab ta’limi tizimida kishi hayoti uchun zarur bo‘lgan, turmushda foyda keltiradigan ma’lumotlar berilishi kerak, degan G‘oYani ilgari surdilar. Ular o‘quvchilar qobiliYatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan alohida fanlarni o‘qitish shart emas, balki «foydali bilimlarni» o‘qitish jarayonida bola qobiliYati rivojlanib boraveradi, deb qaradilar.
XIX asrning ikkinchi Yarmi va XX asrning boshlariga kelib pedagogika tarixida «maktabda beriladigan ma’lumotning mazmunini bola xohishiga buysingdirish» ga qaratilgan nazariYa keng yoyildi. Mazkur nazariYaning ko‘zga ko‘ringan vakili Amerikalik faylasuf – pedagog Jon Dyuidir. Uning qarashicha, maktab azaldan mavjud bo‘lgan tabiiy layoqatlarni, qiziqish va odatlarni rivojlantirishga xizmat qilmoG‘i lozim.
Oktabr to‘ntarishgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston xududida VII-VIII asrlardan beri davom etib kelgan eski-«usuli qadmiYa», XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida paydo bo‘lgan – «usuli savtiYa» maktablari, xat-savod o‘rgatadigan diniy maktablar bo‘lgan.
1905 yildan so‘ng, o‘lkaning ba’zi yirik shaharlarida «jadid» maktablari paydo bo‘la boshladi. SHunday qilib, maktablarning hammasi mavjud ijtimoiy tuzumi, muhit talablaridan kelib chiqdi va shu davr iqtisodiy, ma’naviy maqsadlari uchun xizmat qildi.
Hozirgi zamon maktablarida ta’limning mazmuni umuminsoniy fazilatlariga ega bo‘lgan iymonli, e’tiqodli yoshlarni tarbiyalab etishtirishdan iborat. Ta’lim mazmuni o‘quv rejasi, dasturi va darsliklarda o‘z ifodasini topadi.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin