Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə27/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   318
6-Mavzu: Ta’lim mazmuni.
Reja
1.Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
2.Ta’lim mazmunini o‘zida aks ettiruvchi normativ hujjatlar
3.O‘quv predmetlari.
4.O‘quv darsliklari va ularning tuzilishi


Hozirgi zamon bosqichida ta’lim mazmunini belgilovchi muhim g‘oYalar (asoslar). Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning Shaxsni ma’naviy rivojlanishi darajasiga qo‘yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniYatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.
Hozirgi sharoitda o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ta’lim mazmuni (o‘quv rejalari)ni ishlab chiqishda ta’lim mazmunida quyidagi g‘oYalar etakchi o‘rin tutadi:

  1. insoniylashtirish;

  2. insonparvarlashtirish;

  3. integratsiYalashtirish;

  4. standartlashtirish;

  5. ko‘p bosqichlilikka asoslanish;

  6. amaliylashtirish;

  7. axborotlashtirish;

  8. individuallashtirish;

  9. uzluksizlik.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mazmunini tanlab olish tamoyil va mezonlari. Maktab ta’limi mazmunini shakllantirish quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
1. Ta’lim mazmunining barcha elementlari barcha bosqichlarda jamiyat, fan, madaniYat va Shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili.
2. Ta’limning Yagona mazmunli va protsessual tomoni tamoyili.
3. Ta’lim mazmunining Yaxlit tuzilishi tamoyili.
4. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili.
5. Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili.
6. Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili.
7. Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili.
8. Ta’lim mazmunining o‘quvchilar yoshlari imkoniYatlariga mosligi tamoyili.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning mazmunini shakllantirish ko‘rib chiqilgan tamoyillarini zamonaviy o‘rta maktablar va akademik litseylari uchun tanlab olish quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • erkin fikrlovchi Shaxsning rivojlanishi va uning madaniYatini shakllantirish masalalari mazmunini Yaxlit aks ettirish;

  • ilmiy va amaliy ahamiYati;

  • ta’lim mazmunining murakkabligi, o‘quvchilar imkoniYatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi;

  • ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;

  • maktab hamda litseylar bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;

  • umumiy o‘rta ta’lim mazmunini qurishda xalqaro tajribalarni hisobga olish.




Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin