Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə25/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   318
“Ta’lim qoidali deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad vazifalarini amalga oshirishda qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi. O‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning assosiy qonun qoidalarining yiG‘indisiga aytiladi”.
So‘nggi yillarda olimlar tomonidan Yaratilgan pedagogik adabiyotlarda didaktik qoidalar turlicha guruxlashtirilmoqda. Ana shularga asoslangan holda quyidagicha ta’lim qoidalari (tamoyillari) ni ko‘rsatib o‘tish mumkin (6-chizmaga qarang):
Ta’limning ilmiyligi qoidasi o‘quvchining o‘quv materialidagi qonuniyatlarini aks ettirishi, tushuntirishi o‘zlashtirilishi uchun to‘G‘ri sharoit Yaratish maqsadida zarurdir. Ilmiylik qoidasi barcha yosh guruhlardagi va turli o‘quv yurtlaridagi o‘quvchilarga o‘rganish uchun ilmiy jixatdan ishonarli, amalda sinab ko‘rilgan ma’lumotlar qilishni talab etadi. Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o‘quvchilarga ilmiy dunyoqarash, e’tiqod tarkib topadi. Tafakkur tanlanadi. Ta’limning ilmiy bo‘lish qoidalari ta’lim jarayonida o‘quvchilarni xozirgi zamon fan-texnika taraqqyoti darajasida muvofiq keltiradigan ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, yoshlarni ilmiy e’tiqod usullari bilan tanishtirib borishni ta’minlashga qaratilgan.

6 – chizma



Ta’limning tizimli va izchil bo‘lishi qoidasi. Ijtimoiy taraqqiyotning har davridagi maktabning tarixiy tajribasi ta’lim vazifasi ma’lum bir sababsiz bajarib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Ta’limda izchillikka rioYa qilish lozim, toki bugun o‘rganilgan bilimlar kecha o‘rganilganlarni mustahkamlash, ertaga o‘rganiladiganlarga zamin xozirlasin. Tizimlilik va izchillik o‘quvchilarda har qaysi o‘quv fanlarining bir-biri bilan uzviy boG‘liq bo‘lishini ko‘rsatishga ham muhim axamiYatga ega.
Ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasi – ta’lim tizimida asosiy va etakchi qoidalardan biri xisoblanadi. U didaktik qonunlarning o‘qish va o‘qitish har biri, xatto, ayrim mavzu va mavzuchalari ham shubxasiz tarbiyalovchi xarakterga ega.
O‘qitish jarayonida onglilik va faollik qoidasi o‘quvchilar ilmiy bilimlarini hamda ularni amalda qo‘llash usullarini ongli va faol egallab olishini, ularda ijodiy tashabbuskorlik, o‘quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, ilmiy dunyoqarash, e’tiqod tarkib topishi nazarda tutiladi.
Ta’limda nazariYani amaliYat bilan boG‘lab o‘qitish qoidasi didaktikaning didaktik qoidalaridan biridir. Bu qoida dastavval o‘quv fanining mazmuni va o‘ziga xos xususiYatiga boG‘liq holda o‘qish jarayonida amalga oshiriladi. Inson ilmiy bilmilarini o‘zlashtirib olishigagina emas, balki bu bilimlarni amalda qo‘llay bilishlari ham kerak. Ta’lim jarayonida nazariYa bilan amaliyotning birligi qoidasining izchilligi va amalga oshirilishi natijasida o‘quvchilar o‘quv materiallarining tub moxiYatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to‘G‘ri, chuqur tushinib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan maxorat, ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar.
Ta’limning ko‘rsatmalilik qoidasi o‘qitish jarayonining sifatini orttiradi, o‘quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Bu qoida o‘qitish jarayonida ko‘rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri, muskul-xarakat kabi sezgi organlarning ob’kt ustida safarbar qilinishi talab etadi. Ta’limda ko‘rsatmalilikning ko‘rsatmaliilkning samarali natijalar berishi uchun ko‘rgazmali qurollar o‘quvchilarning yoshi, umumiy tayyorgarligi – saviYasiga mos bo‘lishi, mavzu mazmunining ochib berishiga yordam berishi, undan foydalanish uchun ta’lim usullari to‘G‘ri tanlangan bo‘lishi lozim.
Ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi qoidasida ta’limning ikki tomoni e’tiborda tutiladi: a) o‘quv materiallarining xarakteri mazmuni va xajmi sinf o‘quvchilarining yosh xususiYatlariga mos bo‘lishi; b) bilmi xajmi o‘quvchtilarning saviYasiga mos bo‘lishi lozim. Ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi quyidagi qoidalarga asoslanadi: “Osondan qiyinga qarab borish”, “Ma’lumdan noma’lumga qarab borish”, “Soddadan murakkabga qarab borish”.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin