1. Dasturning qat’iyligi. O‘quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotining har bir bosqichida fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishilgan darajani aks ettirishi lozim. Hamma o‘quv fanlariga oid dasturlarning bir necha yillar mobaynida qat’iy bo‘lishiga erishmoq darkor. Dasturning qat’iyligi oliy darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiYatga egaki, bu dasrliklar uzoq Yashashi va o‘quv jarayonida uzoq foydalanishi kerak.
2. O‘quv dasturida ilmiylik qoidasi. Dasturga borliqni aniq, haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiallar kiritiladi. O‘quv dasturidagi ayrim eskirgan masalalar o‘quv fanlaridan chiqarib tashlanadi.
3. O‘quv materiallari mazmunini to‘G‘ri tanlash. Fan materiallarini tanlash unda isbotlar, misollar, mantiqiy umumlashma va xulosalarning to‘G‘ri
uyG‘unlashuviga alohida e’tibor berladi. Aniq misolar bo‘lmasa o‘rganilayotgan hodisalarni nazariy jihatdan tushunish mumkin emas.
4. NazariYaning amaliyot bilan birligi qoidasi.O‘quv dasturida nazariYaning amaliyot bilan birligi qoidasi, birinchi navbatda, eng avvalo, ilmiy bilimlarning turmushda, ishlab chiqarish amaliyotida o‘tgan o‘rni ko‘rsatib beriladi.
5. O‘quv dasturlarida tarixiylik qoidasi. O‘quv dasturlari tarixiylik qoidasiga asoslangan holda tuziladi. Bunda o‘quv fanlarning harakteri nazarda tutiladi. Masalan, tarix fanini o‘qitishda tarixiy voqealar izchillik va xronologik tarzda bayon etilsa, matematika, informatika, fizika va boshqa qator fanlarni o‘qitishda fan qadimdagi ma’lum bir ilmiy hodisa, qoida va qonunlarning paydo bo‘lishi, uning kelajak istiqboliga oid ma’lumotlar berib o‘tiladi.
6. Dastur ikki usul bilan: ketma-ket (muntazam) va konsentrik (markazlangan) tarzda joylashtirilishi mumkin. Dasturning markazlangan tuzilishida mazkur fanga tegishli o‘quv materiali o‘qitishning keyingi bosqichlarida murakkablashgan ko‘rinishda takrorlanadi.
Maktab va hunar – texnika bilim yurtlari dasturining tuzilishi uch bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda mazkur dasturga amal qilish yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar - qisqacha o‘qitish xati; ikkinchi bo‘limda – o‘quv materiallarining mazmuni; uchinchi bo‘limda esa o‘quvchilarning qo‘shimcha ravishda o‘rganishlari muhim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
Oliy ta’limda «ta’lim dasturi» va «o‘quv fani dasturi» tushunchalari ishlatiladi. Ta’lim dasturi- o‘quv fanlarining bakalavariant yo‘nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklariga quyiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va etarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro‘yxati 9.