Qwzg`aluvchanlik deb tirik hujayraning berilgan ta`sirotlarga qwzg`alish bilan birga javob berilishi tushuniladi. Qwzg`alish-berilgan ta`sirotlarga twqimalarning xususiy (nerv twqimasidan impulslarning wtishi, mushakning qisqarishi, bezlarning shira ajratishi) va umumiy reaktsiyalar (harakat potentsialining generatsiyasi, metabolitik wzgarishlar) bilan javob berishi orqali namoyon bwladi.
Tirik twqimalarda yuzaga keladigan elektr hodisalari, «hayvon elektri» hakidagi ta`limot XVIII asrning ikkinchi yarmida vujudga keldi.
L.Galvani «Muskul harakatidagi elektr kuchlari tug`risidagi traktat» asarida (1791) bu ta`limot xaqida ma`lumot berdi. Galvani elektr mashinasi uchqunlarining fiziologik ta`siri, shuningdek, momaqaldiroq vaqtida chaqmoq chaqkanida atmosfera elektrining ta`sirini wrganish bilan shug`ullanib, wz tajribalarida baqaning umurtqa pog`onasi bilan birlashgan keyingi oyoq preparatidan foydalandi. Galvani ana shu preparatni ayvonning temir panjarasiga mis ilmoq bilan osib, baqa oyog`i shamolda tebrangan vaqtda uning muskullari panjaraga har gal tekkanda qisqarishiga e`tibor berdi. Galvani shunga asoslanib, baqaning orqa miyasida vujudga kelgan metall wtkazgichlar (ilmoq va ayvon panjarasi) orqali oyoq muskullariga wtadigan «hayvon elektri» oyoqning tortib olinishiga sabab bwlgan, deb hulosa chiqardi.
Galvani tajribalarini A.Volta 1792 yilda takrorladi va Galvani tasvirlagan hodisa «hayvon elektri» emasligini, Galvani tajribasi baqaning orqa miyasida emas, balki turli metallar-mis va ruhdan hosil bwlgan zanjir tok manbai ekanligini kwrsatib berdi. Voltaning e`tirozlariga javoban, Galvani endi metallardan foydalanmay tajriba qildi. Baqaning orqa oyoq terisi shilib olinsa, swngra quymich nervining ildizlari orqa miyadan chiqqan joyga yaqin shu nerv qirqilsa va son bwylab boldirgacha ajratilsa, boldirning ochilgan muskullariga wsha nerv tashlansa, bu muskullar qisqarishini kursatib berdi (Galvanining ikkinchi tajribasi). E.Dyubua-Reymon bu tajribani «nerv-muskul fiziologiyasining chin asosiy tajribasi» deb atadi.
XIX asrning 20-yillarida galvanometr va boshqa elektr wlchash asboblari ixtiro qilingandan swng fiziologlar tirik twqimalarda yuzaga keladigan elektr toklarni maxsus fizik asboblar yordamida aniq wlchash imkoniga ega bwldilar.
Muskulning tashqi yuzasi ichki qismiga nisbatan musbat zaryadli ekanligini va potentsiallarning tinchlik holatiga xos bwlgan bu farqi qwzg`alish paytida keskin kamayishini K.Matteuchi (1838) mul`tiplikator yordamida birinchi marta kwrsatib berdi. Matteuchi «ikkilamchi qisqarish» degan tajribani wtkazdi; qisqarayotgan muskulga ikkinchi nerv-muskul preparatining nervi tekizilsa, bu preparatning muskuli ham qisqaradi. Matteuchi tajribasi shu bilan izoxlanadiki, qwzg`alish paytida muskulda rwy beruvchi harakat potentsiallari birinchi muskulga tegib turgan nervni qwzg`atadigan darajada kuchli bwladi, bu esa ikkinchi muskulning ham qisqarishiga sabab bwladi.
Tirik twqimalardagi elektrik hodisalari xaqidagi ta`limotni XIX asrning 40-50 yillarida E.Dyubua-Reymon, L.German, Yu.Bernshteyn va boshqalar ham mukammal wrgandilar va qwzg`aluvchan twqimalarda yuzaga chiqadigan elektrik hodisalar hujayra membranasining elektrik xossalariga batamom bog`liq ekanligini twla-twkis isbotladilar.
Xujayra membranasining tuzilishi va asosiy xossalari. Zamonaviy tasavvurlarga kwra, biologik membrana – barcha tirik xujayralarning tashqi qavatini hosil qiladi. Membrananing wziga xos belgisi, bu ularning doimo yopiq maydonni hosil qilib turishidir. Membrananing bunday mikroskopik tuzilishi muhim funktsiyalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
1.Twsiq (barer) funktsiyasi–membrana bu mexanizm yordamida kontsentratsion gradientlarni yuzaga chiqaradi va wz navbatida erkin diffuziyalanishga twsqinlik qiladi. Bunday sharoitda membrana elektrogenez mexanizmlarida ishtirok etadi. Bularga tinchlik potentsialini hosil bwlish mexanizmi, harakat potentsialining generatsiyasi, bioelektrik impulslarining bir xil va har xil tabiatli qwzg`aluvchan tuzilmalarda tarqalish mexanizmlari kiradi.
2. Boshqarish funktsiyasi-bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, hujayra tashqarisidagi biologik faol moddalarning retseptsiyasi natijasida membranadagi fermentlar faolligining ortishi va ikkilamchi, mesenjerlari mexanizmining ishga tushirishi hisobiga hujayra ichi suyuqligi tarkibi va reaktsiyalarini boshqarib turadi.
3.Noelektrik tashqi stimullarning (retseptorlarda) elektrik signallarga aylanishi.
4. Neyromediatorlarning sinaptik oxirlariga ajralishi.. Zamonaviy elektron mikroskop yordamida aniqlanishicha hujayra membranasining qalinligi (6-12nm). Kimyoviy taxlillar shuni kwrsatdiki, membrana asosan lipidlar va oqsillardan tuzilgan, ularning miqdori turli hujayralarda turlichadir. Hujayra membranasidagi molekulyar mexanizmlarni wrganilishning qiyinligi shundaki, hujayra membranasi tozalab yoki ajratilib olinganida uning funktsiyasi buziladi. Hozirgi vaqtda hujayra membranasining bir necha modellari mavjud bwlib, bulardan eng kwp tarqalgani suyuq-qurama modelidir. Bu modelga kwra, membrana, ikki qavat fosfolipid molekulalardan tashkil topgan molekulalarni gidrofob qismi ichkariga va gidrofil oxirlari esa suv fazasi tomon ywnalgan bwladi. Bunday tizimning ikki fazaga bwlinishiga, ya`ni hujayra ichi va tashqarisiga juda mos keladi.
Fosfolipid qavatga globulyar oqsillar kirib turadi va chekka gidrofil qismlari suv fazasiga ywnalgan bwlib, bular integrativ oqsillar deyiladi va turli funktsiyalarni, jumladan retseptor, fermentativ, ion kanallarini hosil qilishda, molekula va ionlarning tashilishida ishtirok etadi.
İon kanallarining tuzilishi va funktsiyalari. Na+, K+, Ca2+ ,Cl- ionlari hujayra ichiga va tashqarisiga maxsus, suyuqlik bilan twlgan kanallar orqali wtadi. Kanallar juda kichik bwlib, (diametri 0,5-0,7 nm), hisoblar shuni kwrsatadiki, kanallarning umumiy yuzasi membrana umumiy yuzasining juda oz qismini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda har xil ionlar uchun turli kwrinishdagi kanallar mavjudligi isbotlangan. Ularning ayrimlariga wta xususiy, ayrimlari esa asosiy iondan tashqari, boshqa ionlarni ham wtkazishi mumkin. İon kanallari membrananing ikki muhim xossasini ta`minlaydi: bular selektivlik va wtkazuvchanlikdir.
Selektivlik yoki tanlab wtkazishni kanaldagi wziga xos oqsil tizimlari amalga oshiradi. Kwpgina kanallarda ionlarning wtkazilishi membrana potentsialining kattaligiga bog`lik bwladi. Kanallar wzining funktsional xarakteriga kwra bir xil tabiatli emas, bu asosan kanalning kiradigan va chiqadigan sohasiga joylashgan oqsil tizimlarga bog`liq bwladi. İon kanallarining ishlash jarayonini natriy kanali misolida kwrib chiqamiz. Taxmin qilishlaricha, nisbiy tinchlik holatida natriy kanali