Normal fiziologiya fani buyicha amaliy dars xronologik kartasi



Yüklə 406,04 Kb.
səhifə8/11
tarix16.12.2023
ölçüsü406,04 Kb.
#182617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 amaliy dars

Harakat potentsiali vujudga kelishining ion mexanizmi.Qwzg`aluvchan membranalarda harakat potentsiali vujudga kelishining sababi shuki, membrananing ion wtkazuvchanligi wzgaradi.
Yuqorida kwrib wtganimizdek, harakat potentsiali kattaligining ortib borishi va membrananing zaryad belgisining wzgarishi, hujayra ichiga natriy kirishi bilan bog`liqligini, birinchi bwlib 1952 yilda A.Xochkin, B.Katts va A Xakslilar wzlarining harakat potentsiali kelib chiqishining natriy nazariyasida kwrsatib berdilar. Hujayra ta`sirlanganda membrana Na+ ionlari uchun wtkazuvchanligi K+ ionlariga nisbatan taxminan 20 barobar ortadi. Shu sababli tashqi eritmadan protoplazmaga wtadigan musbat zaryadli Na+ ionlarining oqimi tashqariga chiqayotgan K+ ionlari oqimiga nisbatan ancha ortib ketadi. Buning natijasida, membrana qayta zaryadlanadi: tashqi yuzasi ichki yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli bwlib qoladi. Hozir aytilgan ionlar harakatidagi wzgarishlar harakat potentsialining egri chizig`ida kwtariluvchi tarmoq shaklida qayd qilinadi (depolyarizatsiya). Membrananing Na+ ionlariga wtkazuvchanligi juda qisqa vaqt davom etadi. Shundan keyin, hujayra tiklanish jarayoni rwy beradi, natijada membrana Na+ionlarini yana yomon wtkaza boshlaydi, aksincha K+ ionlarini yaxshiroq wtkaza boshlaydi.
Membrananing Na+ ionlarini kamroq wtkazishiga olib keladigan jarayonlar inaktivatsiya deb ataladi. Na+ ionlari aynan inaktivatsiya tufayli, Na+ oqimining protoplazmaga kirishi keskin kamayib ketadi, bu holat wz navbatida musbat zaryadli K+ ionlari oqimini kuchaytirib yuboradi. Bu ikki jarayon natijasida membrana yana qayta qutblanadi, tashqi yuzasi ichki yuzasiga nisbatan yana musbat zaryadli bwlib qoladi. Bu wzgarishlar harakat potentsialining egri chizig`ida tushuvchi tarmoq tarzida qayd qilinadi (repolyarizatsiya).
İz potentsiallarning yuzaga chiqishida Na+ va K+ ionlariga nisbatan membrananing oz yoki kwp wtkazuvchanligi bilan bog`liqdir. Masalan: harakat potentsiali tamom bwlgach, birmuncha vaqt boshlang`ich miqdordan kwra kwproq K+ ionlarini membrana orqali wtkazib turishi sababli, musbat izli potentsiali yuzaga keladi. Protoplazmadan chiquvchi K+ ionlar oqimining kuchayishi esa membrananing iz giperpolyarizatsiyasiga olib keladi. Harakat potentsiali tamom bwlgach, birmuncha vaqt boshlang`ich miqdordan ham kwprok Na+ ionlarini membrana orqali wtib turishi sababli manfiy izli potentsiali kelib chiqadi, degan taxminlar mavjud.
Molyuska kalmarning gigant nerv tolalari ustida sun`iy tuz eritmalari bilan perfuziya qilingan tajribalar harakat patentsiali kelib chiqishi natriy nazariyasi twg`riligini batamom tasdiqladi. Aksoplazma kaliy ionlariga boy eritma bilan almashtirilganda, tola membranasi tinchlik potentsialini normal saqlash bilan chegaralanib qolmay, normal amplitudali yuz minglab harakat potentsialarini ham uzoq vaqt vujudga keltirib turishi aniqlandi.
Hujayra ichidagi eritmada K+ ionlari qisman Na+ ionlari bilan almashtirilsa va hujayra ichi va sirti wrtasida Na+ ionlarining kontsentratsiyalari farqi shu tariqa kamaytirilsa, harakat potentsiali kamayadi. Agar hujayra ichidagi K+ ionlari butunlay Na+ ionlari bilan almashtirilsa, tola harakat potentsiali hosil bwlishi imkoniyatidan butunlay mahrum bwladi. Yana boshqa tajribalar ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. Agar hujayra tashqarisidagi eritmadan Na+ ionlari kontsentratsiyasi kamaytirilsa, u holda harakat potentsiali yuzaga chiqmaydi, yana analogik holat yuz beradi, hujayra tashqarisidagi eritmaga natriy kanallarining blokatori-TTX (tetradotoksin) eritmasi perfuziyalansa, harakat potentsiali yuzaga chiqmaydi. Yuqoridagi tajribalardan kwrinib turibdiki, tinchlik holatida ham, qwzg`alish paytida ham potentsiallar farqi hujayra membranasida rwy berishiga hech shubha qolmaydi. Membrana ichi va sirtidagi Na+ va K+ ionlari kontsentratsiyasining farqi tinchlik va harakat potentsiallari vujudga keltiradigan harakatlantiruvchi kuch ekanligi ma`lum bwldi. Lokal javob. Qwzg`aluvchan twqima bwylab tarqala oladigan harakat potentsiali ta`sirotga javob berishining yagona shakli emas. Qwzg`aluvchan har qanday twqimada harakat potentsiali bilan bir qatorda mahalliy, tarqalmaydigan javob olishi ham mumkin, buning uchun bwsag`adan past stimullardan foydalanish kerak.
Tok kuchi yanada ortib, bwsag`aga yaqinlashgan sayin katod ostidagi membrananing passiv depolyarizatsiyasiga bwsag`adan past faol depolyarizatsiya lokal javob shaklida qwshiladi.
Lokal (mahalliy) javob wz hossalariga kwra harakat potentsialidan keskin farq qiladi. Lokal javobning kelib chiqadigan aniq bwsag`asi ywq. U «bor yoki ywq» qonuniga bwysunmaydi, aksincha u kuch qonuniga bwysunadi. Bu shunday ifodalanadiki, lokal javob amplitudasi harakat potentsialidan farq qilib, berilgan stimulning kuchiga bog`liq, stimul qancha yuqori bwlsa, lokal javob ham shuncha katta bwladi. Lokal javob paytida twqimaning qwzg`aluvchanligi ortgan bwladi, harakat potentsiali esa qwzg`aluvchanligining kamayishi bilan davom etadi.
Harakat potentsiali kabi lokal javob ham, membrananing natriy ionlari wtkazuvchanligining ortishidan va hujayra ichiga kiradigan shu ionlar oqimining kuchayishidan kelib chiqadi. Lekin, lokal javobda membrananing natriy ionlarining wtkazuvchanligi kam oshadi va shuning uchun harakat potentsiali yuzaga chiqmaydi. Depolyarizatsiya kritik darajaga etgandagina lokal javob xarakat potentsialiga aylanadi.

Yüklə 406,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin