Normal fiziologiya fani buyicha amaliy dars xronologik kartasi


Muhim ion kanallari va qwzg`aluvchan membranalarda ion oqimlari



Yüklə 406,04 Kb.
səhifə5/11
tarix16.12.2023
ölçüsü406,04 Kb.
#182617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 amaliy dars

Muhim ion kanallari va qwzg`aluvchan membranalarda ion oqimlari


Kanal tipi

Funktsiyasi

Tok

Kanal
blokatori

Kaliyli (tinchlikda)

Tinchlik potentsialini hosil qiladi

Јk+ (okim)

TEA

Natriyli

Harakat potentsialini hosil qiladi

J Na

TTX

Kaltsiyli

Sekin potentsiallarni hosil qiladi.

J ca 2+

D-600, verapamil.

Kaliyli sekin (twg`rilanuvchi)

Repolyarizatsiyani ta`minlaydi

Јk+ (ushlab qolinishi)

TEA

Kal`tsiy faollashtiruvchi kaliyli

Sa2+ ionlari oqimi hisobiga
Repolyarizatsiyaning chegaralanganligi

Јk+Sa 2+

TEA

İzox: TEA-tetraetilammoniy; TTX-tetradotoksin.

yopiq bwladi. Hujayra membranasi depolyarizatsiyasining ma`lum darajasida m-faollashtiruvchi darvozalarning ochilishi kuzatiladi va hujayra ichiga Na+ ning kirishi kuchayadi m-darvozalar ochilganidan bir necha millisekundlardan swng, h-darvozalarning yopilishi kuzatiladi, bu darvozalar natriy kanallarining chiqish joyida bwladigan inaktivatsiya darvozadir. Hujayra membranasida inaktivatsiya xodisasi juda tez rwy beradi va inaktivatsiya darajasi depolyarizatsiyalovchi ta`sirni kattaligiga va ta`sir etish vaqtiga bog`liq bwladi.


Natriy kanallaridan tashqari boshqa K+; Sa2+ kanallari ham tanlab wtkazish xususiyatiga ega.
Xochkin va Xakslilar kanallarni «mustaqillik» tarzini ochib berdilar, bu tamoyiliga kwra, natriy va kaliy kanallari bir-biriga bog`liq bwlmagan holda faoliyat kwrsatadilar.
Turli kanallarning wtkazuvchanligi bir xil emas. Kaliy kanallarida natriy kanallari singari inaktivatsiya jarayoni rwy bermaydi.
Bundan tashqari, kaltsiy kanallari faoliyati ham katta qiziqish uyg`otadi. Odatda, kwpgina holatlarda membrana ichiga kiruvchi kaltsiy oqimi etarli kattalikka ega bwlmaganligi sababli, hujayra membranasida depolyarizatsiyani chaqira olmaydi. Kwpgina holatlarda hujayra ichiga tushgan kaltsiy, «messenjer» yoki ikkilamchi tashuvchi vazifasini bajaradi.Natriy ionlarining hujayra ichiga kirishi natijasida kelib chiqqan hujayra membranasining depolyarizatsiyasi kaltsiy kanallarini faollashtiradi. Kaltsiy kanallarining inaktivatsiyasi bir muncha murakkab jarayondir. Bir tomondan, hujayra ichida erkin kaltsiy kontsentratsiyasining ortishi kaltsiy kanallarining inaktivatsiyasiga olib keladi. İkkinchi tomonidan esa, hujayra tsitoplazmasi oqsillari kaltsiyni wziga biriktiradilar, bu wz navbatida kaltsiy oqimini uzoq muddat bir xil kattalikda ushlab turishiga imkon beradi. Bu vaqtda natriy oqimi butunlay sekinlashadi. Yurak hujayralari faoliyatida kaltsiy kanallarining ahamiyati juda muhimdir.
Tinchlik potentsiali. Tinchlik holatida hujayraning ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy potentsialga ega. Tinch holatda bwlgan nerv hujayrasi membrana potentsiali taxminan 70 -95 mV ga tengdir. Xochkin va Xaksli nazariyalariga muvofiq, membrana potentsialining kattaligi bir necha omillarga bog`liq: har xil ionlar uchun hujayra membranasining selektiv wtkazuvchanligi, hujayra tsitoplazmasi va sirtida ionlar kontsentratsiyasi har xil bwlishiga, (ionlar assimmetriyasi), ionlar faol transportini ishlash printsipiga va x.k. Lekin bu omillar bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Bu potentsiallar farqi tinchlik potentsiali yoki membrana potentsiali deb ataladi. Tinchlik potentsialini faqat mikroelektrodlar yordamida aniqlash mumkin, bu elektrodlar hujayra ichidagi potentsiallarni sezishga mwljallangan. Mikroelektrod-shisha naychadan chwzib yasalgan ingichka kapillyar, ya`ni kichik tomizgichdan iborat. Kichik tomizgich uchining diametri taxminan 0,5 mk. Kichik tomizgichga tuz eritmasi (3 M KSl) twldiriladi, eritmaga esa metall elektrod botiriladi va wzgarmas tokning kuchaytirgichi ostsillograf bilan birlashtiriladi. Mikroelektrod hujayrani qoplovchi membranasini teshib wtishi bilanoq, ostsillograf nuri boshlangich holatdan darhol pastga burilib, yangi satxda qaror topadi va hujayraning yuzasi bilan protoplazmasi wrtasida potentsiallar wzgarishini kwrsatadi. Hujayra membranasiga mikroelektrod shikast etkazilmasdan kiritilsa, hujayra bir necha soatgacha faoliyat kwrsata oladi.

Yüklə 406,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin