Normurodova m. A


- Ma’ruza Mavzu: Analizatorlarning yoshga oid xususiyatlari va gigienasi. REJA



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə27/72
tarix21.05.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#118447
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
Normurodova m. A

5 - Ma’ruza


Mavzu: Analizatorlarning yoshga oid xususiyatlari va gigienasi.


REJA





  1. Hid bilish analizatori

  2. Ko’rish analizatori

  3. Ta’m bilish analizatori

  4. Eshitish analizatori.

  5. Taktil analizatorlari.



Tayanch iboralar: Taktil, reflector, sclera, gavhar, akkomodasiyasi, shox, pardada.
аnalizatorlar.

Nazorat savollari:


    1. Hid bilish analizatori qanlay tuzilishga ega?

    2. Ko’z gavharining vazifasi nimalardan iborat?

    3. Ta’m bilish analizatori necha xil?

    4. Eshitish suyaklari tuzilishi ega?

    5. Taktil analizatorlariga nimalar kiradi?

Axborotni qabul qilish va qayta ishlash analizatorlar, ya’ni sezgi organlari orqali amalga oshiriladi. Tashqi olamdagi ta’sir, nerv signallari holida bosh miyadagi nerv markazlariga yetkaziladi. Bu signallar bosh miyaning turli bo’limlarida qayta ishlanib, uning oliy bo’limida sezish, tasavvur qilish, anglash bilan yakunlanadi.
I.P.Pavlov har bir analizator bir-biriga bog’ilq bo’lgan uchta periferik, o’tkazuvchi va markaziy qismdan iborat ekanini birinchi bo’lib isbotladi. Reseptorlar analizatorlarning periferik qismi hisoblanadi, bular ma’lum ta’sirga javob beruvchi nerv uchlari bilan tugaydi. Retseptorlar tuzilishi, joylashishi, funksiyasiga ko’ra turli xil bo’ladi. Qo’zg’alishni retseptordan bosh miya katta yarimsharlariga o’tkazuvchi markazga intiluvchi neyronlar analizatorning o’tkazuvchi qismini tashkil etadi. Bosh miya katta yarimsharlarining ma’lum retseptorlardan ta’sirni qabul qiluvchi qismlari analizatorning markaziy qismini tashkil etadi. Analizatorning barcha qismlari bir butun holda ishlaydi. Qandaydir analizatorning bir qismi shikastlansa, uning funksiyasi buziladi.
Odamning mehnat faoliyatida analizatorlarning roli juda muhim. Agar bolaning turli organlaridan, turli sezgi a’zolaridan ta’sir kam borsa, bosh miya rivojlanishdan orqada qoladi. Tashqi olamdagi turli xil ta’sir avval retseptorlarda, so’ngra bosh miya bo’limlarida analiz qilinadi. Ta’sirning har tomonlama nozik analizi bosh miya katta yarimsharlarida amalga oshadi.



      1. Yüklə 1,65 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin