Nostandart testlar


Har qanday o‘lchov vositasi sifatni nazorat qilish jarayonidan o‘tishi kerak



Yüklə 35,65 Kb.
səhifə2/7
tarix16.04.2023
ölçüsü35,65 Kb.
#98930
1   2   3   4   5   6   7
Nostandart testlar-27.07.2022

Har qanday o‘lchov vositasi sifatni nazorat qilish jarayonidan o‘tishi kerak. Masalan, davlat elektr energiyasi, gaz va suv sarflanishini hisoblaydigan moslamalarini o‘rnatishdan oldin va foydalanish jarayonida sertifikatlash va tekshirishga majbur qiladi.
Xuddi shu tarzda, bilimlarni o‘lchash vositalari — test topshiriqlari yordamida kimningdir bilimini sinab ko‘rishdan oldin bu topshiriqlar sifatni tasdiqlash jarayonidan o‘tishi kerak. Bu murakkab va sermashaqqat jarayon bo‘lib, bir necha yil davom etishi mumkin. Ushbu jarayonning majburiy bosqichlaridan biri — bu test topshiriqlarini aprobatsiya qilishdir (tajriba-sinovdan o‘tkazish), chunki uning natijalariga ko‘ra statistik ma’lumotlar — test topshiriqlari qay darajada sifatli ishlab chiqilganligini ko‘rsatuvchi raqamlar olinadi.
Har qanday o‘lchov moslamasida bo‘lgani kabi, testlarda ham xatolik bo‘ladi. Fanda bu xatolik o‘lchashning standart xatosi deb ataladi. Aprobatsiya ushbu xatolik fanda qabul qilingan qiymatlar chegarasida ekanligiga ishonch hosil qilishga yordam beradi.
Pandemiya sharoitida, ommaviy tadbirlar taqiqlangan paytda aprobatsiya jarayonlari qanday o‘tkazildi, degan savolga quyidagicha javob oldik: «Test topshiriqlarining dastlabki aprobatsiyasi 2019 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkazildi. Keyingi aprobatsiya 2020 yil aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, lekin pandemiya munosabati bilan imkoni bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, E-Sinov tizimi orqali test topshiriqlari onlayn taqdim qilib borildi va ishlatilgan test topshiriqlari tahlil qilindi. Shuningdek, 2019 yilda nashr etilgan test to‘plamlaridagi topshiriqlardan foydalanildi».
Mazkur javobni tahlil qilishga harakat qilamiz. Dastlabki aprobatsiyadan so‘ng, uning keyingi bosqichlari o‘tkazilmagan. Test topshiriqlarining sifatiga esa bir martalik aprobatsiya bilan ishonch hosil qilish mumkin emas. Dastlabki aprobatsiyadandan so‘ng topshiriqlarga zaruriy o‘zgartirishlar kiritiladi va qayta aprobatsiyaga olib chiqiladi. Bu jarayon aprobatsiya natijasida olingan statistik ko‘rsatkichlar fanda qabul qilingan me’yorlarga mos tushmaguncha qayta va qayta takrorlanadi. Bu degani — 2020 yilda qo‘llanilgan test topshiriqlarining sifati talablarga javob berishiga kafolat yoki dalillar mavjud emas.
Onlayn tizimga kiritilgan test topshiriqlari tahliliga kelsak, aprobatsiya shunday o‘tishi kerakki, unda qatnashuvchilar testlarni haqiqiy imtihonlarga imkon qadar yaqin sharoitlarda yechishi lozim. Abituriyentlar topshiriqlarni onlayn tarzda bajarishida ushbu shartlar bajarilmaydi, demakki, topshiriqlarning sifatini tahlil qilishda «onlayn aprobatsiya» natijasida olingan ma’lumotlarga tayanish mumkin emas.
Oldingi yillarda chop etilgan materiallardan testlarda foydalanish ham o‘lchov vositasi bo‘lmish testlarning sifatini oshirishga xizmat qilmaydi. Birinchidan, abituriyent mavzuni bilgani uchun emas, balki repetitor yoki boshqa birov tomonidan aytilgan to‘g‘ri javobni eslab qolganligi sababli testlarni to‘g‘ri yechishi mumkin. Mazkur holat mavzu bo‘yicha bilim emas, balki xotira sinovdan o‘tkazilishini anglatadi. Ikkinchidan, testlar tarkibidagi har qanday o‘zgarishlardan so‘ng, ularning sifatini qayta aprobatsiyadan o‘tkazish kerak.
Oxirgi ta’kidni yaqqol misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Maxsus metall qotishmalaridan tayyorlangan va ishlatishdan oldin sinovdan o‘tkazilgan tarozi toshlarini ko‘z oldimizga keltiramiz. Agar toshlar qotishmasining tarkibi o‘zgartirilsa, ularning xususiyatlari o‘zgaradi, ya’ni qayta tekshirishdan o‘tkazish zarurati paydo bo‘ladi. Xuddi shunday, bir test varianti o‘lchov uchun bir og‘irlik toshi kabi, o‘ziga xos test topshiriqlari yig‘indisidan iborat bo‘lib, har doim ushbu yig‘indi o‘zgarganda, masalan, testga boshqa topshiriqlar kiritilganda uning sifatiga ishonch hosil qilish uchun qayta sinov zarur.
DTM eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar soni o‘tgan yillarga nisbatan ko‘proq bo‘lganini ta’kidlab, buni «test topshiriqlari soddalashtirilganligi», «test topshiriladigan fanlar soni kamaytirilganligi», «test topshiriqlarini yechish uchun vaqt miqdori oshirilganligi» va «tilni bilish sertifikatlariga maksimal ball berilganligi» bilan izohladi.
Biroq, testologiya fanining o‘z qonuniyatlari bor. «Ballarning normal taqsimoti» degan tushuncha mavjud va agar normal taqsimot kuzatilmasa (maksimal ballarning ko‘payishi esa normal taqsimotning buzilishidir), demak, bu testlarning sifati bilan bog‘liq muammolar borligini anglatadi. Va bu muammolarni boshqa turli xil omillar bilan «xaspo‘slash» mumkin emas.
Yuqorida aytib o‘tilganlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash lozimki, testlarda ishlatiladigan har qanday test topshirig‘i aprobatsiyadan o‘tishi kerak va bu aprobatsiya bir marta bilan cheklanishi mumkin emas, chunki aprobatsiyalar natijasida topshiriqlar sifatini tahlil qilish uchun kerakli raqamlar olinadi.
Test varianti tarkibidagi har qanday o‘zgarish ham aprobatsiyani talab qiladi. DTM vakillari pandemiyadan oldin ham butun test topshiriqlari bazasi aprobatsiyadan o‘tmasligini inkor qilmagan edilar. Abituriyent qo‘liga tushadigan ko‘rinishdagi test varianti esa hech qachon aprobatsiyadan o‘tmaydi, chunki bu variant imtihondan oldin generatsiya qilinadi.
Demak, OTMlar, kollejlar, texnikumlar, magistraturaning ayrim yo‘nalishlari, keyingi yildan boshlab esa litseylar va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga kirayotgan millionlab abituriyentlarning kelajakdagi taqdirini hal qilishda foydalaniladigan testlar sifatiga qo‘yiladigan ilmiy talablarga rioya qilinishi katta savol bo‘lib qolmoqda.

Yüklə 35,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin