Nostandart testlar


Ammo turli xil variantlarining qiyinlik darajasi bir xil deyish uchun yuqorida aytib o‘tilgan o‘lchov xatosi teng ekanligiga ishonch hosil qilish kerak



Yüklə 35,65 Kb.
səhifə5/7
tarix16.04.2023
ölçüsü35,65 Kb.
#98930
1   2   3   4   5   6   7
Nostandart testlar-27.07.2022

Ammo turli xil variantlarining qiyinlik darajasi bir xil deyish uchun yuqorida aytib o‘tilgan o‘lchov xatosi teng ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Masalan, Kroker va Algina bu haqda o‘zlarining testlar nazariyasi bo‘yicha mashhur darsligida yozgan. Ammo test varianti tajriba-sinovdan o‘tmagan bo‘lsa va imtihonda uni faqat birgina abituriyent yechgan bo‘lsa, o‘lchov xatosi bir xil ekanligiga qanday amin bo‘lish mumkin?
Testning turli xil variantlarini yechgan abituriyentlarga nisbatan adolat masalasiga qaytsak, fanda testlar bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan «yagona shkalaga keltirish» usuli ixtiro qilingan. Biz funt va pudlarni taqqoslashdan oldin ularni kilogrammga aylantirish uchun maxsus formulalardan foydalanganimiz kabi, testologiyada ham abituriyentlarning turli xil variantlar bo‘yicha olingan natijalarini bitta o‘lchovga keltirish uchun maxsus formulalardan foydalaniladi. Oxirida to‘g‘ri javoblar soni emas, aynan shunday formulalar yordamida olingan natijalar e’lon qilinadi. Ammo yana takrorlayman, ushbu formulalardan foydalanish uchun har bir variantning o‘lchov xatosini bilish kerak, test variantini birgina abituriyent yechganda esa bu imkonsizdir. Bu testning turli variantlarini yechgan abituriyentlarga nisbatan adolat ta’minlanmasligini anglatadi.
Adolatsizlik bir muammoga nisbatan turlicha yondashuvda, ya’ni test topshiriqlarida abituriyentning aybisiz xatolarga yo‘l qo‘yilganda ham kuzatiladi. Gap shundaki, agar abituriyent test sinovlari paytida test topshiriqlariga nisbatan o‘z e’tirozlarini bildirgan bo‘lsa va DTM ekspertlar komissiyasi ushbu e’tirozlarni adolatli deb topgan bo‘lsa, unda variantida bu topshiriqni yechgan barcha abituriyentlarga qo‘shimcha ball beriladi. Ammo, agar abituriyent apellyatsiya yoki sud jarayonida test topshirig‘idagi xatolikni isbotlasa, u holda faqat o‘sha abituriyentning natijalari qayta ko‘rib chiqiladi. Xuddi shu muammoli topshiriqga duch kelgan, ammo appelyatsiya berish yoki DTM bilan sudlashish imkoniyati yoki xohishi bo‘lmagan abituriyentlarning natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Ushbu masalani ko‘targanimizda, bizga «DTM boshqa abituriyentlarning natijalarini ko‘rish yoki o‘zgartirish huquqiga ega emas» va «agar abituriyent o‘z natijalaridan qoniqmasa, u belgilangan muddat ichida apellyatsiya shikoyati berishi kerak» degan javobni oldik. Biroq, muammoga bunday yondashish muammoni hal qilmaydi — sifatni nazorat qilishning barcha bosqichlaridan o‘tmagan test topshiriqlaridan imtihonda foydalanilganligi sababli abituriyent aziyat chekadi.
Kerakli nazorat mexanizmlarning ishlamasligi sababli texnik xatolarga yo‘l qo‘yilishi va oqibatda e’lon qilingan natijalarning o‘zgarishi ham adolatsizlikning bir ko‘rinishi sifatida baholanishi mumkin. Istalgan abituriyentning natijalari «texnik xato» bahonasi bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish uchun DTMda qanday mexanizmlar joriy etilayotganligi to‘g‘risidagi tahririyatning savoliga DTM «jarayonlarning har bir bosqichida ishlarni iloji boricha inson omilisiz amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda» deb javob berdi.

Yüklə 35,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin