Nostandart testlar


Pandemiya bergan saboqlar



Yüklə 35,65 Kb.
səhifə6/7
tarix16.04.2023
ölçüsü35,65 Kb.
#98930
1   2   3   4   5   6   7
Nostandart testlar-27.07.2022

Pandemiya bergan saboqlar


Koronavirus pandemiyasi va kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun ko‘plab mamlakatlarda joriy qilingan cheklovlar testlar bilan bog‘liq jarayonlarga ham ta’sir qilmay qo‘ymadi. Ochiq havodagi imtihonlarga e’tibor qaratib, New York Times nashri «ayrim abituriyentlar soyada, qulay sharoitda test topshirayotgan bo‘lsa, boshqalari qog‘oz yoki kiyim bilan quyoshning tik nurlaridan o‘zlarini himoya qilishga majbur bo‘lishdi» deb yozdi.
Ba’zi abituriyentlar belgilangan vaqtda imtihonga yetib borish uchun sahar tongda turishlari kerak edi, boshqalari esa tushdan keyin, inson organizmi charchay boshlaydigan paytda test topshirishdi. Kimlargadir kepkalar berildi, kimlargadir esa yo‘q. Qayerdadir abituriyentlar imtihonga mobil telefonlarini olib kirib, ishlatishga muvaffaq bo‘lishdi, qayerdadir esa yo‘q. Koronavirus yoki isitma sababli testlarda qatnasha olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha testlar tashkil etildi, test sinovlariga boshqa uzrli sabablarga ko‘ra kela olmagan abituriyentlar uchun esa yo‘q.
«Test topshiruvchilarga test sinovlarida va uning natijalarini qayta ishlashda mutanosib munosabatda bo‘lish kerak» deya ta’kidlangan test sinovlari standartlari nuqtai nazaridan yuqoridagi misollar tahlil qilinsa, unda standartlarning buzilganligi yaqqol ko‘rinadi.
Xususan, chet tillari o‘qituvchilariga ustama belgilash testlarida kuzatilgan audio yozuv va isitish bilan bog‘liq muammolarni ham bu standartlarning buzilishi sifatida keltirish mumkin. Markazning matbuot xizmati o‘qituvchilarning e’tirozlariga javob berar ekan, o‘qituvchilar tomonidan test sinovlari qoidalarining buzilishi borasida raqamlarni keltirdi: mana, telefonlar va «shpargalkalar» olib kirilgan, imtihon vaqtida o‘zaro gaplashilgan, materiallarni bir-biriga uzatishgan. Biroq, imtihon topshiruvchilar tomonidan imtihon qoidalarining buzilishi tashkilotchilar tomonidan test standartlarini buzish uchun bahona bo‘la olmaydi.
DTM bu yilgi test jarayonlaridan qanday saboq olganligi haqidagi tahririyatning savoliga javob berar ekan, «asosiy e’tibor abituriyentlarning xavfsizligi (sog‘ligi)ga qaratilganligini», «xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, test sinovlarni ochiq maydonlarda o‘tkazish eng yaxshi variant sifatida tanlanganligi»ni ta’kidladi. Shuningdek, «eng asosiy yutuq abituriyentlar va xodimlarda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmaganligi» va «markaz noodatiy sharoitda, ochiq maydonlarda test o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lganligi» DTM tomonidan aytib o‘tildi.
Agar test sinovlari bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilotlarning tajribasiga nazar tashlansa, ular bir oz boshqacha yo‘nalishda tajriba olishni afzal ko‘rishdi — ko‘pchilik odamlarning to‘planishi zaruratisiz, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda test o‘tkazish. Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti yoki Toshkentdagi Turin politexnika universiteti singari O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ba’zi xalqaro universitetlar ham onlayn tarzda imtihonlar tashkil etib, adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida test topshiruvchilar va kuzatuvchilar tomonidan rioya qilinishi kerak bo‘lgan qoidalarni ishlab chiqdilar. To‘g‘ri, balki onlayn imtihonlarda barcha ishtirokchilarning qoidalarga birdek rioya qilishini ta’minlash qiyinroq kechishi mumkin, ammo qachondir boshlash kerak. Masalan, pandemiya bizni ilgari umuman inkor qilib kelganimiz — masofaviy ta’limni joriy etishga majbur qildi-ku.

Yüklə 35,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin