Ma`lumotlar ombori bilan ishlaydigan dasturchi ushbu ma`lumotlar qanday saqlanishi haqida bosh qotirmaydi, hamda MOBT bilan o’zaro bog’liq holda ishlovchi ilovalar, ma`lumotlarni diskka yozish usuli haqida bilishmaydi.
―Tashqaridan faqatgina ma`lumotlarning mantiqiy obrazi ko’rinadi, bu esa ilovalar kodiga tegmasdan MOBT kodini o’zgartirishi imkonini beradi.
Ma`lumotlarni bunday qayta ishlash to’rtinchi avlod tili (4GL) yordamida amalga oshiriladi, bu til darhol yoziladigan va bajariladigan so’rovlarni qo’llaydi. Ma`lumotlar dolzarbligini tez yo’qotadi, shuning uchun ularga kirish tezligi muhimdir. Bundan tashqari, dasturchi yangi so’rovlarni ishlash imkoniga ega bo’lishi zarur. Ular reglamentirlanmagan (ad hoc) deyiladi, chunki ma`lumotlar omborining o’zida saqlanmaydi va tor mutaxassislik maqsadlariga xizmat qiladi.
To’rtinchi avlod tili sxemalar – ma`lumotlar va ular orasidagi munosabatlarni aniqlashlarni yaratishga imkon beradi. Sxema ma`lumotlar omborining bir qismi sifatida saqlanishi va ma`lumotlarga zarar etkazmagan holda o’zgartirilishi mumkin.
Sxema ma`lumotlar butunligini nazorat qilish uchun mo’ljallangan. Agar, misol uchun, maydon butun sonli qiymatlarni saqlaydi deyilgan bo’lsa, u holda MOBT unga vergulli sonlar yoki satrlarni yozmaydi. Yozuvlar orasidagi munosabatlar ham qattiq nazorat qilinadi va kelishilmagan ma`lumotlar kiritilmaydi. Operatciyalarni ― hammasi yoki hech narsa‖ printcipi bo’yicha bajariladigan tranzaktciyalarga guruhlash mumkin.
MOBT ma`lumotlar xavfsizligini ta`minlaydi. Foydalanuvchilarga axborotga kirish uchun ma`lum huquqlar beriladi. Ayrim foydalanuvchilarga axborotlarni faqat ko’rishga ruxsat beriladi, boshqalari esa jadval tarkibini o’zgartirishlari mumkin.
MOBT ma`lumotlar omboriga parallel kirishni qo’llaydi. Ilovalar ma`lumotlar omboriga bir vaqtda murojaat qilishi mumkin, bu esa tizimning umumiy samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, samaradorlikni yanada oshirish uchun alohida operatciyalar ―parallellashi‖ mumkin.
Nihoyat, MOBT ko’zda tutilmagan uzilishlar yuz berganda axborotni qayta tiklash maqsadida foydalanuvchilarga sezdirmay ma`lumotlarning zahira nusxalarini olib qo’yadi.