MySql serverini ishga tushiring, buning uchun c:\MySql\bin katalogida taklif satridagi MySqld-shareware –standalone buyrug’ini tanlang.
So’ngra taklif satrida MySql ni kiritish orqali MySql mijoz dasturini chaqiring.
Taklif MySql> ga o’zgaradi. Buyruqni kiriting:
create database employees;
(Izoh: Buyruq nuqtali vergul bilan tugaydi).
MySql serveri taxminan 3.1 rasmdagidek javob berishi kerak
Jadval yaratish buyrug’i ishining natijasi
[So’rov qayta ishlandi, 1 satr o’zgardi (0.00 sek)]
Bu ma`lumotlar ombori muvaffaqiyatli yaratilganligini anglatadi. Endi tizimda nechta ma`lumotlar ombori mavjudligini ko’ramiz. Quyidagi buyruqni bajaring:
show databases;
Server 3.2 rasmda ko’rsatilgandek, ma`lumotlar omborlari ro’yxati bilan javob beradi.
Ma`lumotlar omborlarini ko’rish.
Bu erda uchta ma`lumotlar ombori ko’rsatilgan, ulardan ikkitasi MySql tomonidan o’rnatish vaqtida yaratilgan hamda yangi yaratilgan employees ma`lumotlar ombori.
Yana DOS taklifiga qaytish uchun MySql taklifidan quit buyrug’ini tanlang.
Foydalanilgan adabyotlar:
Бранденбау. JAVASCRIPT. Сборник рецептов для профессионалов. СПб. 2001.
Томсон Л., Веллинг Л. Разработка Web-приложений на PHP и MySQL. - К.: "ДиаСофт", 2008. - 672 с.