Numizmatika fani asoslari. Dastlabki tangalar. Sharq va G`arb mamlakatlari numizmatikasi.
Reja
Numizmatika fani predmeti, fan sifatida shakllanishi
Numizmatika terminologiyasi
Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi. Tangalar tarixi.
Sharq mamlakatlari va G`arb mamlakatlari numizmatikasi
Qadimgi Sharqda tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar.
Dastlabki tangalar. Lidiya, Egina tangasi. Yunon tangalari
Tayanch atama va tushunchalar: tamg‘a, nomisma, tanga, kolleksiya to‘plash numizmat, myuntskabinet, avers, revers, emitent, tanga huquqi, tanga regaliyasi, legenda, nominal, hisob pul birligi, tanga to‘plami, tangani sinash, ligatura, tanga buzilishi, tanga maydoni, gurt. savdo vositasi, ekvivalent, kauri, elektrum, stater, moneta, drahma, didrahma, tetradrahma, dekadrahma, bimetallizm
Numizmatika fani predmeti, fan sifatida shakllanishi
Tanga - turkiy "tamg‘a" so‘zidan olingan bo‘lib, maxsus ramzlar tushirilgan, ma’lum og‘irlik, qiymat va belgilangan meyorga ega metall quymasidir.
U o‘zining og‘irligi, qiymati, sifat tarkibiga ega bo‘lgan, pul, qiymat o‘lchovi, qonuniy muomala va to‘lov vositasi, xazina to‘plash, jahon puli vazifalarini bajaradi. Ma’dan yoki metall (oltin, kumush, mis) dan yasalgan pul birligidir. Tangalar o‘z tarixiga ko‘ra dumaloq doira bo‘lgan.
“Nomisma” yunoncha so‘zidan olingan bo‘lib, tanga, pul degan ma’noni anglatadi. Numizmatika – tangalar haqidagi fan bo‘lib, arxeologiya, manbashunoslik fani bilan aloqadorlikda rivojlanadi. Tangalar nafaqat tarixni, balki fanning turli sohalari, mafkura, siyosat, iqtisodiyot, me’morchilik, savdo, xalqaro aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni yechishda, tilshunoslik hamda san’atshunoslikka oid muhim masalalarni hal etishga ham yordam beradi.
Tangashunoslik oltin, kumush va misdan ishlangan metall pullarni o‘rganish haqidagi fandir. Ushbu sohadan alohida yo‘nalishlar - qog‘oz pullarni - bonistika, orden, medallarni faleristika fani o‘rganadi.
“Numizmatika” termini o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan, bugungi kunda “numizmatika” tushunchasi tanga va medallarni kolleksiyalash hamda ularni o‘rganuvchi fanni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |