Numizmatika fani asoslari. Dastlabki tangalar. Sharq va G`arb mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Kakao pul. Meksikada to XVI asrlargacha loviya hamda kakao doni “pul” vazifasini o‘tagan. Choy pullar



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə6/9
tarix17.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#114897
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu

Kakao pul. Meksikada to XVI asrlargacha loviya hamda kakao doni “pul” vazifasini o‘tagan.
Choy pullar. Mo‘g‘ulistonda o‘rta asrlarda bir bo‘lak taxta choyga bitta qo‘y yoki echki yoki 2 ta teri yoki bitta kigiz almashtirish mumkin bo‘lgan. Buni Marko Polo o‘z sayyohatnomasida qayd etgan.
Tuz pullar. Afrikaning tuz tanqis joylarida bir hovuch tuzga bir hovuch tilla almashtirishgan. Arab sahrolarida ko‘chmanchilar uchun xurmo mevasi ayirboshlash vazifasini o‘tagan. Shu davrlarda Afrikaga borgan sayyohatchilarning aytishicha tuz pul vazifasini o‘tashi bilan birga tuzdan pul yasaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar qoldirishgan. Ya’ni tuzning katta kristalardan eni 5 sm uzunligi 65 sm og‘irligi 640 gr keladigan taxtakach qirqib olib, 4 ga bo‘linadigan tayyorlashar ekan, mana shunday tuz bozorlarda xarid vazifasini o‘tagan. Kimga kerak bo‘lsa butunligicha yoki bir bo‘lagini “qirt” etib sindirib olib ketavergan. Marko Polo XIII asrda tuz pullarning qanday tayyorlanishi Xitoyga borib o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan. Tanga tayyorlash uchun suvli idishga tuz solib erita berar ekanlar namakob juda qo‘yilib tuz erimaydigan bo‘lganda olovga qo‘yib qaynatilar ekan, u qaynab qo‘yilib bamisoli xamir holatiga kelganda yong‘oqday zuvalachalar yasab ustiga imperator muhrini bosib yassi diskalar hosil qilinar edi. So‘ngra bularni obdon qizitilgan g‘ishtlar yuzasiga terib maxsus o‘choqlarda qovurilgan. Shundan so‘ng tuz pullar metal tangalarday jiringlaydigan va sinmaydigan bo‘lgan.
Qattiq non puli. Alyaskani kashf qilish davrida u yerga borgan sayohatchilarning ma’lumotlariga qaraganda bozordagi oldi sotti masalasida pul vazifasini qattiq non o‘tayotganligini ko‘rib hayron qolishadi. Non ma’lum kattalikda kesilib, quritilgan va bunga xohlagan narsani almashtirilgan.
Pishloq pul. Masalliq pullar faqat o‘tmishdagina emas bizning asrimizda ham mavjuddir. Masalan: Butan mamlakatida bu Ximolay tog‘larining sharqida joylashgan kichkina qirollik bo‘lib bozorlarida pishloq pul vazifasini o‘taydi. Endilikda mahalliy “tikchun” deb ataluvchi metall tangalar hind joriy etilgan bo‘lishiga qaramay oldi sotti ishlarida ma’lum kattalikda kesilgan pishloq ham narsa harid qilish mumkin yoki qog‘oz pulning qaytilishiga sotuvchi bir bo‘lak pishloq bersa xaridor rozi bo‘ladi.
Guruch bug‘doy, mayiz, qurtob, non pullar: qadimda mamlakatimizda, chekka joylarda yuqorida ko‘rsatilgan masalliqlar pul vazifasini o‘tagan. Masalan, birontasi pul qarz olgan bo‘lsa, tomonlar o‘zaro kelishib, mayiz, guruch yoki mayizning bahosi qancha ekanligini aniq bilib kelishib olishgan. Ovchilik bilan shug‘ullanadigan xalqlarda hayvon terisi, dehqonchikda vino, don o‘simlik yog‘i pul xizmatini o‘tagan. Sparta, Rim Karfagen kabi qadimiy davlatlarda ham teri muomalada bo‘lgan. Qadimiy Skandinaviya davlatlarida xatto jarima ham teri bilan to‘langan.
Tangalar zarb etilgunga qadar turli mamlakatlarda bozorda ovqatga solinadigan turli masalliqlardan foydalangan. Mol ayriboshlash sotish va xarid qilishda har joyda har xil masalliqlar baho etaloni sifatida emas xatto og‘irlik o‘lchovi sifatida ham foydalanilgan. Masalan, Ibn Sino, Beruniy asarlarida dori darmonlarni qadoqlovchi o‘lchov sifatida danak (o‘rik danagi), javza (yong‘oq), bavza (bodom), shi’ara (arpa doni), no‘xot, boqillo (loviya), aruza (guruch) kabi masalliklar qadoq tosh vazifasini o‘taganligini bilib olamiz.
Uzoq vaqt chorvadorlar, dehqonlar vaaa hunarmandlar o‘rtasidagi ayirboshlov ham natura shaklida qoramol va bir qop bug‘doy, hunarmandchilik ekvivalent buyumlari bilan ham o‘lchangan. Savdo - doimiy va qiymati o‘zgarmaydigan baho o‘lchovini taqozo qiladi.
Ammo ushbu buyum shaklida ifodalangan qiymatlar nisbiy bo‘lib, ko‘p tortishuvlar va noaniqliklarga olib kelardi. Shuning uchun muomalada ancha qulay va aniqlikni talab qiladigan pulga ehtiyoj tug‘ila boshladi. Bunday pul uchun uzoq vaqtdan keyin insoniyat qiymatga ega bo‘lgan metallni dastlab mis, kumush, oltin bajaradigan bo‘ldi.
Ayriboshlash uchun ajratilgan mollar vositachi tovarning qiymati bilan aniqlanadigan bo‘ldi. Bu vositachi tovarlar birinchi pul edi. Odamlar asta-sekin ma’lum og‘irlikdagi yombilarni tayyorlay boshladilar. Lekin metall pullarda hali aldanish imkoniyati yashirinib yotardi. Chunki firibgarlar mis, qo‘rg‘oshin singari arzon metallarni oltin va kumush parchalariga aralashtirvr edilar. Insoniyat qattiq jazo choralariga qaramay, bunday hol davom etavergani sababli, hukumat bu firibgarliklarga chek qo‘yish maqsadida tangalarni muhrlashga, biror tasvir yoki tug‘ro–gerbni ifodalashga odatlandiki, bu bilan quymalar haqiqiyligi davlat tomonidan kafolatlanadigan bo‘ldi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin