Numizmatika fani asoslari. Dastlabki tangalar. Sharq va G`arb mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə5/9
tarix17.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#114897
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu

Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi. Arxeologlar fikricha, ayirboshlash, dastlabki savdo muomalasi ibtidoiy jamoa tuzumining tosh asridan boshlaboq paydo bo‘lgan. Odamlar o‘z buyumlarini ayirboshlashi jarayonida dastlabki savdoning sodda turi vujudga kelgan. Turli o‘lkalardagi noyob buyumlar pul vazifasini bajara boshlagan. Jumladan, dengiz chiqanoqlari pul vazifasini o‘tagan. Masalan, qauri chig‘anoqlari. Uni shakliga qarab ilon kalla ham deyishgan. U yer yuzining shimoliy tomonlarida ko‘p tarqalgan. Xitoy, Shri Lanka (Tseylon), Siyom va Afrikada ham bilishgan. Shimoliy Amerika hindularida pul vazifasini tsilindr shaklidagi chiqanoqlar qadab bezalgan vampum deb ataluvchi teri tasmalari ham o‘tagan ekan. Vampum faqatgina bezak bo‘lib qolmay, hurmat va qabila boshlig‘ini vampumi uning hukmronlik belgisi ham edi.
Rim imperatori Kalikula dengiz sohilidagi oddiy chig‘anoqlarni yig‘ib olishga buyruq berib, uni pul deb e’lon qilgan. Lekin u hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan rejasi ish bermagan.
Osiyo, Afrika, Yaponiya, Xitoy va Hindistonda uzoq vaqt mobaynida “kauri” chig‘anoqlari pul funktsiyasini bajargan. Kauri” chig‘anoqlari bu hududlarda eramizning XX asrigacha savdo vositasi bo‘lib kelgan. Ular eramizning VI-VIII asrlarda Germaniyada, XI asrda Shvetsiyada ishlatilganligi, Gvineyada ham kauri tasviri tushirilgan pullar mavjud bo‘lganligi aniqlangan.

Kauri chig‘anoqlari
Hindistonda asosan dur pul sifatida ishlatilgan. Bundan tashqari – qoramol, harsang, ma’dan parchasi singari narsalar ham savdo vositasi sifatida qo‘llanilgan.
Qadimgi davrda birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti vujudga kelib, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik sohalari paydo bo‘lishi bilan qabilalar o‘rtasida o‘zaro ayirboshlashning rivojlanishi natijasida tabiiy (natural) ayirboshlash kelib chiqdi.
Insoniyat pulni ixtiro qilguniga qadar, “pul”larni natura shaklida tabiatdan olib savdo vositasi sifatida ishlatib turgan.
Baliq pullar. Arxeologlar qadimgi Novgorod shahri tarixini o‘rganish maqsadida qazuv ishlarini olib borayotgan xatlar topilgan. Bu XIII asrga oid bo‘lib o‘sha davrda qog‘oz va metal pullar nizomlarga kiritilgan bo‘lishiga qaramay, qadimgi udumga ko‘ra bozorlarda narx navoni belgilovchi etalon sifatida lasos balig‘idan foydalanilgan. Islandiyada ham o‘rtacha kattalikdagi tresko balig‘i pul birligi vazifasini o‘tagan.
Murch pullar. O‘rta asrlarda Tseylon Yava orollariga va Hindiston mamlakatiga qatnab yurgan savdogarlarni “pul qopi” deb emas, balki “murch qopi” deb ataganlar. Chunki bu paytlarda murch tilla kabi qadrli bo‘lgan va bir qop murchga ega bo‘lgan kishi boy hisoblangan. Murch doni bozorlarda tanga vazifasini o‘tab, kimga nima kerak bo‘lsa murchdan sanab berib, olib ketavergan. Bu pullar Peru va Boliviyada amalda bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin