Numizmatika fani asoslari. Dastlabki tangalar. Sharq va G`arb mamlakatlari numizmatikasi. Reja



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə9/9
tarix17.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#114897
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu

Yunon tangalari. Qadimgi yunon tangalarida ma’budalar bilan birga muqaddas hayvonlar tasvirlangan. Masalan, Afina tangasida Afina ma’budasinng bosh qismi yoki boyo‘g‘li, Olimpiya tangalarida esa afsonaviy bosh xudo Zevsning bosh qismi tasvirlangan. Qora dengizning shimoliy sohilida joylashgan yunonlarning Olviya shahri tangalarida delfinga hamla qilayotgan burgut tasvirlangan.

Xersonesda Deva ma’budasi, skiflar tangalarida kamon tutgan chavandoz tasvirlangan. Eramizdan avvalgi VI asrda qadimgi yunon kumush tangasi “drahma” (yunoncha – braxil - uyum) bo‘lib, qadimgi Yunonistonda 1 ming 100 drahmaga va 6000 drahma 1 talantga teng bo‘lgan. Drahmaning og‘irligi Yunoniston polislarida turlicha bo‘lgan. Jumladan, Attika drahmasi 4,36 gr Egina drahmasi 6,07 gr Korinor drahmasi 2,97 yoki 2,91 gr Abder drahmasi esa 3,6 gr Xiosos drahmasi 3,93 grni tashkil etgan.
Yunonistonda asosiy savdo-sotiq asosan Afina drahmasida (4,25 gr) yuritilgan. Drahmalardan tashqaridan didrahma, tetradrahma, dekadrahmalar ishlatilgan. Qadimgi yunon tangalari ichida Afina drahmasi sifati bilan ajralib turgan va yuqori baholangan.

Afina tetradrahmasi (er.av. 440-420 yy)
Drahmalar hozirgi kunda ham Makedoniya, Kipr puli hisoblanadi.
Eramizdan avvalgi 45-yillar Rimda Tit Kariziy magistrligi davrida ma’buda Yunona ibodatxonasi qoshidagi taksolda avtrsida bejirim ayol boshining surati, ostida “Moneta” deb yozilgan dinor tanga zarb etildi. Aslida bu ma’buda sifatlaridan biridir, keyinchalik Yunona Moneta tanga zarb etish ilohiga aylanadi8. Moneta so'zining o'zi Rim ma'budasi Yupiter xudosining rafiqasi Juno (Juno Moneta) nomidan kelib chiqqan va lotincha "ogohlantirish" degan ma'noni anglatadi. 



1 Жаҳондаги энг йирик музейлардан бўлиб, Санкт-Петербургда Эрмитажга 1764 йил Екатерина II томонидан асос солинган. Қишки саройнинг “Эрмитаж” французча — холис жой, деб аталган апартаментига жойлаштирилган. Кейинчалик, картиналар каталоги, гравюра, расмлар тўпламлари, қадимий давр ёдгорликлари, Ғарбий Европа амалий безак санъати, глиптика, танга ва медаллар, китоблар тўплана бошлаган.

2 Федоров-Давыдов Г.А. Монеты рассказывают. – М.: Педагогика, 1990. – Б. 35.

3 Марков А. Русская нумизматика. Петроград, 1916. – С. 24-25.; Массон М.Е. Динар копейки изд. АН Турк. ССР 1972. № 4. - 35.; Бартольд В. Соч. Т. Ч 2. – М., 1964. – С. 543.

4 https://ru.wikipedia.org/wiki.

5 Ayupova. F. Qadimiy tangalar // Moziydan sado, 2000. №. 1-2 (5-6) - B. 80-81

6 Ртвеладзе Э.В. Древние монеты Средней Азии.... - Б. 8.

7 http:www.coins.msk.ru.mp.nom-pr.shtml



8 Rtveladze E.V. Древние монеты Средней Азии / O‘rta Osiyoning qadimgi tangalari. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 1987. – B. 7.





Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin