234
ikki qismi anion va membranalar orasida aralashgan smola qatlamlarini o‗zida
mujassamlashtirgan tozalash va konsentrlash kanaliga tushadi. Ion almashtirgich
smolalarning aralashgan qatlamlari erigan ionlarni ushlab qoladi. Elektr toki
qamrab olingan kationlarni o‗tkazuvchan membrana kationi orqali katodga,
anionlar esa o‗tkazuvchan membrana anionlari orqali anodga yo‗naltiradi. Ion
almashtirgich smolalar membrananing ikki tomonidan membrana orqali kation va
anionlarni o‗tkazishni kuchaytiradi. O‗tkazuvchan membrana kationi anionlarning
anodga kelishini, o‗tkazuvchan membrana anionlari esa kationlarning katodga
kelishini to‗xtatadi. Bu bo‗lmada ionlar yuvilib, oqib ketib konsentratsiyalashadi
va natijada yuqori sifatli tozalangan suv olinadi. Tozalash kanali (smola
seksiyasi)da gidroksid va vodorod ionlari elektr potensiyali smolaning to‗xtovsiz
regeneratsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Elektrodionlash jarayoni
yordamida mineral moddalarni yo‗qotish mumkin. Bu usulning samarasi
aralashmalarning boshlang‗ich tarkibiga, sistemaga uzatilgan suv oqimining
tezligiga va suv tayyorlashning oldingi bosqichlariga bog‗liq bo‗ladi.
Elektrodionlash usulini qayta so‗rilish usuli bilan birgalikda olib borish maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: