Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Qayta so„rilish. Teskari osmos – bu erituvchining (suvning) eritmadan
yarim o‗tkazuvchi membrana orqali tashqi bosim ta‘sirida o‗tishi jarayonidir. Bu 
holda tuzli eritmaning ortiqcha ishchi bosimi osmotik bosimdan biroz yuqori 
bo‗ladi. Teskari osmosning harakatlantiruvchi kuchi bosimlar farqidir. Suvni 
teskari osmos usulida olish uchun osmotik bosimdan yuqori bo‗lgan ortiqcha 
bosimni hosil qilish, molekulalarni yarim o‗tkazuvchan membrana orqali to‗g‗ri 
osmosga qarama-qarshi yo‗nalishda yuqori minerallashtirilgan suvdan toza suv 
otseki tomon uning hajmini oshirgan holda diffuziyalanishga majburlash lozim. 
Teskari osmotik membrana barcha eruvchan tuzlar, molekulyar massasi 100 dan 
yuqori bo‗lgan anorganik molekulalar, organik molekulalar, shuningdek 
mikroorganizmlar va pirogen moddalar uchun to‗siq kabi ta‘sir qiladi. O‗rtacha 
hisobda, teskari osmos bosqichidan keyin erigan moddalar miqdori 1-9 foizgacha 
pasayadi, organik moddalar miqdori – 5 foizgacha pasayadi, kolloid zarrachalar, 


235 
mikroorganizmlar, pirogenlar esa bo‗lmaydi. Teskari osmos yo‗li bilan olinadigan 
suvda umumiy organik uglerod miqdori minimal bo‗ladi. Teskari osmos 
afzalliklaridan boshlang‗ich suvning oddiyligi va tuz miqdoriga bog‗liq emasligini, 
energetik xarajatlarning kamligini hamda servis va texnik xizmat ko‗rsatish uchun 
xarajatlar nisbatan baland emasligini qayd etish joiz. Tizimni yuvish, 
dezinfeksiyalash va tozalash ancha oson, kuchli kimyoviy reagentlardan 
foydalanishni va zarur bo‗lganda ularni neytrallashni talab qilmaydi. Osmotik 
jarayonni amalga oshirishda membranani tanlash muayyan muammo tug‗diradi. U 
suvni tayyorlash, ish sharoitlari va tavsiflari, sanatsiya shartlari, xavfsizlik 
shartlariga, tizimga uzatiladigan suvga qo‗yiladigan talablarga mos kelishi kerak.
Teskari osmos odatda quyidagi hollarda farmatsevtik maqsadlar uchun suv 
olish tizimlarida foydalaniladi: regeneratsiya uchun zarur kislota va ishqor sarfini 
kamaytirish uchun ion almashinuvi qurilmalari oldiga; tozalangan suvni tayyorlash 
uchun; in‘eksiyalar uchun suv tayyorlash uchun distillyasiyadan oldingi tayyorlov 
bosqichi sifatida;in‘eksiyalar uchun suvni tayyorlash uchun yakuniy bosqich 
sifatida (ikki bosqichli osmos).
Teskari osmosning ikki bosqichli tizimi. Farmatsevtik maqsadlarda suvni 
tayyorlash uchun so‗nggi yillarda ikki bosqichli teskari osmos tizimidan 
foydalaniladi. Dastlab suv teskari osmosning birinchi bosqichiga kelib tushadi. 
Bunda hosil bo‗ladigan konsentrat chiqarib tashlanadi. Filtrat (permeat) teskari 
osmosning ikkinchi bosqichiga uzatiladi va yana tozalanadi. Teskari osmosning 
ikkinchi bosqichida konsentratda teskari osmatik qurilmadagi suvga qaraganda 
tuzlar kam bo‗lgani bois, uni uzatiladigan suv bilan aralashtirish va shunday tarzda 
tizimga qaytarish mumkin. Teskari osmosdan suvni tozalashning dastlabki 
bosqichi sifatida foydalanilganda bir bosqichli qurilmadan foydalanish mumkin. 
Tuz miqdori va suvda xloridlar miqdori yuqori bo‗lganda mazkur qurilma 
olinadigan suvning Farmakopeyada belgilangan sifatini ta‘minlay olmaydi.
Ushbu usulning o‗z kamchiliklari mavjud. Teskari osmos suvdan 
hamma qo‗shimchalarni bartaraf eta olmaydi hamda molekulyar og‗irligi juda 
kichik bo‗lgan erigan organik moddalarni yo‗qotish qobiliyati ham juda past. Ion 


236 
almashinuvi 
tizimlariga 
qaraganda 
teskari 
osmos 
solishtirma 
elektr 
o‗tkazuvchanlikni ancha pasaytirish imkonini bermaydi, bunga, xususan, suvda 
uglerod gazi miqdorining yuqoriligi to‗sqinlik qiladi. Uglerod dioksidi odatda 
teskari osmotik membranalardan bemalol o‗tib ketadi va dastlabki suvdagi 
miqdorda permeatga tushadi. Bunga yo‗l qo‗ymaslik uchun teskari osmotik modul 
oldidan anion almashinuvchi smolalardan yoki dekarbonizatordan foydalanish 
tavsiya etiladi. Membranalar materiali etarlicha nozik bo‗ladi, uning butunligi ham 
buzilgan bo‗lishi mumkin, buning oqibatida butun teskari osmotik qurilmaning ishi 
izdan chiqadi. Shuning uchun membranalarning tegishli materiallarini to‗g‗ri 
tanlash muhim ahamiyatga ega. Erkin xlor ta‘siriga dosh bera olmaydigan 
membranalardan foydalanganda ko‗mir filtrni o‗rnatish yoki tarkibida natriy sulfit 
bo‗lgan birikmalarni dozalash maqbul echim bo‗ladi.
Teskari osmotik membranalar yuqori haroratlar ta‘siriga bardoshli emas. 
Shuning uchun suvni qurilmaga berishdan oldin sovutish kerak.
Tozalangan suvni saqlash va taqsimlash.Tozalangan suvni saqlash va 
taqsimlash tizimini loyihalashtirishda asosiy vazifa – suvning quvur bo‗yicha 
doimiy 
harakatini 
ta‘minlash, 
suvning 
turib 
qolishi 
va 

erda 
mikroorganizmlarning ko‗payishi, yuzalarda biologik plenkalar hosil bo‗lishini 
oldini olishdir. Zamonaviy saqlash va taqsimlash tizimlari bir yo‗nalishli harakat 
oqimiga ega retsirkulyasion tizimni va suvning quvurdan to‗liq chiqarib tashlanishi 
mumkinligini nazarda tutadi. Tozalangan suvni saqlash va taqsimlashdagi kritik 
parametrlar: harorat; suv harakati va uning tezligi; bosim; quvurlar materiallari va 
saqlash uchun sig‗imlar. Tozalangan suvni GMP Qoidalariga muvofiq taqsimlash 
va saqlash mikroorganizmlarning ko‗payishiga to‗sqinlik qiladigan haroratda – 80 
gradusdan yuqori yoki 15 gradusdan past haroratda ta‘minlashi darkor. Sovuq 
tizimdan 
foydalanuvchi 
tizimlar 
suvda 
mikroorganizmlarning 
miqdorini 
kamaytirish uchun UF-qurilmalar bilan jihozlangan bo‗lishi kerak.
In‟eksiyalar uchun suvni distillash va tayyorlash usullari. 
In‘eksiyalar uchun suvga talablar. 


237 
Evropa Farmokopiyasiga ko‗ra, dissillyasiya - in‘eksiyalar uchun suvni 
tayyorlashning majburiy sharti; AQSh farmakopiyasi va FS (Rossiya) 
dissillyasiyaga ham, teskari osmosga ham yo‗l qo‗yadi. 2011 yilda PIC/S kengashi 
evropaning pozitsiyasini tasdiqladi: in‘eksiyalar uchun suv dissillyasiya usulida 
tayyorlanishi lozim.
Hozirgi paytda (teskari osmos uchun) dissillyasiya orqali ta‘minlanadigan 
in‘eksiyalar uchun suv tayyorlashning ishonchlilik darajasiga erishilmagan. 
Teskari osmosga yo‗l qo‗yish mumkinligini tan olish uchun ham etarlicha asoslar 
yo‗q.
Nima uchun teskari osmos dissillyasiyaga yon bosadi? Birinchidan, teskari 
osmos, odatda, haroratga ta‘sirchan bo‗lgan sovuq jarayon. Sovuq jarayon 
mikroblar bilan ifloslanish nuqtai nazaridan doim issiq jarayondan afzal 
ko‗rilmaydi. Ikkinchidan, teskari osmos qurilmalari validatsiyasi muayyan 
qiyinchiliklarga 
bog‗liq. Shuni hisobga olish kerakki, teskari osmos 
dissilliyasiyaga qaraganda muayyan afzallikka ega. Teskari osmos qurilmalari 
membranalari pirogenlarni ushlab qolar ekan, apirogen suvni tayyorlash imkonini 
beradi. SHuning uchun dissillyatorlar oldida bevosita teskari osmos qurilmalari 
qo‗yiladi. Pirogenlarni issiq usulda yo‗q qilish uchun 170 gradusgacha isitish 
kerak, bunga quruq issiq sterilizatorlarda erishiladi. Distillyasiya pastroq 
haroratlarda olib boriladi. Toksinlar faqat bakteriyalar devorining butunligi 
buzilganda ajraladi. Aksariyat hollarda ular termik barqaror bo‗lib, qonga yoki 
orqa miya suyuqligiga tushganda juda zaharli bo‗ladi va tirik organizmlarda 
haroratning ko‗tarilishiga, og‗ir hollarda – hattoki o‗limga olib kelishi mumkin. 
―Pirogen‖ so‗zi ―rugo‖ – olov, issiqlikni anglatadi.
Distillyasiya. Distillyasiya jarayonlarining uch turi mavjud: bir hujayrali, 
termokompression, ko‗p koloniyali.
Bir hujayrali dissillyasiyadan anchadan beri va keng foydalaniladi. Uning 
jiddiy kamchiligi ko‗p energiya iste‘mol qilishidir. Suvni 15
0
dan 100
0
gacha 
isitish uchun 85 kkal/kg yoki 356 kDj/kg sarflanadi. 100
0
da suvni bug‗ga 
aylantirish uchun 39kkal/kg yoki 2258 kDj/kg talab etiladi. Shunday qilib, suvni 


238 
bug‗latish uchun uni 100
0
da isitishga qaraganda olti marta ko‗p energiya talab 
etiladi.
Rezervuarlarni loyihalashtirish. In‘eksiyalar uchun suvni saqlash uchun 
rezervuar bosim ostidagi idish sifatida loyihalashtiriladi. Ushbu talab to‗liq 
vakuumni ham ta‘minlashi lozim (ventilyasion filtr tiqilib qolganda yoki 
ventilyasion klapan yopiq bo‗lganda). Tizimni 134
0
da bug‗ bilan ishlash uchun 
rezervuar 3 bar ga teng bosimga mo‗ljallangan bo‗lishi kerak. Rezervuar yuzasi 
quvurlarga qo‗yiladigan talablarga mos holda ishlanadi. Vertikal va gorizontal 
rezervuarlardan foydalanilishi mumkin, ular o‗z kamchiliklari va afzalliklariga ega. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin