Nuraliyeva xafiza otaevna


 XONA HAVOSI TARKIBIDAGI UGLEROD (IV) – OKSIDINI



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

3.8. XONA HAVOSI TARKIBIDAGI UGLEROD (IV) – OKSIDINI 
ANIQLASH USULI. 
Xona havosining kimyoviy tarkibi, shu jumladan, uglerod (IV) –oksidi 
miqdorining ko‗payishi, uning organizmga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi o‗zga 
kimyoviy birikmalar, changlar hamda kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar bilan 
ham ifloslanganligin bildiradi. Shu sababli xonalarda uglerod (IV) –oksid 
ko‗rsatkichi - sanitariya ko„rsatkichi deb qabul qilingan, uning miqdoriga qarab, 
xona havosini tozalash chora-tadbirlari belgilanadi. 


89 
1.Uglerod (IV)-oksid miqdorini aniqlash uchun bir nechta usullar taklif 
etilgan, bularga: Nagorniy, Subotin, Reberglar hamda Kalmikov tomonidan tavsiya 
etilgan ekspress usul kiradi, bunda 20 ml shpritsning yarmiga ishqoriy eritma (1 
tomchi novshadil spirti 50 ml distillangan suv aralashmasi fenolftalin bilan 
ranglantiriladi) olinadi, so‗ng shprits porshenini oxirigacha tortib, uni 
tekshirilayotgan havo bilan to‗ldiriladi va bir daqiqa davomida shprits silkitib 
turiladi. Shunday qilib shpritsdagi eritma rangi yo‗qolib ketgunga qadar
shpritsdaga havo chiqarib yuboriladi va yana havo bilan qayta to‗ldiriladi, 1 daqiqa 
silkitiladi hamda necha marta havo olinganligi hisoblab boriladi. Bir vaqtning 
o‗zida bu usul ochiq havoda ham o‗lchab boriladi. So‗ngra xonada olingan havo 
miqdorini ochiq havodagiga nisbatan (atmosfera havosida 0,04% S0
2
bor) necha 
marta kam olinganligini bilgan holda natija tenglama usulida hisoblab chiqiladi. 
2. Azot oksidlarining konsentratsiyasini aniqlash. 
Ushbu tadqiqot UG-2 universal gaz analizatori yordamida Ekspress usul 
bilan amalga oshiriladi. Ushbu qurilma havodagi turli kimyoviy moddalarni tezda 
aniqlash imkonini beradi, shu jumladan azotning oksidlarini ham. 
Aniqlash kolbadagi indikator kukunlari ustuni uzunligini o‗lchashga 
asoslangandir. Bunda havo o‗tkazilganda sinov moddasi bilan reaksiyaga kirishib 
rangini o‗zgartiradi. 
Havo indikator trubka orqali o‗tkaziladi. Indikator trubkalar dastavval 
o‗tkazilayotgan havo xajmi ko‗rsatilgan silfon (rezina kolba) shtok yordamida 
siqiladi. Kerakli hajmning qiymati fiksatsiya tugmasiga yo‗naltirilgan bo‗lishi 
kerak. Bunday holatda, havoning bir qismi indikator naychasiga so‗rib olinadi. 
Sinov moddasining konsentratsiyasi rangli ustun uzunligiga proporsional 
bo‗lib, u o‗lchov shkalasi yordamida aniqlanadi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin